Transport va logistika


Dizel dvigatellarini ta'minot tizimiga diagnoz qo‘yish,sozlash va unga TXK texnologiyasi



Download 5,64 Mb.
bet32/130
Sana29.01.2022
Hajmi5,64 Mb.
#415950
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Bog'liq
2 5447187050195326190

2. Dizel dvigatellarini ta'minot tizimiga diagnoz qo‘yish,sozlash va unga TXK texnologiyasi
A)Dizel dvigatellari ta'minot tizimining nosozliklariga yuqori bosimli nasos va forsunka, plyunjer juftini yedirilishi va bosm me'yorini pasayishi, hamda germetiklikni buzilishi, forsunkaning purkash teshigini qurum bosib qolishi kiradi. Bu nosozliklar yonilg‘i purkash momentini o‘zgarishiga, yonilg‘i nasosini bir maromda ishlamasligiga xamda ishlab chiqarish qobilyatiga va yonilg‘i purkash sifatini pasayishiga olib keladi.
Dvigatel ta'minot tizimining nosozligi va ishlamay qolishining tashqi alomatlari quyidagilardan iborat: dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishi, yonilg‘i sarfining me'yoridan ortib ketishi, notekis ishlashi, tutashi, quvvatining kamayishi, shovqin bilan ishlashi va dvigatelning tirsakli vali aylanishlar sonining o‘zgarmasli hisoblanadi.
Dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishiga asosiy sabab yonilg‘i kamerasiga kam miqdorda yonilg‘i uzatilishidir. Tizimga havo kirib qolishi, filtrlovchi elementlarning ifloslanishi, past bosimli nasosning nosozligi (yoki yuqori bosimli yonilg‘i haydash nasosi-YUBYON), plunjer juftining yeyilishi natijasida bosimning kamayishi va forsunka purkagichi soploli teshigining yeyilishi hamda purkash teshigini qurum to‘sib qolishi natijasida yonilg‘inig purkalishi yomonlashadi.
Dvigatelning bir teks(tebranishsiz) ishlamasligi-tirsakli val aylanishlar soni kamligidan ta'minlash tizimiga havo so‘rilib qolishidan, yonilg‘i nasosi seksiyalaridan yonilg‘i notekis yetkazilib berilishidan va forsunka holatining nosozligidandir. Dvigatelning tutab (qora tutun bilan) ishlashi: YUBYON dan yonilg‘ining erta yoki kech yetkazib berilishi sababli to‘la yonmasligi, forsunka yeyilishidan soplo teshigining kengayishi natijasida purkash bosiminining kamayishi, kech yonilg‘i yetkazib berilishi, forsunkadan sizib oqishi, havo filtrining ifloslanishi, purkalish teshigining qurum bosib ketishi natijasida purkashning yomonlashishi, forsunka soplosining ifloslanishi va yonilg‘ida suv to‘planib qolishi sabablidir.
Dvigatel quvvatining kamayishi ta'minlash tizimiga havo so‘rilib qolishi, havo filtrining ifloslanishi, yonilg‘ining yetarli miqdorda yetkazib berilmasligi, purkash burchagi sozlanishining buzilishi, forsunkadan yonilg‘i purkalishining yomonlashishi, YUBYON dan yonilg‘ini notekis va kam yetkazib berilishi, kompressiyaning kam bo‘lishi hamda tegishli (belgilangan) yonilg‘idan foydalanmaslik sabablidir.


B) Ta'minot tizimiga diagnoz qo‘yish va TXK da tizim germetikligi, yonilg‘i va havo tozalagichlar holati, yonilg‘i haydash nasosi va yuqori bosim nasosi ishlashi tekshiriladi.
Tizim germetikligi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u ishdan chiqsa bakdan yoqilg‘i haydash nasosigacha qismda tizimga havo surilishiga va yoqilg‘ini ko‘proq sarf bo‘lishiga, hamda apparatlarni yaxshi ishlamasligiga olib keladi. Bu qism maxsus pribor-bachok yordamida tekshiriladi, qolgan qismi esa ko‘z bilan tekshiriladi. Yonilg‘i va havo filtrlari ko‘z bilan tekshiriladi.
Yonilg‘i haydovchi va yuqori bosmli nasos SDTA jihozida tekshiriladi. Yoqilg‘i haydovchi nasosning ishlab chiqarish qobiliyati kamida 2.2 lminut (YAMZ-236 dvigateli uchun), maksimal hosil qiladigan bosim 380 kPa bo‘lishi kerak. Silindrlarga yonilg‘i purkash burchaklari,uning ishlash rejimiga bog‘liq bo‘lib, (1-0`, 5-45`, 4-90`, 2-135`, 6-180`, 3-225`, 7-270`, 8-315` KamAZ-740 dvigatellari uchun) uning bir-biridan farqi 0.5` dan oshmasligi kerak. Yuqori bosim nasosi ishlab chiqarish qobiliyati dvigatelning 1050 obmin aylanishlar sonida aniqlanib, har bir seksiyada 72.5-75mm^3sikl (Kamaz -740 dvigateli uchun) va bir-biridan farqi 5% dan oshmasligi kerak. Seksiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
(V max - V min)2
Vf    100 %
V max  V min
bu yerda:
Vmax - eng ko‘p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan seksiyaning ko‘rsatgichi, mm3
Vmip - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan seksiyaning ko‘rsatkichi, mm3
Forsunkalar HIIAT - 1609 pribori yordamida tekshirilib, uni germetiklik, purkash bosimi va purkash sifati aniqlanadi. Forsunka germetigligi 30 MPa bosimda tekshiriladi, uning 30 MPa dan -23 MPa ga tushishi 5 sekunddan kam bo‘lmasligi kerak. Yangi forsunkalar uchun u 20 sekunddan kam bo‘lmaydi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab KamAZ-740 uchun 17.6mPa, YAMZ-236 va YAMZ-238 uchun 14.7 mPa bo‘lishi kerak. Yonilg‘ining purkash sifati, uning forsunkaning purkash teshigidan bir maromda tumansimon chiqishi bilan xarakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 - 600 aylmin.da bir maromda ishlashi kerak.
Dvigatellarda sozlash ishlarini bajarish uchun hamma priborlarning nosozliklari bartaraf etilgan, tizim germetikligi tekshirilgan, yonilg‘i va havo tozalagichlar ko‘zdan kechirilgan bo‘lishi shart.
Dizel dvigatellari ta'minot tizimining jihoz va detallarni joriy ta'mirlash murakkab jihozlar talab qilmaydigan tiklash ishlaridan va murakkab bo‘lmagan ishlab chiqarish texnologiyasidan iborat. Shunday ishlar turiga: klapanlarni va ularni uyasini ishchi sirtini ishqalab yedirish (to‘sish ignasi va forsunka purkagichni ham), plunjer jufti va tarangligini yo‘qotgan prujinani almashtirish, truboprovod rezbalarini tiklash, yonilg‘i o‘tkazish naychalari uchini (konussimon qilib) kerish, nasos korpusidagi yoriqlarni yamash va boshqa ishlar kiradi. Ta'minlash tizimining ta'mirlangan detallari jamlab yig‘iladi va zarur hollarda maxsus o‘rnatmada va bevosita dvigatelning o‘zida chiniqtiriladi, sinaladi hamda sozlanadi.




Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish