7. Silindrda 90ml. yonilg’i yig’ilgandan so’ng 3-5 minut orasida xaydash tugallanishi kerak.
8. Хaydashni tugallanish xarorati deb, xaroratni maksimumga ko’tarilib so’ng pasayish payti olinadi. Shundan so’ng isitish to’xtatiladi va umumiy xaydalgan yonilg’i miqdori o’lchanadi.
9. Хaydash tugallangandan keyin bir oz vaqt o’tgach kolba sovugandan so’ng asbob yig’ishtiriladi, yonilg’ining kolbada qolgan qismi kichikroq o’lchash asbobida o’lchanadi va qoldiq sifatida yozib qo’yiladi.
10. Yonilg’ining xaydalgan qismi va qoldiq miqdori birgalikda umumiy xajmi (100 ml.) dan ayirib tashlansa yonilg’ining xaydash vaqtida yo’qolgan qismi topiladi.
Olingan natijalarni jadvalga kiritiladi.
Dizel yonilgisining haydalish foizi, % .
|
Harorat, °С
|
h.b.
|
|
10
|
|
20
|
|
30
|
|
40
|
|
50
|
|
60
|
|
70
|
|
80
|
|
90
|
|
97,5
|
|
h.o.
|
|
Olingan natijalar bo’yicha хulosa yoziladi.
Olingan natijalarni egri chiziq bo’yicha xolati ko’rsatiladi. Olingan ko’rsatkichlarini GOST talablari bilan solishtiriladi va tekshirilgan dizel yonilgisi namunasini qanday sharoitlarda ishlatish mumkinligi ko’rsatiladi.
Dizel yonilg’isining setan sonini aniqlash
Dizel yonilg’isining setan soni quyidagi formula orqali xisoblash mumkin:
S.C. = (20 + 17,8) * (1,5879 ρ20 )
bu yerda: 20 - yonilg’ining 200 C xaroratdagi qovushqoqligi.
=c (3)
ρ20 - yonilg’ining 200 C xaroratdagi zichligi.
(1)
Olingan natija bo’yicha xulosa beriladi.
LABORATORIYA ISHI № 5.
DIZEL YONILG’ISINING PAST HARORATDAGI XOSSALARINI
ANIQLASH.
5.1. Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad:
Dizel yonilg’isining fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash.
Dizel yonilg’isining markalari to’g’risidagi bilimni mustaxkamlash va GOST bilan tanishish
Yonilg’ining sifatini baxolash va ishlatish sharoitini aniqlash.
5.2.Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jixozlar:
1) Silindrlar va probirkalar;
2) Termometr;
3 ) Sovitish Asbobi.
Topshiriq:Berilgan dizel yonilg’isini namunasini tekshirib uning markasini va turini aniqlash, olingan ko’rsatkichlarini GOST talablari bilan solishtirish va tekshirilgan dizel yonilgisi namunasini qanday sharoitlarda ishlatish mumkinligini ko’rsatish.
Laboratoriyadagi bor standart dizel yonilg’i namunalari bilan tanishish va tekshirilayotgan yonilg’i namunasini tashqi ko’rinishi bo’yicha solishtirib markasini aniqlash.
Yilning sovuq vaqtida dvigatellarini ishlatishda yonilg‘ining qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta rol o‘ynaydi. Bu xossalari xiralashish va qotish haroratlari bilan baholanadi. Yonilg’i tarkibida kristallarning oddiy koz bilan ko’rish mumkin bo’lgan temperatura uning kristallanish yoki xiralashish harorati deb ataladi, ya’ni yonilg‘ining faza bo‘yicha bir jinsliligi yo‘qoladigan haroratga aytiladi.
Yonilg’ining qotish harorati deb, uning oquvchanligi yo’qolgan haroratga aytiladi. Bu haroratda yonilg’ini butunlay ishlatib bo’lmaydi. Bir idishdan ikkinchi idishga ham quyib bo’lmaydi. Хiralanish va qotish haroratlari orasida farq katta bo’lmasligi kerak, ya’ni 4-60C dan oshmasligi shart. Xiralashish va qotish haroratlarini maxsus asbobda aniqlanadi (3.3- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |