“Transport vositalari muxandisligi” kafedrasi
“Transport xavfsizligi asoslari” fanidan sirtqi bo’lim talabalari uchun nazorat ishi
13-variant
1
Haydovchining har xil yo’l sharoitlaridagi avtomobilni boshqarishini harakat
xavfsizligiga ta’siri
2
Xaydovchini ish o’rni
3
Avtomobilni boshqarish jihozlaridan
foydalanish texnikasi
4
Transport vositalarining konstruktiv xavfsizlik turlari va ularga qo’yiladigan talablar
5
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan
shug’ullanuvchi o’quv yurtlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish
1. Haydovchining mehnat jarayoni boshqa barcha murakkab tizimlarning
boshqaruvchisi (operatori) ning ishiga o’xshaydi. Haydovchi ham operator kabi
biron - bir operatsiyani bajarishi (hatti-harakati) axborotlarni qabul qilishi, uni
tushunishi va hatti–harakatlarining natijasini nazorat qilishi bilan bog’liqdir.
Shu bilan birga haydovchini avtomobilni boshqarishdagi faoliyati boshqa
operatorlardan ba’zi bir belgilari bilan farq qiladi.
Operator kuzatish asboblariga qarab boshqarilayotgan tizimning holatini
oldindan bashorat qila oladi va uning hatti–harakatlari ob’ektning holatini yoki
ko’rsatkichlarini ma’lum bir darajada ushlab turishdan iborat bo’ladi.
Haydovchida esa bunday imkoniyatlar yo’q. Masalan, avtomobil to’g’ri
chiziqli harakat - qilayotganida harakatlanish yo’lagidan o’ng yoki chap tarafga
chiqib ketsa, buni kuzatib borayotgan haydovchi rulni burib avtomobilni avvalgi
holatiga qaytaradi, agar xavfsizlik oralig’i kichrayib ketsa, tezlikni kamaytirib zarur
bo’lgan xavfsizlik oralig’ini ta’minlaydi va hokazo.
Operator faqat bitta mashina (tizim) ning holatini nazorat qilsa, haydovchi
harakat xavfsizligini ta’minlashi uchun boshqa harakat qatnashchilarining hatti–
harakatlarini ham kuzatib borishi zarur bo’ladi. Bunday axborotlarni haydovchi
tomonidan o’z vaqtida ololmay qolishi, yoki olingan axborotlar etarlik bo’lmasligi
natijasida u noto’g’ri xatti–harakat qilishi, bu esa o’z navbatida yo’l–transport
hodisalariga olib kelishi mumkin.
Haydovchining ishi mashina operatorining ishidan ancha murakkabdir.
Haydovchi avtomobilni boshqarib borar ekan uzluksiz ravishda u ko’rish, eshitish
va sezish a’zolari orqali yo’l sharoiti, boshqa harakat qatnashchilarining hatti–
harakatlari, yo’ldagi harakatdagi va qo’zg’almas ob’ektlarining joylashuvi haqida
axborotlarni olishi, ularni ongida tushunib etishi va avtomobilning harakatini
mavjud yo’l sharoitiga muvofiqlashtirishi uchun echimlar qabul qiladi va boshqarish
jihozlariga ta’sir etadi (rul chambaragini buradi, uzatmalar pog’onasini o’zgartiradi,
tormoz tepkisini bosadi, burilishini ogohlantiruvchi chiroqlarni yoqadi va hokazo)
va hatti–harakatlarning samarasini nazorat qilib boradi.
Agar haydovchiga uzatilayotgan axborotlar etarli bo’lmasa, ularni o’z vaqtida
qabul qilib va tushunib etmasa, u avtomobilni boshqarish bo’yicha noto’g’ri hatti–
harakatlar qilishi va oxir oqibatda bu hatti –harakatlaryo’l- transport hodisasini sodir
bo’lishiga olib kelishi mumkin[17]. ( 5- rasm).
Bulardan ko’rinib turibtiki har qanday yo’l sharoitlarida avtomobilni xavfsiz
boshqarish bo’yicha etarlik darajada bilim va amaliyy ko’nikmalarga ena bo’lgan
mktablarining asosiy maqsadi bo’lib qolishi kerak ekan.
“Avtomobil-haydovchi-yo’l-piyoda-muhit” (AHYPM) tizimida harakat
xavfsizligini ta’minlovchi eng asosiy elementlardan biri haydovchidir.
Haydovchi avtomobilni boshqarib borar ekan, uzluksiz ravishda o’zi
boshqarayotgan transport vositasi (TV), boshqa harakat qatnashchilari va yo’l
sharoiti haqidagi axborotlarni qabul qilishi va anglab etishi kerak. Ayni paytda
vujudga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatni ongida bashorat qiladi va harakat uchun
“xavfsizlik darajasini” sub’ektiv ravishda baholaydi. O’zi baholagan xavfsizlik
darajasiga asoslanib, TVni boshqarishi uchun qarorlar qabul qiladi va amalga
oshiradi.
Yo’l sharoiti
Haydovchi
boshqarayotgan TV
Boshqa harakat
qatnashchilari
Axborot qabul qilish
hhhhhhh
6-rasm.Hayovchining hatti-harakatlari ketma-ketligi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, avtomobilning harakati va uni belgilovchi
qarorlar haydovchi vaziyatni qanchalik to’g’ri baholay olishiga bog’liq ekan.
Bularni quyidagi misollarda ko’rib o’tish mumkin.
1. Haydovchi xavfni to’g’ri baholay oldi (AqB). Bunday holda mavjud
sharoitga mos ravishda avtomobilni boshqara oladi. Demak avtomobilning
ekspluatatsiya xususiyatlaridan to’liq foydalanish bilan bir paytda, harakat
xavfsizligi ham ta’minlanadi.
2. Haydovchi vaziyatni ortiqcha baholab yubordi (A>B) tezlikni mavjud
sharoitda harakatlanish mumkin bo’lgan qiymatdan kamaytirishga majbur bo’ladi.
Avtomobildan foydalanish samaradorligi kamayadi, boshqa harakat qatnashchilari
uchun esa ortiqcha qiyinchilik tug’iladi.
3. Haydovchi vaziyatni etarlicha baholay olmadi (A
haydovchi vaziyat taqoza etgan xavfsiz tezlikdan yuqoriroq tezlikda harakatlanadi
va natijada xavfsizlikni ta’minlay olmay qolishi mumki.
Ko’rinib turibdiki, harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchilarni har bir
daqiqada vaziyatni to’g’ri baholay olishga o’rgatish eng asosiy masalalardan biri
ekan.
Vaziyatni bashorat qilish
Xavfni baholash (A)
Haqiqiy xavf
(B)
TVni boshqarish uchun qarorlar qabul qilish
Avtomobilning harakati
Haydovchi avtomobilni boshqarish jarayonidagi hatti-harakatlarini “Graflar
nazariyasi” ga asoslanib 7 - rasmdagidek tasvirlash mumkin[26].
Haydovchi avtomobilni boshqarib borar ekan, uning hatti-harakatlari ma’lum
bir holatlarda bo’ladi va vaqt o’tishi bilan grafda ko’rsatilgan sxema bo’yicha, bir
holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. (o’tish jadalligi -
ij
)
O’tish jadalligi ma’lum bir omillar ta’sirida bo’ladi:
),
,
(