Truba ichida truba



Download 183,48 Kb.
bet2/3
Sana04.03.2022
Hajmi183,48 Kb.
#482594
1   2   3
Bog'liq
8-laboratoriya ishi

8
.1-rasm.
Issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchi agentlarning yo‘nalishlari.


va isituvchi va sovutuvchi agentlarning qurilmaga kirish va chiqish paytidagi farqi deb hisoblanadi.
Issiqlik almashinish qurilmalari ikkiga bo‘linadi:
1) sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari, bularda issiqlik bir muhitdan ikkinchi muhitga ajratib turuvchi yuza orqali o‘tadi;
2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bunday issiqlik almashinish qurilmalari keng ishlatiladi.
Sanoatning barcha tarmoqlarida suyuqlik va gazlarni isitish hamda sovitish uchun sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng tarqalgan. Konstruktiv tuzilishga ko‘ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g‘ilofli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘ladi. Isitish yuzasining joylashishiga qarab vertikal va gorizontal issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘linadi.
Qobiq-trubali qurilmalarda trubalar turlarga razvalsovka, payvandlash, kavsharlash va salniklar yordamida biriktirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilgan qurilmalarning o‘ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bordir.
Qobiq-silliq trubali isitkichlar quydagi afzalliklarga ega: ixcham, metall kam sarf qilinadi, trubalarning ichini tozalash oson, (U-simon trubali isitkichlardan tashqari) issiqlik almashinish yuzasi va unumdorligi katta.
Bu qurilmalar kamchiliklardan ham holi emas: issiqlik tashuvchi agentlarni katta tezlik bilan o‘tkazish qiyin, trubalararo bo‘shliqni tozalash va tuzatish imkoni kam, razvalsovka va payvandlashga moyil bo‘lmagan materiallardan isitkichlarni yasab bo‘lmaydi.
Dumalatib zichlanish orqali olingan trubali isitkichlar quyidagi afzalliklarga ega: ixcham, metall kam sarf bo‘ladi, issiqlik almashinish yuzasi katta, trubalarning ichini tozalash vaqtining oralig‘i 3-5 marta ko‘proq, chunki truba devori atrofidagi oqimning qatlami turbulizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, dumalatib zichlash usuli bilan olingan trubali issiqlik almashinish qurilmalari silliq trubalik qurilmalar oldida ushbu asosiy xususiyatlar bilan ajralib turadi:
1.Dumalatib zichlangan trubalarda eng yuqori intensivlash qiymatiga erishiladi. Unda issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentining qiymati silliq trubadagidan 1,2-2,0 barobar ko‘pdir.
2.Dumalatib zichlangan truba ishlatilsa, birdaniga truba devorlarning ikkala yuzasida issiqlik berish jarayonlari ancha tezlashadi.
3.Dumalatib zichlangan trubalarni ishlab chiqarish texnologiyasi oddiy va arzon.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, dumalatib zichlangan trubalar issiqlik almashinish qurilmalarida ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirmaydi. Bundan tashqari, bularni kondensatsiyalashda, dumalatib zichlangan trubali kondensatorlarda sovu suvning sarfi silliq trubali kondensatornikidan 30-35% kam. “Truba ichidagi truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalari yuqori bosimda va issiqlik tashuvchi agentlarning sarfi kam bo‘lganda ham ishlaydi. Bundan tashqari, suyuliklarning tezligi katta bo‘lgani uchun issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentining qiymati katta va qurilmani tayyorlash oson.
Kamchiliklari: trubalar o‘rtasidagi bo‘shliqni tozalash qiyin.
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalarning afzalliklari: tayyorlash oson, issiqlik yuzasini kuzatish va tuzatish oson, idishdagi suyuqlikning hajmi katta bo‘lganligi sababli, rejimning o‘zgarishlariga uncha sezgir emas.
Kamchiliklari: o‘lchami katta, idishdagi suyuqlikning tezligi kichik bo‘lganligi uchun, zmeevikning tashqarisidagi issiqlik berish koeffitsiyenti kam, trubalar ichki yuzasini tozalash qiyin. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari quyidagilardan iborat: sovutuvchi agetning sarfi kam, tuzilishi sodda, trubalarni tozalash oson, shu bilan birga narxi xam arzonga tushadi.
Kamchiliklari: o‘lchami katta, juda ko‘p suyuqlik sarflanadi. Spiralsimon issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilishi ixcham, ikkala issiqlik tashuvchi agentlarni katta tezlik bilan o‘tkazish mumkinligi uchun, katta issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentiga ega, gidravlik qarshiligi ko‘p yo‘lli qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda kam. Kamchiliklari: tayyorlash va tuzatish murakkab, 0,6 MPa dan ortiq bosimlarda ishlash mumkin emas.



Download 183,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish