B) Gaz reduktoriga diagnoz qoyish va unga TXK. 2-TXK vaqtida birinchi va ikkinchi bosqich reduktori klapanining yurishi orqali gaz bosimi me'yorida bolishi tekshirib hamda rostlab turiladi. Reduktorga siqilgan havo yuborilib yoki avtomobil gaz magistrali ulangandan song sozlash ishi amalga oshiriladi. Reduktorning birinchi bosqichidagi gaz bosimi (dastlab kontrogaykani boshatib) gaykadan sozlanadi, ya'ni u buralganda, diafragmadagi prujinaning tarangligi ozgaradi. Rostlash paytida gaz bosimi (avtomobil kabinasi ichidagi peshtoqdan) past bosimli manometrdan nazorat qilib turiladi. Suyultiril-gan gaz uchun birinchi bosqichdagi bosim 0,1 dan 0,2 MPa gacha bo‘ladiReduktorning Редукторнинг ikkinchi bosqichi bosimi rostlash nippelini burash hisobiga o‘zgaradi: nippelni burasa, bosim ortadi, aksincha bo‘shatsa, bosim kamayadi. Ikkinchi bosqichdagi gaz bosimini pyezometrda tekshirish uchun, reduktorning yuklovchi qurilmasiga shtutser ulanadi yoki shtutserga maxsus qopqoq (ikkinchi bosqich qopqogi tuynugi orniga) ornatiladi. Dvigatel salt ishlaganda, reduktorning ikkinchi bosqichidagi bosim 0,050,1kPa boladi. Ballondagi gaz bosimiga bogliq holda, yuklanish(nagruzka) ni oshirib, ikkinchi bosqichdagi bosim atmosfera bosimigacha yoki 0,01:0,02 kPa gacha, tola yuklanish (nagruzka) da esa, 0,16:0,25 kPa gacha kamaytiriladikamaytiriladiIkkinchi bosqich klapanining togri ornatilishi diafragma shtogining yurish yolini (5:6 mm bolishi kerak) tekshirib aniqlanadi. Klapanning yurishini rostlash uchun magestral ventili ochilib, klapanning rostlash vinti kontrgaykasi (klapan gaz chiqarishni boshlaguncha) boshatib turiladi. Shundan song (klapandagi gaz sizib chiqishi toxtaguncha, tovushi songuncha) rostlash vinti 18:14 nisbatda buraladi va kontrgayka burab maxkamlanadi. Magistral ventil berkitilib, klapanning yurish masofasi (yuqorida aytilganidek) diafragma shtogining yurish masofasi kabi tekshiriladi. Reduktorning (birinchi bosqichli) saqlovchi (predoxranitelnoy) klapani, chiqarish shtutserini burab (prujina tarangligini ozgartirib) rostlanadi. Togri rostlangan klapan gaz bosimi 0,45 MPa bolganda ochila boshlaydi.
Ta'minlash tizimiga TXK ning oziga xos jihatlari. Avtomobil yolga chiqishidan oldin har kuni gazda ishlaydigan dvigatel, gaz quvurchalari, naychalarining germetikligi, gaz jihozlarining tashqaridan shikastlanmaganligi, kabinadagi magistral ventilining va rezervdagi ta'minlash tizimining ishlashi tekshiriladi. Avtomobil ishdan qaytgandan keyin ballondagi gaz ventilini berkitib qoyish va gaz tizimida qolgan gazni (yondirib, tashqariga) chiqarib yuborish kerak.
1-TXK paytida (KXK dan tashqari) reduktorni yechib, filtrlovchi elementni tozalanadi, magistral va bug, suyuqlik va toldiruvchi vetillarning shtogi rezbasi konsistent moy bilan moylanadi hamda gaz tizimi germetikligi (havoning 1,6 MPa) bosimida tekshiriladi va inert gazi bilan gaz sizib chiqishi bartaraf etiladi. 2-TXK paytida (yuqorida korsatilganlardan tashqari), gaz apparutaralarining maxkamlanishi, yondirish payti (burchagi) ning togri ornatilishi tekshiriladi. Bundan tashqari, gaz reduktori, aralashtirgich va buglatgich tekshiriladi hamda rostlanadi. Bir yilda bir marta gaz apparaturalari taftish qilib turiladi. Ventillar klapani va uyasi (ishchi yuzalari) kirlanishdan tozalanib, zarur bolsa, bu yuzalar shilinadi va ishqalab artiladi (pritirka). Buglatgich va gaz filtri atseton bilan yuviladi, klapanlar va reduktor prujinasining tarangligi rostlanadi. Zarur holda, yaroqsiz detallari almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |