8.Bozor tizimi va infratuzilmasi-moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning muhim sharti.Bozor strukturasida uning subyekti bo'yicha alohida tovar ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, vositachilar va shu kishilardan tuzilgan jamoalar, ishlab chiqarish, savdo, vositachi korxonalar, turli xil assotsiatsiya va kompaniyalar, monopolistik uyushmalar, hududiy korparatsiyalarni tashkil etuvchi jamoalar ajratiladi. Bozor sturukturasi uning harakat qilish va boshqarilish mexanizmini belgilaydi.Bozorga xizmat qiluvchi barcha tashkilot va korxonalar bozor infratuzulmasi deyiladi. Xuddi shu infratuzilmada bozorni boshqaruvchi asosiy dastaklar to'plangan. Bozor qancha ko‘p rivojlangan bo‘lsa, uning infratuzulmasi ham shuncha ko'p takomillashgan va rivojlangan bo'ladi. Infratuzilmaning o'zi yangi bozor munosabatlarini shakllantiradi. Infratuzilmaning tarkibi nihoyatda xilma-xil. O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 344-raqamli « O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini qo’llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat dasturi»ning tasdiqlanishi bilan bozor infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bitta qo'mita bo'limiga birlashtirildi. Bu bo'lim «Kichik biznes va tadbirkorlik infratuzilmasini yaratish» deb yuritiladi.Infratuzilmaga tovar biijalari, savdo uylari, fond birjalari,auditor firmaiari, mehnat biijasi, kadrlarni tayyorlash markazi, auksionlar,yarmarkalar,davlat soliq nazorati, tijorat banklari, tadbirkorlikni kuchaytirish bo'yicha davlat fondi, xayriya fondi va boshqalarni kiritish mumkin. Ular nihoyatda xilma-xil va juda ko'pdir.Lekin O'zbekistonda amal qilib turgan infrastruktura sohalarini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, ularning yangi xillarini yaratish zarur. Chunki ular kichik va xususiy korxonalarning rivojlanishini rag'batlantirib, ularga xizmat qiladi. Shuning uchun Respublikada infratuzilmalarni rivojlantirish sohalari, yo'nalishlari belgilangan. Hozirda O'zbekiston xalq xo'jaligida band bo'lgan ishchi-xizmatchilarning salkam 24 foizi sanoatga, 42 foizidan ko'pi esa qishloq xo'jaligiga to 'g 'ri keladi. O'zbekiston infratuzilmasida band bo'lgan kishilar soni Amerikaga nisbatan 3 marta kam. Infratuzilma talabni qondirishga xizmat qiladi. Agar xaridor talabi cheklangan bo'lsa, infratuzilmaning har bir aniq sohasi, bo'g'ini bozor qonunlarining ta’sirida raqobatni kuchaytiradi, rivojlantiradi. Tovar bahosini asossiz oshirish esa xaridorni qoniqtirmaydi. Sabab, xaridor daromadi cheklangan.Rivojlangan infratuzilma sharoitida esa bu o'z mahsulotini ko'proq va tezroq sotish tug'risida kuyib-pishib turgan sotuvchilar yoki ishlab chiqaruvchilar orasidan eng yaxshisini tanlab olish im koniyatini beradi, bu esa raqobatchilardan o'zib ketish, demakdir. Agar raqobatchi o'z mahsulotini sotib ulgursa, boshqa ishlab chiqaruvchining xuddi shunday mahsuloti sotilmay qoldi, degan so'z. Infratuzilmaning maqsadlari:1. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish. 2. Ishlab chiqariladigan mahsulotga buyurtmani bozor talabi asosida oshirish yoki kamaytirish. Natijada har oyda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi boshqarib boriladi. 3. Iste’molga chiqariladigan tovar, mulk va texnikaning korxonalarning ijtimoiy zaruriy bahosi belgilanadi.4. Tovar xomashyo birjasida fyucher bitimlarining amal qilishi tufayli kelasi davrdagi (bir yil va undan keyingi davrga) mahsulot bahosi narxlanadi.5. Tadbirkorlar o ‘zlari ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi bo'yicha ishlab chiqarish dasturini tuzib borish.6. Infratuzilma tovarlar va xizmatlarning bozor marketingi asosida infratuzilma buyurtmachi vazifasini boshqaradi va barcha iste’molchilar nomidan harakat qiladi. Shunday yo‘l bilan infratuzilma ishlab chiqarishni boshqarishga, tartibga solishga yordam beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishga bozorlar tizimi xizmat qiladi. Bular: tovarlar va xizmat ko'rsatish bozori, ishchi kuchi bozori, ssuda kapitali bozori. Hozirda kapitalning aksionerlik shakllari rivojlanishi bilan qimmatbaho qog'ozlar bozori tashkil etilmoqda. Ular sanoat kapitalini harakatga keltiradi. Bozor kapitalining harakat qilish mexanizmiga markazdan ajratiladigan kapital mablag'lari; o'z-o'zini moliyalashtirish; bankdan olinadigan ssuda; aksionerlik jamiyatlari orqali pul mablag'larini jalb qilish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |