- moyning sathining pasayib ketishida. Rele himoyasi qurilmasi
maxsus panellarda o‘rnatilib, boshqarish shchiti xonasiga joylashtiriladi.
Transformatorlarni shikastlardan himoya qilish uchun ularning quvvatlari
va qurilma xarakteriga ko‘ra quyidagi himoya turlari qo‘llaniladi:
- differensial himoya - kuchli transformatorlarning ichki
shikastlanishlaridan asosiy himoyasi bo‘lib, ikki koplekt tok
trnsformatorlari bilan chegaralangan ichki zonadagi qisqa
tutashuvlarda
ishlab ketadi (ishlash prinsipi toklar miqdori va yo‘nalishlarini
taqqoslashga asoslangan);
- vaqt bo‘yicha kutmasdan tokni uzish - kichik quvvatli
transformatorlarda o‘rnatiladi va ichki shikastnanishlarda eng sodda va
tezkor himoya hisoblanadi;
- tashqi qisqa tutashuvlarda o‘ta katta toklardan himoya (maksimal
tok himoyasi shu turdagi eng oddiy himoya hisoblanadi);
- o‘ta yuklanishdan himoya - signal kelishi bilan ta’sir etadi va tok
relesi va vaqt relesidan iborat.
Moyli transformatorlar va rostlash qurilmalarining bir qator ichki
shikastlariga sezgirligi va tuzilishining soddaligi bilan
farqlanuvchi gaz
relesi va qayta ulash qurilmasi keng qo‘llaniladi. Transformatorlar ichki
shikastlanishlari,
aksariyat,
moyning
va
boshqa
izolyasion
materiallarning
parchalanishida
ajralib
chiquvchi
gaz
bilan
xarakterlanadi. Gazlar transformator qopqog‘iga ko‘tarilib, bak va
kengaytirgichni bog‘lab turuvchi moy o‘tkazgichga joylashtirilgan gaz
relesi orqali kengaytirgichga tushadi. Transformatorlar quvvatiga qarab,
ularga o‘rnatiladi-gan relelarning bir necha turlari mavjud.
BF80/Q turdagi gaz relesi konstruksiyasini (5.3-rasm) ko‘rib
chiqamiz. YUqori qismida gaz pufakchalari yig‘iladigan rele asosi,
korpus
1
hisoblanadi. Korpus gaz borligini
va uni taxminiy hajmini
ko‘rsatib turadigan ikkita ko‘rish shisha oynalari bilan ta’minlangan.
Korpus qopqog‘ida gazlarni chiqarib yuboradigan kran, tegida - moy va
quyqalar chiqarib yuboriladigan burama po‘kak bilan yopilgan teshik
mavjud. Korpus ichkari qopqog‘ida, doyimiy magnitlar bilan bog‘langan
va bu magnitlarni germetik kontaktlar boshqaradigan, uchta
ta’sirlanadigan
2, 3, 4
elementlardan tuzilgan releni o‘yilgan
qismi
mahkamlangan. Gerkonlar zanjiri rele chiqishi va maxsus kabel
yordamida transformator gaz himoyasi rele sxemasiga ulangan. Ta’sir
elementlari - sharsimon ichi kavak plastmassa po‘kaklar
2
va
4
- erkin
aylanadigan gorizantal
5
o‘qqa ekssentrik kiydirilgan. Uchinchi ta’sir
element
3
parrak shakliga ega bo‘lib, gorizantal o‘qda erkin aylanadi va
pastki po‘kak yonida joylashgan.
Gaz kam (sekin) ajralib chiqishida (katta bo‘lmagan shikastlanish),
rele 6 ichidan moy asta-sekin siqib chiqarila boshlaydi. Gaz hajmi ma’lum
miqdorga (250÷300 sm
3
) etgach, yuqori po‘kak pastga tushadi va u bilan
bog‘liq bo‘lgan magnit to‘g‘ri keladigan gerkonni tutashtiradi. Reledan
moyning butkul chiqib ketishi bilan, shu tarzda pastki po‘kak ishlab ketadi
(masalan, bakdan sezilarli darajada moy oqishi). Gazlarni jo‘shqin
chiqishi bilan sodir bo‘ladigan shikastlanish sezilarli darajada bo‘lsa, moy
bosimi ostidagi (strelka bilan ko‘rsatilgan)
yoki gaz moy aralashmasi
bosimidagi parrak ma’lum burchakka buriladi, ostki po‘kakka ya’ni o‘sha
kontaktga ta’sir qiladi.
SHunday qilib, gaz relesi transformator shikastlanish darajasini
ajrata oladi: ustki po‘kak gerkoni signal datchigi sifatida, ostki po‘kak
gerkoni - o‘chirishga buyruq berish uchun ishlatiladi.
Gaz himoyasi ishlab ketishining sabablari va shikastlanish harakteri
haqida, releda yig‘ilgan gaz, uning miqdori,
rangi va kimyoviy tarkibi
tadqiqotiga asosan fikr yurgizish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: