Sust xavfsizlik - transport vositasining YTH oqibatlari og’irliklarini
kamaytiruvchi xususiyatidir. Sust xavfsizlik haydovchi xavfsizlik tadbirlarini
ko’rishiga qaramasdan avtomobilning harakatlanish tavsifini o’zgartira olmaydigan
va falokatni bartaraf qila olmaydigan (YTH kulminatsion davri) davrda vujudga
keladi.
Sust xavfsizlik ichki va tashqilarga bo’linadi. Ichki sust xavfsizlik transport
vositasining uning ichidagi haydovchi va yo’lovchilarning shikastlanmasliklari
bo’yicha xavfsizliklarini oshirish va hayotlarini saqlab qolish hamda yuklarni
saqlashni ta’minlash bo’yicha konstruktiv xususiyatini belgilaydi.
Tashqi sust xavfsizlik harakatlanishning boshqa qatnashchilari uchun YTH
oqibatlari og’irliklarini kamaytirish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |