4.2-jadval
Oʻlchov uskunalariga boʻlgan talablar12
O’lchash ko’rsatkichlari
|
O’lchash diapazoni
|
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolik
|
Quruq termometr bo’yicha havoning harorati, °C
|
30 dan 50 gacha
|
± 0,2
|
Ho’llangan termometr bo’yicha havoning harorati, °C
|
0 dan 50 gacha
|
± 0,2
|
Yuza sathning harorati, °C
|
0 dan 50 gacha
|
± 0,5
|
Havoning nisbiy namligi, %
|
10 dan 90 gacha
|
± 5,0
|
Havoning harakat tezligi, m/s
|
0 dan 0.5 gacha, 0.5 dan ortiq
|
± 0,05
± 0,1
|
Issiqlik nurlanishining shiddati
|
10 dan 350 gacha, 350 dan ortiq
|
± 5,0
± 50,0
|
Gostirlangan, kalibrlangan, zaruriyat tugʻilganda issiqlik nurlani-shidan himoyalangan termometrlardan foydalanish lozim.
Oʻlchangan mikroiqlim parametrlarining barchasi meʼyorlashti-rilgan miqdorlar chegarasida boʻlgan taqdirda gigiyenik talab bajarilgan deb hisoblanadi.
4.4. Korxona binolarida mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora va tadbirlarni tadbiq etish (Quyuv mexanika zavodi misolida).
Xavfsizlik kontseptsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan tashqi muhit ta`sirini inobatga olishi zarur.
Shu bilan bir vaqtda korxona o`z faoliyatining muhim yo`nalishlari xavfsizligini ta`minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo`riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko`rsatadi:
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog’i qurilma va uskunalarini qo`riqlash tartibini ta`minlash.
2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo`lgan vakolatni boshqarish, kelib ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, axborot xavfsizligini ta`minlash.
3. Xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha ma`muriy faoliyat - personalni tayyorlash va o`qitish, inspektsiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash -yong’inlarning oldini olish, yong’in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va hokazolar.
Korxonalar rahbarlari mehnat jamoalarini doimiy ravishda xavfsizlikni ta`minlash natijalari to`g’risida xabardor etishlari lozim. Faqat zarur hollardagina xavfsizlik choratadbirlari maxfiy bo`lishi mumkin. Xavfsizlik chora-tadbirlarining maxfiyligi korxona bo`limlarini zaruriy qoidalarni qo`llash va ularga amal qilishini nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko`zda tutadi.
Hozirgi jamiyatning axborotlashtirish va elektronlashtirish sharoitlarida korxonalarning xavfsizligini ta`minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko`rsatuvchi, tijorat faoliyatining xavfsizligini ta`minlashning barcha shakl va usullarini qamrab oluvchi tizim amal qilishi lozim. SHu sababli xavfsizlik xizmati marketing va menejment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo`limlar kabi iqtisodiy bo`linmalar bilan chambarchas bog’liqlikda ishlab, iqtisodiy xavfsizlikka ko`proq yondashgan holda ularning foliyatini to`ldirishi zarur.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Biz korxona faoliyatini o’rganish natijasida shunday xulosaga keldikki, korxonada bir yillik ish natijalari boʼyicha mukofotlash, bir marta beriladigan mukofotlar, qilingan ishni hisobga olish birlamchi hujjatlarida (tariflar, topshiriqlar, tabellar va hokazo) nazarda tutilgan ragʼbatlantirish tusidagi toʼlovlar, kasbiy mahorat, murabbiylik uchun tarif stavkalari va maoshlarga qoʼshimchalar, amaliyotda moddiy yordam deb nomlanuvchi taʼtilga har yilgi qoʼshimcha toʼlovlar kabi rag’batlantirishlar amalda qo’llaniladi. Bu korxonada kadrlar yetishmovchiligini oldini olish, xodimlarning korxona uchun muhim natijalarga, strategik maqsadlarga erishishiga bo’lgan munosabatini faollashtiradi, ularning potensialidan maksimal foydalanishga erishiladi, ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga olib keladi.
Korxona ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun yuqorida aytib o’tilgan omillardan tashqari quyidagi takliflarni ham berishimiz mumkin:
Rag’batlantirish xodimning manfaatlariga qanchalik yaqin bo’lsa, uning ta’siri shunchalik kuchliroq bo’ladi. Oylik maoshlarni ko’tarish yoki qo’shimcha rag’batlarni joriy etish.
Faqatgina rahbarning hissiyotlariga asoslangan rag’batlantirishlar samara bermaydi. Xodimlar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazish ularning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Har bir xodimning motivatsiyasi darajasini o’lchash, masalan, anketa orqali yoki korxona o’zining so’rovnomasini ishlab chiqishi mumkin.
Har olti oyda bir marta rag’batlantirishning yangi usullarini joriy etish: yangi kiritilgan shakl bir xillikdan ko’ra xodimlarga yaxshiroq ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu takliflarni korxonada amalga oshirish natijasida korxonaning ishlab chiqarish jarayonini yanada jadallashtirishga, faoliyat samaradorligini oshirishga, korxonada xodimlarning bir-biriga bo’lgan munosabatini yaxshilaashga, korxona ruhini yaratishga erishishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: |