Transport infratuzilmasi Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimidagi faoliyatining ilk kunlaridanoq Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida rivojlantirishning ahamiyati va dolzarbligini e’tiborga olgan holda, faol mintaqaviy siyosat yuritish, Markaziy Osiyoda qulay siyosiy muhit yaratish, mintaqadagi mamlakatlar bilan barcha yo‘nalishlarda, jumladan, O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tarmoqlaridan bo‘lgan transport sohasi bo‘yicha konstruktiv vao‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish kabi vazifalarni belgilab bergan edi.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish vatranzit yuk tashish hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mavzu: TRANSPORT OPERATSIYALARINING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI
Reja 1. Xalqaro huquq
2. Yuklarni tashish
3. Umumiy qoidalar
Xalqaro huquq — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar (subʼyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq obʼyekta oʻz mazmun moxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrogʻi, davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq normalarini yaratish va bajarilishini taʼminlash bilan shugʻullanadigan qonun chiqaruvchi organlar yoʻq. Xalqaro huquqning asosiy subʼyektlari davlatlar xisoblanadi. Ularning oʻzaro kelishuvi bilan vujudga keladigan Xalqaro huquq normalari davlatlarning kelishilgan irodasini ifoda etadi.Xalqaro huquqning oʻziga xos xususiyati ana shundadir.Turli xalkaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning hujjatlari Xalqaro huquqning normativ bazasi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2019-2021 yillar davrida ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni, shu jumladan, lizing asosida sotib olishni moliyalashtirish uchun har yili xorijiy moliyaviy institutlarning kamida 100 million AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli kredit resurslarini jalb etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
“JV MAN – Auto Uzbekistan” MCHJ QK va “MAN Truck and Bus AG” (Germaniya) kompaniyasi oʻrtasida:
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oʻtirgichli tyagach (shatak)larning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ular qiymatini optimallashtirish doirasida avtotransport vositalarini ishlab chiqarish uchun Germaniya tomonidan butlovchi buyumlar va uzellarga 10 foiz miqdorida chegirma berilishi;
ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 4 yildan ortiq muddat oʻtmagan, Yevropada ishlab chiqarilgan “MAN” rusumli katta yuk avtotransport vositalari markazlashtirilgan tartibda yetkazib berilishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlaqonli servis xizmati taʼminlanishi toʻgʻrisida ahdlashuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Oʻzavtosanoat” AJning “JV MAN – Auto Uzbekistan” MCHJ QK va “UzAuto Trailer” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar mahsulot qiymatiga inflyatsiya darajasi doirasida tuzatish kiritish imkoniyati bilan ikki yilgacha muddat bilan toʻlovni foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1957-yil 30-sentyabrda Jeneva shahrida imzolangan Yevropa xavfli yuklarni yoʻllarda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bitimga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha taklif kiritsin.
Moliya vazirligi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga milliy tashuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta polislarini “Yashil xarita” xalqaro tizimi boʻyicha sotib olish uchun shart-sharoitlarni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ikki oy muddatda Yevro-3, Yevro-4 va Yevro-5 standartlari dizel yoqilgʻisini import qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun tadbirkorlik subyektlarini va xorijiy kompaniyalarni ularning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda jalb etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalqaro avtomobilda yuk tashuvchi milliy tashuvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha harakatlanadigan tarkibni saqlash, texnik xizmat koʻrsatish va taʼminlash uchun moʻljallangan avtotransport korxonalarini joylashtirish va qurish uchun foydalanilmayotgan binolar va ishlab chiqarish maydonlarini, shuningdek, ekin ekiladigan yerlardan tashqari qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini belgilangan tartibda berishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Logistika markazlari va yoʻlboʻyi infratuzilmasi obyektlarining integratsiyalashtirilgan tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasi loyihalarini kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
ikki oy muddatda yuk tashishlarning potensial buyurtmachilarini tizimli xabardor qilish uchun umumtarqalgan elektron tizimlarda foydalaniladigan avtotransport vositalarining asosiy tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan milliy tashuvchilarning yagona reyestri shakllantirilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini;
oldin qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin