Tranzistorning sinusoidal generator sifatida qo’llanilishi 1. Tajriba maqsadi: 1. Vin ko’prigi asosida yig’ilgan elektron tebrangichni o’rganish. 2. Sinusoidal generatori ishchi nuqtasini o’rnatish. 3. RC ning turli qiymatlarida tebranish chastotasini aniqlash 2.Qisqacha nazariy ma’lumotlar Elektron generatorlar deb, o’zgarmas tok manbai energiyasini berilgan ko’rinish va chastotada elektr tebranishlar energiyasiga aylantiruvchi qurilmaga aytiladi.
Elektr tebranishlarni ko’rinishi har – xil bo’lishi mumkin.Generatorlar sinusoidal tebranishlarni hosil qiluvchilarini sinusoidal yoki garmonik tebranish generatorlari deyiladi .Agarda tebranish ko’rinishi sinusoidaldan farq qilsa (to’g’riburchakli, uchburchakli, arrasimon va boshqa), unda bunday generatorlarni impulsli yoki relaksasion generatorlar deyiladi.
Odatda avtogenerator sxemasi teskari aloqa bilan o’ralgan kuchaytirgichdan iborat. Sinusoidal tebranish generatorini qurish uchun sxema elementlari kuchatigich yoki chastota xususiyatini ifodalovchi teskari aloqaga ega bo’lishi kerak. Ko’pincha ikkita turdagi kuchaytigich sxemasi – rezonans konturli va rezistiv – sig’imli zanjirlardan foydalaniladi. Avtogeneratorlar rezonans kuchaytirgich sxemasi asosida yig’lgan bo’lsa, bundayni ko’pincha LC – generatorlar, RC zanjirlar asosida yig’ilgan kuchaytirgich sxemani – RC generatorlar deb ham ataladi. LC rezonans konturlarida chastotasi 15 – 20 kGs chastotali tebranishlarni generasiyalash qiyin va ularni kattalashib ketish hisobiga noqulay. Past chastotali diapazonda RC generatoridan keng foydalaniladi.Ular yetarlicha 0,1Gs – 100kGs chastota diapazonida turg’un sinusoidal tebranishlarni hosil qiladi. Undan tashqari, ular kichik o’lcham va hajimga ega. Uning asosiy afzalligi past chastotalar sohaida ishlashida ko’rinadi.
Bu yerda biz RC zanjirlar asosida tuzilgan sinusoidal tebranish generatorlarini ko’ramiz, qaysiki elektron avtomatika va hisoblash texnikasida keng qo’llanilmoqda.
Bunday generatorining sxemasi 1 – rasmda tasvirlangan.
1 – rasm.Moslashtiruvchi kaskadli va uch zvenoli fazosiljituvchi zanjirli RC – avtogeneratorining prinsipial sxemasi.
Kuchaytirgich VT1 tranzistor asosida yig’lgan. Kuchaytirgich nagruzkasi R3 rezistor. Faza siljituvchi zanjir C4 – C6, R4 – R6 elementlardan tashkil topgan. Kuchaytirgich nagruzkasiga o’zgaruvchan tok bo’yicha parallel ulangan R4 – R6 – rezistorga R3 va uni shuntlaydi, bu kaskad kuchayishini kamayishiga olib keladi. Shuntlash ta’sirini kamaytirish uchun faza siljituvchi zanjirning RC resistor qarshiligi R3 dan ancha katta tanlash kerak.
Berilgan avtogeneratorida faza balansni bitta transistor VT1 yordamida ham amalga oshirish mumkin edi. Biroq bu holatda tranzistorni uncha katta bo’lmagan kirish qarshiligi teskari aloqa zanjirini shuntlaydi va uni uzatish koeffisientini keskin kamaytiradi. Shunng uchun faza siljituvchi zanjir chiqishi va kuchaytirgich kirishini emitter qaytargich deb ataluvchi VT2 tranzistor asosidagi maxsus moslashtiruvchi kaskad yordamida ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu kaskadning VT2 tranzistor emitter zanjiriga ulangan R9 rezistor nagruzka vazifasini o’taydi. Emmter qaytargich katta kirish qarshiligiga ega va shuning uchun fza siljuvchi zanjir kam shuntlaydi.
Faza siljuvchi zanjirli avtogeneratorlar odatda belglangan chastotali sinusoidal tebranshlarni generasiyalash uchungina qo’llaniladi. Bu keng diapazonda chastotani sozlash qiuinligi bilan bog’liqdir.
Vin ko’prikli RC - avtogenerator
Agarda kuchaytirgich kirish signal fazasini 2 ga o’zgartirsa( masalan, juft sonli kaskadlarga ega bo’luvchi kuchaytirgich) , unga musbat teskari aloqani kiritilishi maxsus faza siljuvchi zanjirsiz tebranishlarni generasiyalash imkonini beradi. Talab darajasidagi tebranish chastotasini ajratib olish uchun, chiqish kuchlanishida bunday generatorning teskari aloqa zanjiriga chastota – tanlovchan xususiyatga ega bo’lgan to’rtqutblik ulanadi. Bitta o’ramdan tashkil topgan Bin ko’prikli to’rtqutbli sxemasi 2 - rasmda berilgan.
2 – rasm.chastota – tanlovchan to’rtqutblikni prinsipial sxemasi.
Avtotebranishlarni hosil qilish uchun bunday to’rtqutiblik U1 va U2 kuchlanishlar orasida faza siljishini hosil qilmasligi kerak, agarda quyidagi munosabat bo’lsa
U2/ U1 = Z2/ (Z1 +Z2)
-musbat xaqiqiy son. Bu yerda Z1 qarshilik R1 va C1 elementlarni ketma – ket ulash bilan, Z2 qarshilik R2 va C2 elementlarni parallel ulash bilan hosil qilingan.Shundan
Z1=R1+ =Z1ejψ1, а Z2= =Z2ejψ2,
.
Bundan ko’rinib turibdiki, agarda 1 = 2 bo’lsa U2 /U1 nisbat musbat, demak, U1 va U2 kuchlanishlar orasidagi faza farq nolga teng.Chastota 1 = 2 munosabatdan aniqlanadi.
f0= .
R1=R2=R, C1=C2=C tanlash qulay..
Vin ko’prikli avtogeneratorining prinsipial sxemasi 3- rasmda ko’rsatilgan..
3 – rasm. Vin ko’prikli RC - avtogeneratorining prinsipial sxemasi.
Avtogenerator ikkita VT1 va VT2 tranzistorlardan iborat bo’lib ,ulardan ikkii kaskadli rezistorli kuchaytirgich yig’ilgan.Birinchi kakadni nagruzkasi R4, ikkinchisiniki esa – R9. Kuchaytirgich chiqish kuchlanishidan uni kirishiga Vin ko’prikni bir tarmog’I bo’lgan C2R1C1R3 zanjir orqali keladi. R6,R5 rezistorlardan hosil bo’lgan ikkinchi tarmoq sig’imi katta C5 kondensator orqali kuchaytirgich chiqishiga ulangan, qaysiki R6R5 zanjir faza ciljishini ytarlicha vujudga keltirmaydi.
Kuchaytirish koeffisientini minimal qiymati talab darajasida amplitude balans sharti Kus = 3 bajariladi. Bu talab ytarlicha oson bajariladi, qaysiki real ikki kaskadli kuchaytirgich kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffisienti Kus = 3 dan ozgina ortiq. Shunig uchun musbat teskari aloqa hisobiga , qaysiki kuchaytirish koeffisientini kamaytirib, generatsiyangan tebranishlardagi nochiziqli buzilishlarni yetarlicha kamaytiriladi. Ko’rilayogan sxemada manfiy teskari aloqa. Ko'rib chiqilgan sxemada salbiy teskari aloqa R5, R10 elementlari va C5R6 zanjiri yordamida amalga oshiriladi.C1, C2 kondansatörlerinin sig'imini yoki R1, R3 rezistorlarining qarshiligini sozlash orqali o'z-o'zidan tebranish chastotasi bir vaqtning o'zida o'zgartiriladi. Ikkala holatda ham sozlash diapazoni LC generatorlari bilan erishish mumkin bo'lganidan ancha katta.