Trenerga qo‘yiladigan umumiy talablar


Trener uchun asosiy kasbiy talablar



Download 31,43 Kb.
bet2/5
Sana22.03.2023
Hajmi31,43 Kb.
#920551
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (6)

Trener uchun asosiy kasbiy talablar
Trener shaxsiga qo'yiladigan talablar doirasini kasbiy nuqtai nazardan qo'yiladigan talablar qatori bilan davom ettirish mumkin:
• Trener avvalo o‘zgalar shaxsiga xos bo’gan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi kerak (inglizlar aytganidek, “o‘zgalar psixologiyasini bilish — ular ustidan hukmronlik qilishning bir shaklidir, degan naqlni esdan chiqarmaslik lozim, lekin bunda pedagogik alturizm, ya’ni o‘zgalar manfaatini o'zinikidan ustun qo'yish hislati ham mavjud bo‘lishi kerak)
• O‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur.
• Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishni bilishgina emas, balki ularning oldini olishni ham bilishi, vaziyat taqazo qilganda esa uni bartaraf eta olishi kerak.
• Empatiya, ya’ni o‘zgalar holatini chuqur his qila olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur.
• O'zgaruvchanlik, moslashuvchanlik borasida aql sohibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o‘zini oldindan tayyorlash, murakkab vaziyatlarda o'zini yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
• Ishtirokchilarning nutqini tinglash, noverbal harakat va mimikalarini aniq
tushunish, reaksiyalarining mohiyatini to‘g‘ri talqin eta olishi kerak.
• Ishtirokchilarning ehtiyoj va qiziqishlariga qarshi bormasligi kerak.
• Rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi kerak.
• O‘ziga nisbatan ishonchning mavjudligi, real tafakkurga va kuchli irodaga ega bo‘lishi kerak.
• O‘z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash, kerak bo‘lsa o‘zidagi motorikani rivojlantirgan bo’lishi kerak.
Trenerlik qobiliyatiga oid talablar
Mashg’ulotlarni olib boruvchi trenerdan quyidagi qobiliyatlar talab etiladi:
1. Maqsadga yo‘nalganlik - treningni oxirigacha yetkazish, reglament qoidasiga rioya qilish.
2. Chidamlilik - trenerning ushbu sifati guruhda intizomni saqlashga yordam beradi.
3. Reaksiya tezligi - trening jarayonida yo’l qo'yilgan xatolarga operativ holda diqqatni qarata olish.
4. Xanzma - trenerning ishtirokchilar uchun qiziqarli bo’la olishi, auditoriyani “yondira” olishi.
5. Yumor - trening jarayonida ajablanish, noqulaylik kabi holatlarning namoyon bo’lmasligiga yordam beradi.
6. Kommunikativ qobiliyat - shaxslararo va guruhlararo nizolarga yo’l qo’ymaslikni, guruh ishtirokchilariga ta’sir etishning samarali yo’llarini ta’minlab beradi.
7. Moslashuvchanlik - trenerning har qanday holatga moslasha olishini ta’minlaydi.
8. Xatolarni tuzatish - xatolarni ko’ra olish, uni qanday tuzatishni bilish, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmaslik kerak.
9. Shuhrat qozonish - 2-3ta muvaffaqiyat trenerning mashhurligini ta’minlaydi.
10. Refleksivlik - bu kasbiy sifatlarning eng ahamiyatlisi bo‘lib, anglash qobiliyati va qanday vaziyatda nimani qo’llay olish kerakligidir.
Yuqorida sanab o'tilganlar bilan bir qatorda trener dasturga mos ssenariylar tanlay bilishi, lozim bo‘lganda ularni har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirishi, mashg'ulotlarni tashkil qilishda qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati va ehtiyojlariga mos ravishda dasturlarga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg'ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi treningni samaradorligiga bevosita ta’sir ko'rsatadi.

Download 31,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish