Uchastka nomi
|
Ish hajmi, odam/soat
|
Ishchilar soni
|
Hisoblangan
|
Qabul qilingan
|
Toblash va temirchilik
|
5400
|
2,51
|
3
|
Ishchilar sonini qabul qilishda traktorlar parklariga, turli ustaxonalar uchun ishlab chiqarish ishchilariga, Injener texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ajratilgan shtatlar bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muofiq. ITX, xizmatchilar, kichik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va yordamchi xodimlar mos ravishda 8-10%, 2-3%, 2-4%, 8-10% miqdorda qabul qilinadi.
Uchastka uchun 3 ta ishchi qabul qilindi. Bu ishchilar uchun yuqoridagi foizlarda boshqa xodimlar tanlansa, 1 xodimdan to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun yaxlitlashlar qabul qilib uchastka uchun 1 ta usta va 1 ta yordamchi ishchi qabul qilamiz. Jami uchastkadagi shtat quyidagiga teng bo‘ladi.
2.4. Uchastkaning ishlab chiqarish maydonini aniqlash
Ta’mirlash korxonalarining maydoni ishlab chiqarish va yordamchi maydonlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish maydonlariga texnologik uskunalar (datgohlar, jihozlar, stendlar, verstaklar va boshqalar), transport uskunalari (konveyrlar, kranlar, ko‘targichlar va boshqalar), ta’mirlash obektlari (mashinalar, detallar, yig‘ia birikmalar va boshqalar) hamda yo‘laklar, yo‘llar, himoya zonalari egallagan maydonlar kiradi.
Ishlab chiqarish maydoni uskunalar egallagan maydonlar va ta’mirlash ob’ektlari egallagan maydonlarni hisobga olgan hoda quyidagi formula bilan aniqlanadi.
bu erda: -maydon ta’milash ustaxonasi tarkibi asosida qabul qilingan texnologik jixozlar egallagan maydonlar yig‘indisidan tarkib topadi. Mazkur uchastka uchun tanlangan jixozlar maydonlari 9-ilovadan olinadi. Ilovaga asosan bu jixozlar egallagan maydonlarning yig‘indisi 13,8 m2 ga teng.
-maydonni topish uchun ta’mirlanadigan mashinalar egallagan eng katta gabarit o‘lcham olinadi va bu uchastkada shu vaqtda turgan mashinalar soniga ko‘paytiriladi. Bitta QXM ning egallagan maydon qiymati 7-ilovadan olinadi. Ilovaga muofiq pluglar 5 m2 maydonni egallaydi, lekin bizning uchastkaga pluglarning lemexlari echib kiritilganligi uchun bu maydon hisobga olinmadi.
-yo‘laklar va ishchi zonalarni hisobga oluvchi koeffitsent bo‘lib ta’mirlash uchastkasi turidan kelib chiqib =3-9 oraliqda olinadi. 4-ilovaga muofiq temirchilik uchastkalari uchun bu qiymat =5 qilib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |