Qishloq xo`jaligi mashinalari
3 - G ’ i l d i r a k l I 4 - G ’ i l d i r a k l i
« T T Z 1 0 0 H C » P a x t a « T T Z 1 0 0 H C » P a x t a
yetishtiruvchi mashinasi yetishtiruvchi mashinasi
(99 ot kuchi) (99 ot kuchi)
«PLUS100» « A R I O N 6 3 0 C »
Universal Yer haydovchi traktor Universal Yer haydovchi traktor
(95 ot «G38» kuchi) (110/150 ot kuchi)
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi tufayli barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligi ham jadal rivojlanmoqda. Tarmoqni texnik jihatdan modernizatsiya qilishga, fermer xo‘jaliklari uchun qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish an’anaga aylandi. Toshkent traktor zavodi (TTZ) o‘z mahsulotlari bilan ana shunday xalqaro ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalarida muntazam ishtirok etib kelayotir. Zavod qishloq xo‘jalik texnikasi vositalarini ishlab chiqarish va sotishda qator mamlakatlar bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni vaqtda Rossiya, Tojikiston va Ozarboyjonda zavodning savdo uylari faoliyat yuritmoqda. Korxonamizda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi oshib, ularning turlari tobora ko‘paymoqda, – deydi Toshkent traktor zavodi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Jamoliddin Isayev. – Ayni paytda, mahsulotlarning sifati ham doim nazoratda. Chunki mahsulot sifati qanchalik yuqori, narxi qanchalik arzon bo‘lsa, xaridori shuncha ko‘payadi. Mahsulotlarimiz o‘zining sifati va arzonligi bilan buyurtmachilarga ma’qul bo‘layotir. Hozir korxona muhandis-konstruktorlari yangi avlod traktorini yaratish ustida ish olib bormoqda. Uning texnik ko‘rsatkichlarini belgilashda zamonaviy traktorsozlikning eng so‘nggi yutuqlari hisobga olingan. Jumladan, u agregatlari sonining ko‘pligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Yangi traktorning osma tizimdagi yuk ko‘tarish quvvati 3000 kilogrammgacha yetkazilib, jahon standartlariga mos qulay va shinam kabina bilan jihozlandi. Ayni paytda korxona mutaxassislari tomonidan yaratilgan yana bir traktor sinovdan o‘tkazilmoqda. Yangi traktor bir yo‘la bir necha vazifani bajaradi: unga ekskavator asbob-uskunalari, kranli osma tizim, buldozer qismlari va tirkama ulash
mumkin. Bu esa iste’molchilar talabini yanada to‘laroq qondirish, mahsulot narxini arzonlashtirish imkonini beradi. Joriy yilning o‘tgan davrida zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy qiymati 39 milliard so‘mdan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan sezilarli darajada ko‘p demakdir. Xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida mahsulotlarning asosiy qismi ichki bozorda lizing asosida sotilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida ikki yuzdan ortiq TTZ- 80.10 va TTZ-80.11 traktori sotildi. Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda mamlakatimiz dalalarida ana shunday minglab texnikadan samarali foydalanilmoqda. Turkmaniston, Qozog‘iston, Ozarboyjon kabi davlatlarga qariyb to‘rt million AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilindi. Jumladan, “Turkmanpaxta” davlat konserni bilan umumiy qiymati 3,03 million AQSH dollariga teng mingdan ziyod traktor tirkamasi uchun shartnoma tuzilib, hozirgacha mahsulotning asosiy qismi buyurtmachiga yetkazib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |