O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:
Telekommunikatsiya ta’lim yo‘nalishi
413-19_guruh
Mirkomolov Ibrohim
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: k.o’qituvchi. F.M.Qodirov
Toshkent 2022
Transformatorsiz kirishli IETMning tuzilish sxemasi.
Transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbalari yaxshi ko‘rsatkichlaga ega. Ularda tarmoq kuchlanishi dastlab kirish to‘g‘rilagichida to‘g‘rilanadi, keyin to‘g‘rilangan kuchlanishning pulsatsiyasi sig‘im filtr orqali silliqlanadi, undan keyin o‘zgarmas kuchlanish invertorda yuqori chastotali to‘g‘ri burchakli shakldagi o‘zgaruvchan kuchlanishga o‘zgartiriladi. Bu kuchlanish kuch transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga talab qilinadigan qiymatga transformatsiyalanadi, yana to‘g‘rilanadi, silliqlanadi va yuklamaga uzatiladi. Transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbalarining tuzilish sxemalari 6.14- va 6.15-rasmlarda keltirilgan. Bunday sxemalarda elektr ta’minoti manbai chiqish zanjirini kirish ta’minot tarmog‘idan ajratish invertor transformatori orqali amalga oshiriladi.
Chiqish kuchlanishini stabillash invertorda kenglik-impulsli modulyasiya uslubi bilan, shuningdek, invertordan oldin yoki undan keyin stabilizator qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Yarim ko‘priksimon rostlanadigan invertor asosidagi transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbaining prinsipial sxemasi 6.16-rasmda keltirilgan. Tarmoq kuchlanishi bevosita ko‘priksimon to‘g‘rilagichga beriladi va uning chiqishidagi o‘zgarmas kuchlanish invertorga beriladi. Invertorning tranzistorlari kenglik impulsli modulyasiyalangan signal ta’sirida navbatmanavbat ochiladi. Invertor chiqishida oshirilgan chastotali (20 kHz atrofida) ikki qutbli kenglik-impulsli modulyasiyalangan kuchlanish olinadi. Keyin bu kuchlanish to‘g‘rilanadi va LCfiltr yordamida silliqlanadi.
Kichik hajmli elektr ta’minoti manbalarini qurish uchun kuch tranzistorlari yuqori voltli bo‘lishi (𝑈ா ௫.௨௫ > 350 … 400 V), 𝐼 = 5 … 10 A kollektor toklarini o‘tkazishi, kichik 𝑈ா ௧ᇱ௬ = 1 … 2 V to‘yinish kuchlanishlariga ega bo‘lishi, invertorning 50…100 kGs va undan yuqori chastotalarda ishlay olishini ta’minlashi kerak. To‘g‘rilash diodlari yuqori chastotali (𝑓 > 50 … 100 kHz) va kichik vaqtli qayta ulanishga ega bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar royxati:
1. Electrochemical power sources: batteries, fuel cells, and supercapacitors / Vladimir S. Bagotsky, Alexander M. Skundin, Yurij VM. Volfkovich. ISBN 978-1-118-94251-2 (pdf) Copyright © 2015 by John Wiley & Sons. USA. p403.
2. “Batteries in a Portable World - A Handbook on Rechargeable Batteries for Non-Engineers” Isidor Buchmann. Cadex Electronics Inc.; 4th edition (2016). ISBN-10: 0968211844, ISBN-13: 978-0968211847.
3. ENERGY MANAGEMENT AND EFFICIENCY FOR THE PROCESS INDUSTRIES. Edited by Alan P. Rossiter, Beth P. Jones.Copyright 2015 by the American Institute of Chemical Engineers, Inc. Published by John Wiley & Sons, Inc., Hoboken, New Jersey. ISBN: 978-1-118-83825-9.
4. Сапаев М., Алиев У., Қодиров Ф. Алоқа қурилмаларининг электр таъминоти. Ўқув қўлланма. – Т.: “Фан ва технология”, 2011й. – 248 б.
5. Махкамджанов Б.М., Алиев У.Т., Сапаев М.С., Худайберганов Ш.К. Алоқа қурилмаларининг электр таъминоти. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ТАТУ, 2008 й. – 136 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |