30. BIPOLYAR TRANZISTORLAR
Tranzistor uchta sohadan iborat yarim o‘tkazgichli asbob.
Uning tuzilishi
20.1 – rasmda keltirilgan. O‘rta qismi baza deb atalib, aralashma konsentratsiyasi
chetki qismlariga nisbatan kam va yupqa bo‘ladi. CHetki qismlaridan biri emitter,
ikkinchisi kollektor deb ataladi.
20.1 – rasm. Tranzistorning tuzilishi (a) va uning qarama-qarshi ulangan diodlar
sifatida tasvirlanishi (b)
Emitter degan nom elektronlar bazaga purkaladi, in’eksiya, ya’ni
injeksiyalanadi degan ma’noni bildiradi. Tranzistorda kollektor toki hosil bo‘lishi
uchun albatta baza toki bo‘lishi shart. 20.1 – rasmda keltirilgan tranzistor diskret
tranzistor deb ataladi. Bu tranzistorda r-p o‘tishlar yarim o‘tkazgichli plastinaning
qarama-varshi tomonlarida joylashgan. O‘tishlari
bir tomonga joylashgan
tranzistorlar ham mavjud va ular
integral tranzistorlar
deb ataladi.
Emitter
sohasida aralashma miqdori ko‘proq bo‘ladi. Kollektor zaryad tashuvchilarni
ekstraksiyalash (sug‘urib olish) vazifasini bajaradi.
Tranzistorning bazasi p yoki r o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi mumkin.
SHunga ko‘ra chetki qismlari r yoki p o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Demak,
tranzistor r-p-r yoki p-r-p strukturali bo‘ladi. Tranzistorda ikkita r-p o‘tish mavjud.
Buni hisobga olgan holda tranzistorni ketma-ket ulangan ikkita bog‘langan diod
sifatida qarash mumkin (20.1b – rasm). Uning chetki uchlariga (emmiter –
kollektorga) kuchlanish ulanganda r-p o‘tishlarning biri to‘g‘ri o‘tish bo‘lsa,
ikkinchisida teskaoi bo‘lganligidan har ikkala yo‘nalishda tizimdan tok o‘tmaydi.
Tranzistorni ikkita tok manbaiga 20.2- rasmda ko‘rsatilgandek ulaymiz. K kalit
ochiq bo‘lganda emiiter zanjirida tok bo‘lmaydi.
Kollektor zanjirida esa oz
miqdorda teskari r-p o‘tish toki (
I
kBt
,
t – teskari demak) bo‘ladi. K – kalit ulanganda
emmiter zanjirida tok hosil bo‘ladi. CHunki
E
e
manba kuchlanishi emmiter – baza
yo‘nalishida to‘g‘ri r-p o‘tish hosil qiladi. Bunda ko‘pchilik kovaklar emitterdan
bazaga o‘tganda
L
B
> L
D
bo‘lganligidan kollektor o‘tishiga etib boradi. Natijada
kollektor toki ortadi.
Umuman olganda, tranzistorning asosiy xossasi bazada
boraytgan jarayonlar bilan belgilanadi.
р п
р
п р
п
Э
К
Б
а
б
20.2 – rasm. Tranzistorni umumiy baza sxemasida ulash
Bazada chet moddalar taqsimlanishi natijasida unda asosiy bo‘lmagan
zaryadlarni emitterdan kollektorga o‘tishiga yordam beruvchi elektr maydon
bo‘o\lsa,
bunday tranzistor
dreyfli tranzistor
deyiladi. Agar bazada xususiy
maydon bo‘lmasa, asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar
baza orqali asosan
diffuziya hodisasi tufayli o‘tsa, bunday tranzistor
dreyfsiz tranzistor
deb ataladi.
20.3 – rasmda tranzistorning chiqish tavsiflari keltirilgan. Unda
0
Э
I
ga mos
kelgan tavsif K kalit osiq bo‘lgan holni ifodalaydi. Tavsifdan ko‘rinadiki, kollektor
– bazaga qo‘yilgan manfiy kuchlanish qiymati ortishi
bilan tokning sezilarli
darajada ortishi kuzatilmaydi.