Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


IV-BOB. «O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI» AJ KORXONALARIDA MIKROIQLIM SHAROIT KO’RSATKICHLARINI O’RGANISH VA YAXSHILASH (QUYUV MEXANIKA ZAVODI MISOLIDA)



Download 479 Kb.
bet20/24
Sana29.05.2022
Hajmi479 Kb.
#616212
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Diplom ishi D.A. Bozorboyev4 (2) (2)

IV-BOB. «O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI» AJ KORXONALARIDA MIKROIQLIM SHAROIT KO’RSATKICHLARINI O’RGANISH VA YAXSHILASH (QUYUV MEXANIKA ZAVODI MISOLIDA).

4.1. Mehnat muhofazasiga oid qonunlar va normativ hujjatlar.


Oʼzbekistonda ishchi va xizmatchilarning mehnat jarayonida sogʼligini saqlash, yaʼni kasbiy kasalliklar va tasodifiy jarohatlanish kabi baxtsiz xodisalarni oldini olish davlat nazorati ostiga olingan.
Oʼzbekiston Respublikasining Oliy kengashi 8 dekabrь 1992y. XIII chaqiriq X sessiyasida tasdiqlangan, yangi Bosh Qomusida Oʼzbekiston fuqarolariga oʼzlariga maʼqul va jamiyatga foydali boʼlgan mehnat bilan shugʼullanish, hunar oʼrganish, ilm olish, ijod qilish, dam olish, sogʼliqni muhofaza qilish, davolanish va boshka huquqlar kafolatlangandir.
Respublikamiz qonunlaridan yana biri Oʼzbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksidir”. Bunda mehnat muhofazasiga taalluqli barcha masalalar qonun asosida tasdiqlangan. Bu qonun keng qamrovli boʼlib, tarkibida jamoa va shaxsiy mehnat shartnomalarini tuzish (35-56 va 77-113 moddalar), mehnat qilish va dam olish vaqtlari (114-125 va 126-152 moddalar), ish xaqi va toʼlov qoidalari ( 153-164 va 165-173 moddalar), mehnat muhofazasi va intizomi (174 -184 va 211 - 223 moddalar), ayollar va yoshlar mehnati (224-238 va 239-257 moddalar), mehnatkashlarning ijtimoiy sugʼurta taʼminoti ( 282 - 294 moddalar ) va boshqalar inson xayotini osoyishtaligini va xavfsizligini taʼminlovchi tartib va qoidalarni oʼzida mujassamlashtirgan.
1996 yil 1 apreldan buyon amalda qoʼllanib kelinayotgan yana bir qonun, Oʼzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksidir. Bunda mehnatkashlarning sogʼlig’i va mehnatini muhofaza qilish maqsadida maʼmuriy huquqbuzarliklarga nisbatai majburiy javobgarlik jazo choralari tayinlangan. Bu qonunlar mehnatkashlarni mehnat faoliyatlarida xavfsizliklarini taʼminlash, ularni haq-huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini sanitariya va xavfsizlik talablariga mos keladigan darajada taʼminlanishini nazorat qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan qurilish tashkiloti maʼmuriyati xavf-xatarsiz ish sharoitini taʼminlayoladigan zamonaviy texnika vositalarini, ilgʼor qurilish uslublarini joriy qilishga masʼuldir. Buiing uchun belgilangan tartibda mablagʼ ajratiladi va u aynan mehnat xavfsizligini taʼminlovchi tadbir-choralarni ishlab chiqish va ularni amalda tadbiq etish uchun sarflanmogʼi talab etiladi.
Barcha bino va inshootlarni loyixalash, qurish va ulardan foydalanishda mehnat muhofazasi meʼyorlariga rioya qilish qatʼiyan shart hisoblanadi.
Аgar binolarni qurishda QTQ loyihalarida mehnat xavfsizligi qoidalari toʼliq taʼminlanmagan boʼlsa, bunday loyixalarni qurishga ruxsat etilmaydi va qurilayotgan biror sanoat korxonasi, yoki jamoat binolari kurilishida inson salomatligi uchun xavfsizligi meʼyorlarda koʼrsatilganidek yechilmagan boʼlsa, bunday binolardan xam foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Bu qonunlardan tashqari mehnat muhofazasini boshqaradigan bir qator xavfsizlik meʼyorlari mavjudki, ular quyidagilardan iborat:
-QMQ 3.01.02-00 - Mehnat muhofazasi boʼyicha xavfsizlik meʼyori va qoidalari;
-SanQM 0029-94 -Radiatsiya xavfsizligi boʼyicha sanitariya meʼyorlari;
-DavXMT (GOST) 12.1.001-12.1.002-78, (Mehnat Xavfsizligi Meʼzonlari Tizimi-(SSBT), DavXMT 12.4.011-87, 12.4.087-84, 12.4.089-86, RXM (NRB)-76, sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli moddalar va xavfli omillardan shaxsiy himoya vositalar meʼzonlari;
-mehnat muhofazasini boshqarish qoidalari;
-xotin-qizlar, yoshlar va ish faoliyati sust shaxslar mehnatini muhofaza qilish qoida va meʼyorlari;
-mehnat muhofazasi borasida davlat va jamoa nazorati tashkilotlari faoliyatini boshqaradigan qoidalar, Davlatsanoatgeokontexnika nazorati inpeksiyasi;
-mehnat muhofazasi qonunlarini buzganlida javobgarlik va h.o.

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish