3.Avtomobillarda batareyali, kontaktli-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va elektron ot oldirish tizimi qollaniladi. Dvigatelning 40% dan ziyod nosozliklari shu tizimga togri kelib, uning quvvatini pasayishiga sabab boladi.
Eng kop tarqalgan ot oldirish tizimi batareyali bolib, u uzgich-ulagich, ot oldirish galtagi, svecha, yuqori va past kuchlanish simlaridan tashkil topgan.
Ot oldirish tizimining eng kop tarqalgan nosozliklari yuqori va past kuchlanishli simlar ustki qoplamni ochilib qolishi va massaga tegishi, ulash joylarida yaxshi ilashish yoqligi, uzgich-ulagich kontaktlarini oksidlanib qolishi va kuyishi, kontaktlar orasidagi tirqishni ozgarishi, xarakatlanuvchi kontakt prujinisini boshashib qolishi, taqsimlagich valini yedirilishi, kondensatorni ishdan chiqishi, svechalarga moy sachrab ifloslanib qolishi, ot oldirish galtagi sim chulgamlarini qisqa tutashishi, ot oldirish momentini notogri qoyilganligi, markazdan qochirma va vakkumli ot oldirish sozlagichlarini yaxshi ishlamasligidan iborat.
Ot oldirish tizimi asosiy nosozliklari. Ot oldirish tizimidagi elementlar boyicha nosozliklarning sodir bolishini har biri boyicha alohida korib chiqamiz. Yuqori kuchlanishli galtakning nosozliklariga galtak qopqogining darz ketishi va kuyishi, birlamchi va ikkilamchi chulgamlar himoya qobiqlarining kuyishi oqibatida oramlar orasidagi qisqa tutashuv, chulgamlarning ulangan joyidan uzilib qolishi, qoshimcha rezistorning uzilib qolishi yoki birlashgan qismlarning boshashib qolishlari kiradi.
Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarga moy tegishi yoki kuyishi, uzgich kontaktlari orasidagi tirqishning yetarli emasligi yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanishi yoki kuyishi, rotor va qopqoq-ning ifloslanishi, qopqoqning darz ketishi, richag prujinasi tarangligining pasayishi, yetaklovchi valcha vtulkasi, uzgich richagi vtulkasi yoki turtkichi, podshipnikning yeyilishi, markazdan qochma rostgich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qolishi, vakuumli rostlagich diafragmasining teshilishi, uzgich mushtchasi, markazdan qochma rostlagich yukchalari teshiklari va oqlarining yeyilishi, himoya qobigi yoki «massa» simlarining uzilishi, taksimlagich qopqogi ichki yuzasidagi elektrodlarning kuyishi yoki oksidlanib qolishi, yuqori kuchlanishli simlar himoya qoplamlarining kuyishi kabilar kiradi.
Chaqmoq(svecha)larning asosiy nosozliklari: korpus va markaziy elektrod boyicha jichlikning yetarli emasligi, yon va markaziy elektrodlarning yeyilishi, himoya qoplami etagining yemirilishi, chaqmoqning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishi qisqarishiga olib keluvchi qurum qoplamini paydo bolishi.
Agar dvigatelda karburator va ot oldirish tizimi togri sozlangan bolsa va me'yoriy ishlasa, shuningdek, ishlatilayotgan yonilgi sifatli bolsa, u xolda dvigateldan yechib olingan chaqmoqning rangi zang yoki jigarrang korinishida boladi. Ishlash davomiyligiga qarab korpus yupqa qurum qatlami bilan qoplanadi. Markaziy elektrod kulrang tusda boladi. Bunday chaqmoqlarni temir shchetka yoki qumqogoz bilan tozalab, tirqishini rostlagandan song yana dvigatelga ornatish mumkin.
Agar chaqmoqning yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum zarrachalari bilan qoplangan bolsa, buning asosiy sabablari aralashmani ota boyligi, havo tozalagichning kirlanishi, uchqunning kuchsizligi, dvigatel kop vaqt davomida salt ishlashi va klapanlardagi issiqlik tirqishining notogi rostlanganligidir.
Chaqmoqning moy bilan qoplanishi porshen halqalarining yeyilganligi, klapan moytutqichi teshigining kengayib ketganligi, dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrining ifloslanishi, karburatordagi aralashmaning boyligi, ot oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir boladi.
Chaqmoqni kulrang-jigarrangdan to kulrang-kok ranggacha qurum bosganligiga chaqmoq belgilangan me'yoridan ortiq haroratlarda ishlatilayotgan-ligi(kalil soni pastligi), karburatordagi aralashmaning kambagal bolishi, yondirish onining ertaligi, porshen tubi va silindr kallagining qurum bilan qoplanishi, dvigatel silindriga qoshimcha havoning sorilishi, chaqmoqda zichlash halqasining yoqligi sabab boladi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya qoplamining yorilishi va teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli kuchsiz kontaktda bolishi, sinishlar, uzilishlar va qarshilikning ortib ketishi kiradi.
Eng kop tarqalgan ot oldirish tizimi batareyali bolib, u uzgich-taqsimlagich, ot oldirish galtagi, chaqmoqlar, yuqori va past kuchlanishli simlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |