Bullish Engulfingda esa kichikroq ayiqlar shamchasi keyingi katta buqalar shamchasi tomonidan butunlay qoplab olinadi. Pastga trendda paydo bo’lgan bearish engulfing kuchli reversal signal hisoblanadi va trend tugaganini va tez orada yo’nalish o’zgarishini bildiradi. Bu long pozitsiya ochishga juda qulay payt hisoblanadi.
Dark Cloud Cover – bu ayiqlarning reversal shabloni hisoblanadi. Bearish engulfing kabi u ham ikkita shamchadan tashkil topadi. Ammo, ikkinchi shamcha birinchi shamchaning yopilish narxidan biroz teparoqda ochiladi va birinchi shamchaning ochilish narxidan sal teparoqda yopiladi. Yani ikkinchi shamcha birinchi shamchani butunlay qoplab olmaydi. Yuqoriga trendda paydo bo’lgan Dark Cloud Cover kuchli reversal signaldir.
Piersing Line – bu Dark Cloud Coverning teskari shaklidir. U pastga trendlarda shakillanadi va reversal signal hisoblanadi. Bunda ikkinchi shamcha birinchi shamchaning yopilish narxidan sal pastroqda ochilib ochilish narxidan sal pastroqda yopiladi.
Harami – ikkita shamchadan tashkil topuvchi yana bir reversal shablon hisoblanadi. Uning ikki xil turi bor. Pastga trendlarda paydo bo’luvchi Bullish Harami va yuqoriga trendlarda paydo bo’luvchi Bearish harami. Bullish Haramida katta shamchadan keyin kichikroq shamcha paydao bo’ladi. O’sha kichikroq shamcha oldingi katta shamchaning diapazonida – yuqori va pastki narxlari orasida shakillangan bo’lishi kerak.
Ranglarga keladigan bo’lsak, pastga trendda hosil bo’luvchi bullish haramida birinchi katta shamcha ayiqlarniki va uning diapazonida shakillangan ikkinchi kichikroq shamcha esa buqalarniki bo’lishi kerak. Bu trendning sekinlik bilan o’zgarayotganligini bildiradi.
Bearish Haramida esa birinchi katta shamcha buqalarniki va uning diapazonida shakillangan ikkinchi kichikroq shamcha esa ayiqlarniki bo’lishi kerak.
Harami unchalik ham ishonchli shablon emas, ammo u yaxshigina ogoxlantirishi hisoblanadi. Avvalroq bozorga kirgan bo’lsangiz va harami shakillansa unda trend o’zgarib ketib foydangizni yo’qotmaslik uchun stop lossni kerakli joyga o’zgartirishingiz kerak.
Harami homilador degan manoni bildiradi. Sababi ikkala shamchaning birgalikdagi kombinatsiyasi homilador ayolni eslatadi. Ikkinchi shamcha qanchalik kichikroq bo’lsa harami shunchalik kuchliroq bo’ladi. Agar ikkinchi shamcha Doji bo’lsa unda uni oddiy haramilardan kuchliroq bo’lgan Harami Cross deb atashadi.
Morning Star – uchta shamchadan tashkil topadi. Bu shablon pastga trendlarda paydo bo’ladi. Birinchi shamcha ayiqlarniki bo’lishi va biroz tanasi ham bo’lishi kerak. Ikkinchi shamcha esa birinchi shamchadan pastroqda shakillangan kichiktoq shamcha bo’lishi kerak. U buqalar yoki ayiqlarniki bo’lishi mumkin. Uchinchi shamcha esa ikkinchidan teparoqda shakillangan va tanasi birinchi shamchaning anchagina qismini qoplagan bo’lishi kerak.
Morning star yuqoriga trendda paydob bo’lsa uni Evning Star deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |