Avtomobil transporti davlat uchun iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Strategik ahamiyatga harbiy, favqulotdagi holatlarda, masalan, tabiiy ofatlarda paydo bo’ladigan masalalarni yechishga avtomobil transportini qodir ekanligi kiradi. Yuk va yo’lovchilarni tashish bilan moliya iqtisodning qon aylanish tizimi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi yuk tashishni ham rivojlanishini talab etadi.
Avtomobil transporti quyidagi o’ziga xos afzalliklari bilan ko’pgina masalalarni yecha oladi:
yuk jo’natuvchi omboridan yuk oluvchi omborigacha, o’rtada yuklarin ortib-tushurishsiz, belgilangan vaqtda yukni tashib berish;
yuk tashishni yuqori tezligi va u aylanma mablag’larga bo’lgan talabni kamayishi va sarmoyani aylanishini tezlashtirishi;
mijozlar xohishiga binoan kichik partiyali yuklarni tashish imkoniyati mavjudligi.
Avtomobil transporti – iqtisod va aholining yo’lovchi, bagaj va yuk, shu jumladan pochtani, avtomobilda tashish extiyojini qondiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olgan ishlab chiqarish-texnologik tarmoqdir.
Shahar yo’lovchi transporti deganda, O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tgan, yo’lovchi va bagajlarni shahar ichida tashishga mo’ljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi. Shahar transportiga avtobuslar, tramvaylar, troleybuslar, metropoliten, yo’nalishli va oddiy taksilar kiradi.
Avtotransportda tashish uchun aniq tarif miqdori Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlariga yuklangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlarining avtomobilda tashish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardir:
avtomobil transportini rivojlantirishning hududiy kompleks dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, viloyat xalq xo’jaligi va aholiga muntazam avtotransport xizmatini ko’rsatish uchun sharoit yaratish;
avtotransport xizmati bozorida raqobat holatini shakllantirish, barcha mulkchilik shaklidagi avtotashuvchilarning faoliyati uchun bir xil sharoit yaratish;
yo’lovchi tashish yo’nalishlarini belgilash va yo’lovchi avtomobil transportini shaharda, shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida) yo’nalishlarda harakatlanish grafigini tuzish;
hududdagi avtotransportda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish va ijtimoiy ahamiyatli tashishlar uchun tarif siyosatini amalga oshirish ustidan nazorat qilish.
Avtotashuvchilarning hududiy uyushmalariga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklangan:
avtomobil transporti sohasida bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, avtotransport korxonalarini aksionerlash va xususiylashtirish jarayonini rivojlantirish;
yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish madaniyatini va sifatini oshirish, avtotransport servisini kengaytirish;
zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, ta’mirlash bazasini rivojlantirish va yangilash, harakat tarkibidan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha investisiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
shahar, shaharlararo, viloyatlararo yuk va yo’lovchi tashishda avtotransport korxonalarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondirish darajasida rivojlangan avtomobil transportiga egadir. Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, suv xo’jaligi, aloqa, savdo, sog’liqni saqlash, kommunal xo’jaligi, madaniyat, mudoafaa va boshqa tarmoqlarda ixtisoslashtirilgan yirik avtotransport korxonalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |