8-MA’RUZA.Tranzistorlar.
Mavzu rejasi
Chiqish xarakteristikalari va kalit xossalari
Bipolyar tranzistorlar
Yarimo‘tkazgichli triod elektron asboblarning bir turi bo‘lib, tranzistor deb ataladi. Tuzilishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar tranzistorlarga ajratiladi. Unipolyar tranzistorlar juda kam ishlatilganligi uchun, biz bipolyartranzistorlarni ko’rib chiqamiz.
Tranzistor – ikkita p-n-o‘tishdan tashkil topgan yarimo‘tkazgichli pribordir (8.1-rasm). Tranzistor uchta chiqishga ega: emitter, baza va kollektor. Tranzistorlarning ikki xil turi mavjud: n-p-n -tranzistorlar (8.7, a-rasm) va p-n-p -tranzistorlar (8.1, b-rasm). Ishlash prinsipi bo‘yicha ular, beriladigan siljitish kuchlanishining qutbini hisobga olmaganda, bir-biridan farq qilmaydi.
a) b)
8.1-rasm. Tranzistorlar va ularning shartli belgilari: (a) n-p-n –tur, (b) p-n-p tur.
Tranzistorlardan n-p-n-turdagisini ko‘raylik (8.1,a-rasm)
8.2-rasm. Siljitish kuchlanishini n-p-ntranzistorga berish.
Ushbu tranzistorning baza – emitter (yoki qisqacha emitter) o‘tishi Vbe kuchlanish ta’sirida to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan, shuning uchun elektronlar ushbu o‘tish orqali emitter sohasidan baza sohasiga Ie tokni hosil qilgan holda o‘ta boshlaydi. Ie tok to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan p-n-o‘tishning odatdagi to‘g‘ri tokidir. Baza sohasiga o‘tgan elektronlar kollektorning musbat potensiali ta’sirida kollektorga ham o‘ta boshlaydilar. Agar baza sohasi juda yupqa qilib bajarilsa elektronlarning ko‘pchilik qismi (deyarli hammasi) kollektorga o‘ta boshlaydi. Faqat juda oz qismi bazada to‘planib baza tokini (Ib) shakllantiradi. Odatda emitter tokini hosil qiluvchi elektronlarning 95% dan ortig‘ini kollektor to‘plab kollektor tokini (Ic) shakllantiradi. Shunday qilib, emitter toki kollektor va baza toklarining yig‘indisiga teng bo‘ladi,
(8.1)
Odatda baza toki juda kichik bo‘lib ko‘pchilik hollarda mikroamperlar bilan o‘lchanadi. Ayrim hollarda baza toki hisobga olinmaydi va tranzistorning toki sifatida emitter yoki kollektorning toki olinadi.
E’tibor bering, baza – kollektor (yoki qisqacha kollektor o‘tishi) VCB kuchlanish ta’sirida teskari yo‘nalishda siljitilgan. Bu transistor ishlashining zarur shartidir, chunki aks holda elektronlar kollektorga tortilmagan bo‘lar edi. Tok yo‘nalishini tanlash qoidasiga asosan (musbat potensialdan manfiyga) n-p-ntranzistordagi tok kollektordan emitterga yo‘nalgan deb hisoblanadi.
O‘zgarmas siljitish kuchlanishlarining qutblari p-n-p-tranzistor uchun teskariga almashtiriladi (8.3-rasm). Bu holda tranzistorning toki g‘ovaklarning emitterdan kollektorga yoki elektronlarning kollektordan emitterga harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
8.3-rasm. Siljitish kuchlanishlarini p-n-ptranzistorga berish.
Standartga ko‘ra tranzistorlarning belgilanishi ham diodlar kabi olti elementdan iborat. Birinchi element dastlabki materialni bildiradi, ma’lumki ular sifatida asosan germaniy (1 yoki G) va kremniy (2 yoki K) dan foydalaniladi. Ikkinchi elementharfli bo‘lib, bipolyar tranzistorlar T, maydonli tranzistor P deb belgilanadi. Uchinchi element-raqamli, tranzistorlarning quvvat va chastota xarakteristikalarini bildiradi:
chegaraviy chastota, MGTS < 33-30 > 30
kam quvvat (P < 0,3 Vt) li tranzistorda
uchinchi element 1 2 3
o‘rtacha quvvat (P = 0,3 1,5 Vt) li tranzistorda 4 5 6
katta quvvat (P > 1,5 Vt) li tranzistorda 7 8 9
To‘rtinchi, beshinchi va oltinchi tamg‘alanish elementlari ishlab chiqarilgan tartib raqami va parametrik guruh raqamini aniqlaydi.
Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari
Xuddi yarimo‘tkazgichli diodlar kabi bipolyar tranzistorlardan ham elektr transporti elektr uskunalarida ko‘p qo‘llaniladi. Uch elektrodli ikki p – n o‘tish joyiga ega bo‘lgan qurilma transistor deyiladi. Bipolyar so‘zi ikki hil qutbli degan ma’noni, ya’ni p – n qutbli ekanini bildiradi.
Baza elektrod, tranzistorni boshqaruvchi elektrod bo‘ladi. p – n – p tipdagi tranzistorlarda bazani manfiy tok bilan, n – p – n musbat tok bilan boshqariladi.
8.4– rasm
8.5-rasm
Agar uni to‘rt qutblilik deb ko‘rsak, uning bitta elektrodi ulanish sxemalarida kirish va chiqish uchun umumiy bo‘lib xizmat qiladi. Bu sxemalar bir-biridan qaysi elektrod idora qiluvchi va idora qilinuvchi zanjirlar uchun umumiy bo‘lishi bilan farq qiladi. Bundan bipolyar tranzistorlarning uch xil ulanish sxemalari: umumiy emitterli – UE; umumiy bazali – UB; umumiy kollektorli – UK kelib chiqadi (8.4- rasm).
Tranzistorlarning o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlashi hamda signallarni kuchaytirish xossalaridan kelib chiqib, elektron kuchaytirgichlar ham deb ataladi va ular asosida ko‘plab kuchaytirgich sxemalari quriladi (8.5- rasm). Tranzistorlarni kalit xossalaridan kelib chiqib, elektron kalit sifatida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |