Transmilliy korparatsiyalarning xalqaro reytingi
Reja :
Kirish
Asosiy qism.
Transmilliy korparatsiyalar faoliyatining asosiy va rivojlanish bosqichlari
Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot
uchun afzalliklari
Хalqaro korporatsiyalarning mohiyati, tuzilmasi va ko’rinishlari
Jahon хo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli.
TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli
Xulosa
Kirish
Jahon iqtisodiyotiga tobora faol integratsiyalashib borayotgan bir kezda jahondagi transmilliy korporatsiyalar toʼgʼrisidagi bilim va tajribaning yanada chuqurlashuviga hamda ushbu kompaniyalarning jahonda sodir bulayotgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz davrida o’z rivojlanish stradegiyalarini qanday tashkil etayotganliklari juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi tezkor globallashuv sharoitida jahon mamlakatlari iqtisodiyotida juda koʼp oʼzgarishlar kuzatilmoqda. Ko’plab trasmilliy korporatsiyalarning katta qismini oʼziga qamrab olayotgan moliyaviy – iqtisodiy inqiroz sharoitida yuz berayotgan oʼzgarishlar, ushbu kompaniyalarning bunday oʼzgarishlarga qarshi ishlab chiqayotgan va tadbiq etayotgan chora-tadbirlari, koʼplab iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlari oʼzaro uygʼunlashgan mamlakatlar oʼrtasida shakllanayotgan iqtisodiy ittifoqlar, bunday ittifoqlar doirasida amalga oshirilayotgan davlatlararo dasturlar va boshqa shu kabi koʼplab yangiliklarni toʼgʼri tahlil qila olish har bir zamonaviy mutaxassis oldiga qoʼyilayotgan muhim talablardan biridir.
Mavzuning dolzarbligi. Mazkur kurs ishi globallashuv sharoitida jahon mamlakatlaridagi transmilliy korporatsiyalarning rivojlanish tendentsiyalari, xalkaro mexnat bozorlari va inson resurslari rivojlanishining xalqaro standartlari, jahon mamlakatlari xalkaro mexnat bozorlarini tartibga solish tizimlari kabi nazariy bilimlar buyicha talabalarda tushuncha va koʼnikmalarni hosil qilishga yoʼnaltirilgan.
Transmilliy korporatsiyalar u yoki bu davlatning xalkaro iktisodiy alokalar tizimidagi takdirini aniklovchi omilga aylanishmokda. Transmilliy korporatsiyaning faol ishlab chikarish, investitsion, savdo faoliyati tufayli ular ishlab chiqarish va maxsulotlarni taksimlashning xalqaro tartibga soluvchisiga aylanishmoqda va xatto BMT ekspertlarining fikricha jaxonda iqtisodiy integratsiyasiga sharoit yaratishmoqda.
Transmilliy korporatsiyalarning jaxon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat kursatayotgan davlatlar iqtisodiyotiga negativ taʼsirini xam aytib o’tish lozim. Mutaxassislar kuyidagilarni alohida kursatadilar:
-TMK faoliyat kursatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga halaqit berish;
-davlat qonunlarini buzish;
-monopol narxlar o’rnatish, rivojlanayotgan davlatlarning xuquqini cheklovchi shartlarga majburlash.
Umuman, transmilliy korporatsiyalar- xo’jaliklararo aloqalarning doimiy eʼtibor, o’rganish va xalqaro nazorat talab kiluvchi yetarli darajada murakkab va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan fenomenidir.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida biz rossiyalik sanoatchilar bilan kelishuvga erishdik. Hozirgi kunda korxonada 80 nafarga yaqin ishchi- xodim buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida astoyidil mehnat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |