Transformatorlarni ishlatish


 Operativ xizmat ko‘rsatish



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana14.12.2022
Hajmi0,74 Mb.
#885451
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Transformatorlarni ishlatish

5.4. Operativ xizmat ko‘rsatish 
 
Ishlash rejimining nazorati
. Transformatorning ishlash rejimini 
vaqti-vaqti bilan (periodicheski) nazorat qilish yuklanish, kuchlanish va 


moy haroratini o‘lchov asboblari yordamida tekshirish orqali amalga 
oshiriladi. O‘lchangan kattaliklar natijalari kunlik qaydnomada belgilab 
boriladi: elektr stansiyalari va nimstansiyalarida doyimiy navbatchi 
xodim tomonidan 1÷2 soat ichida bir marta o‘lchovlar olib boriladi;
nimstansiyalarda doyimiy navbatchi xodim bo‘lmasa - operativ xodimlar 
ob’ektni har bir ko‘rishga kelishganida va teleo‘lchov (masofadan 
o‘lchov) uslubida o‘lchovlar olib boriladi. YUklanish ortishi sodir 
bo‘lganda nazorat tez-tez amalga oshiriladi. 
Doyimiy navbatchi personal bo‘lmagan, hamda teleo‘lchov usku-
nalari bilan ta’minlanmagan gidroelektrostansiyalar va nimstan-siyalarda 
qo‘shimcha, kamida bir yilda ikki martadan (aksariyat, qishda va yozda) 
transformator ishchi rejimlari yuklanishlari mavsumiy o‘zgarishlarini 
aniqlashtirish, uchun soatbay yozuvlari amalga oshiriladi. Bundan 
tashqari, yuklanish ortishi uzluksiz avtomatik ravishda nazorat qilinadi.
Transformator 
holatini vizual ko‘zdan kechirish
. Transfor-
matorlarning nosozligi rivojlanishi o‘z vaqtida aniqlanmasa, u holda 
avariya holatiga olib kelishi muqarrar. Uning oldini olish maqsadida, 
barcha transformatorlarning vaqti-vaqti bilan tashqi ko‘rigi (tarmoqdan 
uzmagan holatda) o‘tqizishadi.
Doimiy operativ navbatchi personali bo‘lganda elektr stansi yalar va 
nimstansiyalarning asosiy transformatorlari, hamda nimstansiyalardagi 
o‘zlarining xos energiya zaruratlari uchun ishlatiladigan transformatorlari 
va 
ishlab 
chiqarish 
korxonasi 
ifloslangan 
xududlaridagi 
transformatorlarning rejali ko‘rigi, har kuni bir martadan va doyimiy 
navbatchi xodim bo‘lmaganda - bir oyda bir marta rejali ko‘rigi 
o‘tkaziladi. Boshqa transformatorlar, doyimiy navbatchi xodimi bo‘lsa bir 
xaftada bir martadan, doyimiy navbatchi xodimi bo‘lmasa – bir oyda bir 
marta, transformator punktlarida - olti oyda bir marta ko‘rigi o‘tqiziladi.
Rejali vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan ko‘rikda quyidagilar 
tekshiriladi: transformator tashqi izolyasiyasi holati – kirish ulamalari, 
ularga o‘rnatilgan razryadniklar va tayanch izolyatorlari (farforlarning 
butunligi, yoriqlarning mavjudligi, yuzalarni ifloslanish darajasi) 
tekshiriladi. Bundan tashqari, saqlovchi trubasi membranasi butunligi, 
flanets ulanishlarni zichligi va moy oqishi yo‘qligi tekshiriladi. Ko‘rik 
davrida ko‘zga tashlanadigan kontakt ulanishlar holati nazorat qilinadi.
Transformator baki va kengaytirgichdagi moy satxining moy 
ko‘rsatkich va moy o‘lchagich shishalari orqali aniqlanadi, hamda 
moyning rangiga (moy rangining to‘qligi, yuqori qizish natijasida termik 
parchalanishidan darak beradi) e’tibor qaratiladi. Kuzatish oynalari orqali 


transformator baki va kirishidagi havo sovitkichning indikatorli silikageli 
kuzatiladi. Silikagelni havo rangidan pushti rangga o‘zgarishi sorbentni 
nam tortganidan darak beradi va havo sovitkichning zaryadini oshirish 
kerakligini ko‘rsatadi.
Transformator holatini undan chiqayotgan shovqin (ventilyatorlarni 
to‘xtatib eshitish kerak) harakterlab beradi. Bak razryadi bilan bog‘liq 
(aktiv qismni zaminlantirishning uzilishi) chirsillash yoki tiqillashlar, shu 
bilan birga, shovqin darajasi va tovushini davriy o‘zgarishi nosozliklardan 
darak beradi.
Transformatorni kunning yorug‘ paytida yoki yoritkichlar ulangan 
vaqtda ko‘rikdan o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorong‘ulikda nur 
sochish manbai bo‘ladigan defektlarni ko‘rsatish mumkin: kontakt 
ulanishlarning qizishi, tashqi izolyasiya yuzasidagi razryadlar turlari v.b. 
Tashqarida o‘rnatilgan transformatorlarni ekstremal sharoitlarda 
navbatsiz ko‘rikdan o‘tkazish zarur: muhit havo haroratining birdaniga 
tushib ketishi, bo‘ron, kuchli qor yog‘ishida, er muzlaganda. Bunda moy 
satxi, kirish izolyatorlari holati va sovitish tizimi tekshiriladi.
Navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish chulg‘amlarda qisqa 
tutashuv (q.t.) sodir bo‘lgandan so‘ng, hamda gaz relesi signali berilishi 
bilan ham o‘tkiziladi. Birinchi holatda q.t. toki o‘tgan o‘tkazgich zanjirlari 
holati, dinamik yuklanish ta’sirini o‘tkazgan izolyatorlar, ikkinchisida - 
gaz relesi va uning zanjiri tekshiriladi. Zaruriat bo‘lganda, holati shubhali 
bo‘lgan element puxta o‘rganilishi kerak bo‘lganda yoki tekshirilayotgan 
ob’ektning kuchlanishini uzmasdan ko‘rik o‘tkazib bo‘lmaydigan 
transforma-torlarni o‘chirib, navbatdan tashqari ko‘rik o‘tkaziladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish