Generator va rele sozlagich - hozirgi zamonaviy avtomobillarda generator va rele-sozlagichlarning doimiy va ozgaruvchan tokda ishlaydiganlari qollaniladi.
Generator nosozliklariga kollektorning ifloslanishi, shetkalarni yilishi, chotka ushlagich prujinalarini sinishi, sim chulgamlarining uzilishi, chulgamlar orasidagi qisqa tutashishi, yakorni massa bilan qisqa tutashishi, yakor sim chulgamlarini uzulishi, tasmani boshashishi yoki uzulishlari kiradi.
Hozirgi vaqtda ozgarmas tokda ishlaydigan generator va rele-sozlagichlar ham qollaniladi. Ularni taxislash yuklanish ostida va yuklanishsiz, generator ishlaganda tirsakli val aylanishlar sonini ozgarishini me'yori bilan solishtirishdan iboratdir.
Ozgaruvchan tokli generator va rele sozlagichlarni tashxislashda uning hosil qilayotgan kuchlanishi kattaligi va holati tekshiriladi. Kuchlanish, hamma iste'molchilar ulanganda, 12V dan kam bolmasligi kerak. Normal ishlayotgan generatorda hosil bolayotgan kuchlanish ozgarishi 1-1,2V dan oshmaydi. Voltmetr yordamida generator ishlash jarayonini tekshirish juda qiyin, shuning uchun tekshiruv otselograf bilan birgalikda bajariladi.
Agarda generator umuman tok hosil qilmayotgan bolsa, u holda uygotish oramlarining sozligini, togrilagichni yoki rele-sozlagichni tekshirish zarur.
Ozgaruvchan tok generatorida mexanik va elektr turkumidagi nosozliklar bolishi mumkin. Mexanik nosozlik: rotor valining yeyilishi, shponka uyasining kengayishi, podshipnikning yedirilishi va gayka rezbasining shikastlanishi va boshqalardan iborat. Ular razm solish va bolaklarga ajratish yoli bilan aniqlanadi. Korsatilgan nosozliklar elektrotexnik va tokarlik ustaxonalarida bartaraf etiladi. Eng kop uchraydigan nosozliklar chotkaning yeyilib ketishi va uni ushlab turuvchi prujinaning elastikligini kamayishi hisoblanadi. Bu nosozliklar detallarni almashtirish yoli bilan bartaraf etiladi.
NEKSIYA, TIKO va DAMAS rusumidagi avtomobillarda 12V-1.4A turidagi ozgaruvchan tok generatorlari qollaniladi, ularga TXK ishlarini tashkil etish MDX da ishlab chiqilgan generatorlarnikidan unchalik farq qilmaydi.
Starterda ishlash jarayonida mexanik nosozliklar koproq uchraydi. Yedirilish natijasida starter shesternyasi va maxovik qoshilmay qoladi. Bu nosozliklar, brikmalarda salt yurish kopayib ketishi natijasida sodir bolishi ham mumkin. Undan tashqari sim chulgamlarining uzilishi, qisqa tutashish, yakor qonimidagi bronza vtulkalarini yeyilishi, klemmalarning kuyishi va oksidlanib qolishi natijasida nosozliklar kelib chiqadi.
Neksiya va Espero avtomobillarida kontaktsiz tranzistorli ot oldirish tizimi qollaniladi, tizimdagi barcha jihozlarni tashxislash ishlari skaner yordamida bajariladi. Bunda ot oldirish momenti, svechalarga kelayotgan kuchlanish qiymati, xatto svechalar orasidagi tirqishnining me'yoridaligini tekshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |