Karburatordagi jiklyor va purkagichlarning otkazuvchanlik holatini tekshirib turish zarur. Ularning otkazuvchanlik qobiliyati suvning harorati 19-21C, bosimi 1 metrli suv ustuni balandligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib otgan suvning miqdorini olchash orqali aniqlanadi. Natija aniq bolishi uchun sinov 3-4 marotaba takrorolanadi. Jiklyor va purkagichlarni tekshirishdan avval atseton yoki oliy navli benzin bilan iflosliklar (kir, yog doglari, smola quyqasi) dan tozalanadi.
ATK larda korbyuratorni tekshirish uchun NIIAT-489A moslamasi ishlatiladi. U korbyuratorni dvigatelda har qanday ishlashini aks ettira oladi. Sinash natijalariga kora ta'minot tizimining kerakli qismlari bolaklarga ajratilib, alohida tashxislash ishlari bajariladi.
Yonilgi otkazgich va yonilgi bakini tekshirish. Yonilgi otkazgich va filtrlarning holati tekshiriladi va ularning ornatilish jipsliklari, ya'ni zichlanishlari aniqlanadi va zarur bolsa tozalanadi. TXK davrida rezbali birikmalar maxkamlanadi. Bir yilda bir marta (MX davrida) yonilgi baki yuvilib, yonilgi otkazgichlar siqilgan havo bilan purkab turiladi. Yonilgi bakidan yonilgini kerakli miqdorda sorilishini ta'minlash uchun, qabul qilish naychasidagi filtr tozalanada va bakning qopqogidagi shamollatish teshigi nazorat qilinadi. Yonilgi nasosini tekshirish. Yonilgi nasosi TXK davrida nazorat qilinadi va unga xizmat korsatiladi yoki bu jarayon orta hisobda 5-10 ming km masofa yurilgandan keyin ham bajarilishi mumkin. Bu vaqtda uning ichki qismi va filtrlash tori tozalanadi, shuningdek nasos hosil qiladigan eng yuqori bosim va havoning siyraklanishi, klapanlar gemetikligi va ish unumi tekshiriladi. Yonilgi nasosi avtomobilning ozida yoki yechib olinib tekshirilishi mumkin.
Yonilgi nasosi avtomobilda tekshirilganda, u bilan karburator orasiga monometrli moslama ornatilib, dvigatel ishlayotgan holatda hosil bolgan bosim aniqlanadi. Yonilgi nasosi hosil qiladigan bosim 0.02-0.030 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 0.7-2 lminut va 30 sekund mobaynida bosimning pasayishi 0.008-0.010 MPa ni tashkil qilishi kerak. Tekshirish natijalariga kora nasos qismlarga ajratilib barcha detallarning holati tekshiriladi va tozalanadi hamda, diafragma ostidagi prujinaning yuk bilan va yuksiz holatdagi uzunligi aniqlanadi va meyoriy qiymatlari bilan taqqoslanadi.
Havo filtrini tekshirish. Havo filtrlari belgilangan oraliqlarda almashtirib turilishi zarur. Agarda filtrlovchi element kop marotaba ishlatishga moljallangan bolsa, u holda dvigateldan yechilib va uning idishdagi iflos moyi tokilib, detallarini kerosinli vannaga solinib va filtrlovchi elementning qobiqlari atseton bilan yuviladi, songra quritib, yigib, filtr korpusiga toza moy quyib, filtrlovchi element shu moy bilan namlanadi va oz joyiga ornatiladi. NEKSIYA VA ESPERO turidagi avtomobillarning
Do'stlaringiz bilan baham: |