Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Korxona binolarining mikroiqlim sharoitlari va uning inson organizmiga ta’siri



Download 479 Kb.
bet21/24
Sana29.05.2022
Hajmi479 Kb.
#616212
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Diplom ishi D.A. Bozorboyev4 (2) (2)

4.2. Korxona binolarining mikroiqlim sharoitlari va uning inson organizmiga ta’siri.


Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimi–bu binolar ichki muhitining meteo(iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek texnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga ta’siri bilan belgilanadi.
Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi.
Eng qulay sharoitlar–termoregulyatsiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o’lchamlarining yig’indisidir. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart–sharoit yaratadi va issiq–qulay sezuvchanlikni ta’minlaydi.
Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyatsiya mexanizmlari kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o’zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o’lchamlari yig’indisi yo’l qo’yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo’lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o’zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari: Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish muhiti mikroiqlimi" ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi: engil jismoniy ishlar (I kategoriya)–o’tirib, tik turib yoki yurish bilan bog’liq holda bajariladigan, biroq muntazamjismoniy, zo’riqish yoki yuklarni ko’tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal ni tashkil etadi. Bunga radio qisimlarini yig’ish korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
O’rtacha og’irlikdagi jismoniy ishlar (II kategoriya)–soatiga 150-250 kkal energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og’ir bo’lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog’liq bo’lgan ishlar kiradi. Masalan, mexanik yig’uv, payvandlash tsexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.
Og’ir jismoniy ishlar (III kategoriya)–muntazam jismoniy zo’riqish xususan og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J.S) dan yuqori bo’ladi. Bunday ishlar temirchilik, quyuv va boshqa qator tsexlarda bajariladi.
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiklik holatini saqlashini ta’minlaydigan miqroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo’’tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan mikroiqlim sharoitlariorganizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o’zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisidir. Bunda sog’liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo’’tadil issiqlik sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. Doimiy ishlarda keltirilgan miqdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan issiqlik ko’p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo’l qo’yiladigan normalarga asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo’yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas, balki mehnatning og’ir-engilligiga bog’liq holda o’zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. SHunga ko’ra engil ishlarda, o’rtacha og’irlikdagi va og’ir ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori haroratlarda va harakatining birmuncha kam tezlikda bo’lishi qabul qilingan.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o’tish davrlarida (tashqi havoning) o’rtacha kundalik harorati –10°C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (I-birmuncha katta raqamlarda o’zgarib turishi, yilning issiq paytida esa tsexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa O’rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo’lgan tsexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha bo’lishini ko’zda tutadi. Bu tashqi muhitining issiq bo’lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo’qotishni qiyinligi bilan bog’liq.Biroq bu holda ham normalar yo’l qo’ysa bo’ladigan maksimumni chegaralaydi (ammo O’rta Osiyo sharoiti uchun emas). Issiqlik ajralishi yuqori bo’lgan tsexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
Standartlarda xonalarning katta kichikligi, issiqlik va namlik ajratilshning birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo’shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mavjud.
Ko’rsatib o’tilgan normalarga qo’shimcha qilib, ish joylarida issiqlikning nurlanish intensivligi 300 kkal.m2dan yuqori bo’lganda albatta havo dushlari qurilishi zarur ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda beriladigan havo harorati va harakat tezligi yil fasliga, ish kategoriyasi va issiqlik nurlarining ko’p-kamligiga bog’liq. Ish nechog’lik og’ir bo’lsa, harorat shunchalik past va havo harakati yuqori bo’ladi.

4.3. O’zbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari va gigiyena standartlariga muvofiq korxona binolarining mikroiqlimi ko’rsatkichlarini o’lchash va baholash usullari.


Mikroiqlim parametrlarini oʻlchash yilning issiq va sovuq fasllarida bir kun davomida ish smenasining boshida, oʻrtasida oʻtkazilishi lozim. Oʻlchashlar texnologik va boshqa sabablar tufayli mikroiqlim sharoitlari tebranib turgan holatlarda ishlovchilarga ish smenasi davomida yuz beradigan eng katta va eng kichik termik yuklamalar sharoitida ham oʻtkazilishi kerak.
Oʻtirgan holda bajariladigan ishlarda havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligi poldan yoki ish maydonchasidan 1,0 m baland-likda, tik turgan holda bajariladigan ishlarda esa 1,5 m balandlikda oʻlchanadi. Oʻlchashlar doimiy ish joyida ham, doimiy boʻlmagan ish joylari-da ham mahalliy issiqlik chiqarish, sovutish yoki namni chiqarish (qizdiril-gan agregatlar, derazalar, eshiklar oʻrni, darvozalar, ochiq vannalar va h.k.) manbalaridan eng yaqin va eng uzoq masofada bir marotaba oʻlchanadi.
Ish joylari zichligi katta boʻlgan xonalarda mahalliy issiqlik chiqarish, sovutish yoki nam chiqarish manbalari mavjud boʻlmagan xonalarda havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligini oʻlchash uchastkalari butun xona boʻylab 4.1-jadvalga muvofiq taqsimlanadi.

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish