14-modda Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Bitim asosida amalga oshiriladigan xalqaro avtomobil qatnovlari bilan bog‘liq tashkiliy, texnikaviy va tijorat masalalari Axdlashuvchi tomonlar davlatlarining vakolatli organlari o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama protokollar va shartnomalar bilan tartibga solinadi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda) 15-modda Ushbu Bitimning bajarilishidan kelib chiqadigan hisob-kitoblar va to‘lovlar Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasida tuzilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi bitimlar asosida amalga oshiriladi.
16-modda Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Bitim doirasida tashishlarni amalga oshirayotgan va yig‘imlarni to‘lamaslik huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega bo‘lgan bir Axdlashuvchi tomon davlatining avtotransport vositalari avtotransport vositasiga egalik qilish yoki undan foydalanish, boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining avtomobil yo‘llaridan foydalanish yoki ularni sakdash bilan bog‘liq yigim va to‘lovlardan o‘zaro ozod etiladi, quyidagilar bundan mustasno:
avtotransport vositasining vazni, gabaritlari va yuk ko‘tarish qobiliyati ushbu Ahdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligida belgilangan me’yorlardan oshib ketganligi uchun yig‘im va to‘lovlar;
pullik avtomobil yo‘llari, avtomagistrallar, ko‘priklar va tonnellardan foydalanganlik uchun yig‘im va to‘lovlar, basharti bunday yig‘im va to‘lovlar, shu jumladan, ushbu Ahdlashuvchi tomon davlatining avtotransport vositalaridan ham undirilishi lozim bo‘lsa.
2. Ushbu Bitimga asosan tashishlar amalga oshirilayotganda, quyidagilar boshqa Axdlashuvchi tomon davlatining hududiga vaqtincha olib kirishda bojxona to‘lov va yig‘imlaridan tegishli Axdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda ozod etiladi:
a) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan har bir avtotransport vositasi modeli uchun ko‘zda tutilgan, dvigatelning ta’minot tizimi bilan texnologik va konstruktiv bog‘liq bo‘lgan sig‘imlardagi yoqilg‘i, shuningdek, refrijeratorning sovutgich uskunalari ishlashi uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i;
b) tashish jarayonida avtotransport vositasini normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur miqdordagi moylash materiallari;
v) xalqaro tashishlarni bajarayotgan avtotransport vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan ehtiyot qismlar va asboblar.
3. Asboblar va foydalanilmagan ehtiyot qismlar qayta olib chiqib ketilishi lozim, almashtirilgan ehtiyot qismlar esa Ahdlashuvchi tomon davlatining hududidan olib chiqib ketilishi yoki yo‘q qiliiishi yohud tegishli Ahdlashuvchi tomon davlatining milliy qonunchiligida belgilangan tartibda topshirilishi lozim.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 13-sentabrdagi Bayonnoma tahririda)