Ish joyi nomlanishi
|
Maydon, m2
|
f
|
Hisoblangan maydon, m2
|
Tanlangan maydon, F, m2
|
F1
|
F2
|
1
|
Toblash va temirchilik uchastkasi
|
13,8
|
0
|
5
|
69
|
72
|
MTP MTU lari uchun yordamchi maydonlarni hisoblashda quyidagi normativlarga asoslaniladi. YOrdamchi maydonlarga asbobsozlik, omborxonalar, maishiy xonalar, idoralar va boshqalarning maydonlari kiradi va ularning maydoni normativ texnik xujjatlar va inamunaviy loyihalar asosida qabul qilinadi. Asbobsozlik bo‘limining maydoni bir ishlab chiqarish ishchisiga 0,3-0,35 m2 maydon hisobidan qabul qilinadi. Omborxona maydoni remont korxonasining quvvatiga qarab, 16-28 m2 qabul qilinadi, maishiy xonalar uchun 40-50 m2, idora uchun 15-20 m2 maydon qabul qilinadi. Gazogenerator xonasi ishlab chiqarish binosidan tashqarida joylashtirilib, uning maydoni 8 m2 hisobida qabul qilinadi. Siqilgan gazlar ballonlarga solinib, ishlab chiqarish binosidan tashqarida xar bir gaz uchun alohida xonada saqlanadi.
Mazkur BMI da bitta ta’mirlash uchastkasi loyihalanganligi uchun yuqorida takidlangan qo‘shimcha binolarni hisoblanmaydi.
2.5. Lemexlarni toblash texnologik kartasi
Lemexlarni ta’mirlash ketma-ketligini ishlab chiqishda har bir lemexning vazifasi, turi va tuzilishidan kelib chiqib individual yondashiladi. Har bir lemex turi va ta’mirlash usuli uchun ta’mirlash tartibining ketma-ketligini qisman farq qiladi. Buni kam eyilgan trapetsiyasimon lemexni cho‘chib ta’mirlash misolida ko‘rib chiqamiz.
Bunday lemexlarni ta’mirlaganda orqasidagi zapas metall hisobiga cho‘ziladi. Pluglarning lemexlari L-65 markali uglerodli marten po‘latlaridan tayyorlangan bo‘ladi. Lemex enining zavod namunasiga nisbatan 30 mm kamayishi eyilishning chegarasi deb hisoblanadi. Mazkur lemexni ta’mirlash va nazorat qilish tartibini quyidagi jadvalda keltiramiz.
№
|
Operatsiyalarni mazmuni
|
Ish rejimi
|
Jihozlar
|
Vaqt,soat
|
Bajaruvchi
|
Razryad
|
1
|
Lemex temirchilik o’chog’I tig’ini pastga qaratib vertikal holatda joylanadi va enining toblanadigan qismi qizdiriladi
|
Lemexni 8100C gacha qizdirish
|
O’choq
|
|
Temirchi usta
|
3
|
2
|
Lemex o’choq alangasi ustida oldinga va ketinga siljitib tig’ tekis qizdiriladi
|
Tig’ini tekis qizishini ta’minlash
|
tutqich,himoya qo’lqobi va maxsus kiyim
|
3
|
3
|
Toblash vannasiga tik botiriladi
|
To’liq
botirilishini ta’minlash
|
Toblash vannasi, Tutqich,himoya qo’lqobi
|
3
|
4
|
Lemex vannada siljitib tez sovitiladi
|
Suvga tuz,soda ,ishqor qo’shish
|
Sovitish vannasi
|
3
|
5
|
Toblash natijasida ichki kuchlarni yo’qotish uchun lemex 200-3000C gacha qizdiriladi va havoda asta-sekin suvitib bo’shatiladi
|
Havoda sovitish
|
Maxsus stol
|
3
|
Lemexni qizdirganda temperaturani mumkin qadar o‘zgartirmaslik kerak. Lemex tig‘i cho‘zib olingandan keyin asosiy e’tibor lemexni yangi tig‘ini sifatli qilib toblashga qaratiladi. Lemexni tig‘i bor bo‘yicha 30-40 mm kenglikda toblanadi (2-yuza). Lemexni toblashda uning ishlangan qismi sirtidagi uglerodni kuyishdan saqlash lozim. Lemexni bir tekisda qizdirish uchun temirchilik o‘chog‘ining soplosiga nasadka o‘rnatib qizdiriladi. Lemex metalining uglerodi kuyib ketmasligi uchun uning qizdirilmaydigan qismiga ko‘mir sepiladi. Lemexni 920-960 gradusgacha, ya’ni rangi to‘q sariq bo‘lguncha qizdirish kerak. Qizdirilgan lemex issiq suv (30 gradus) to‘ldirilgan toblash vannasiga tushiriladi. Lemex vannada siljitib tez sovitiladi, chunki qancha tez sovitilsa yaxshi toblanadi.
Toblash natijasida hosil bo‘lgan ichki kuchlanishlarni yo‘qotish uchun lemex 200-330 gradusgacha qizdiriladi va havoda sekin-asta sovitilib bo‘shatiladi. Toblangan lemex maxsus qattiqlikni o‘lchash asbobi Rokvel pressida qattiqligi o‘lchanadi. Agar maxsus asbob bo‘lmasa egov bilan aniqlanadi. Bunda egov metalni yo‘nmasdan lemexning tig‘i ustida sirpanishi kerak.
Barcha jarayonlardan o‘tgan lemex oxirida sirt va shakl xatoliklarga tekshiriladi. Lemexning egilishi, orqa tomonining to‘g‘ri chiziqligi, teshiklarning to‘g‘ri joylashganligi va tig‘ faskasining o‘lchami meyoriy qiymatlardan oshmagan bo‘lishi kerak. Buning uchun uchastka nazorat qilish stoli va ish posti bilan jixozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |