Traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik



Download 10,53 Mb.
bet38/47
Sana22.11.2022
Hajmi10,53 Mb.
#870158
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Tashxis qo‘yish. Texnikaviy tashxisning maqsadi - mashina traktor agregatlarini bo‘laklarga ajratmasdan turib uning texnik holati va nosozliklari sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarflari yordamida aniqlashdir, unga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash bo‘yicha tavsiyanomalar berishdir.
Texnik tashxisning vazifalari - qishloq xo’jaligi texnikalarining ishonchlilik va chidamliligini yuqori darajada saqlab, texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash uchun ehtiyot qismlar va ekspluatatsion materiallr sarfini kamaytirishdir. Pirovard natijada tashxis qishloq xo’jaligi texnikalarining samaradorligini oshirishga, ya’ni ularning unumdorligini oshirib, bajaradigan ishi tan-narxini kamaytirishga qaratilgan.
Foydalanish jarayonida sodir bo‘ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish qishloq xo’jaligi texnikalarining ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turishning asosiy shartlaridan biridir.
Texnik holat tashxisi deb, har xil texnik holatlarning yuzaga kelishini nosozliklarni aniqlashning usul va vositalarini o‘rganadigan, ob’ektni bo‘laklarga ajratmasdan uning istiqboldagi ish resursini aniqlaydigan bilimlar tarmog‘iga aytiladi.
Tashxis qo‘yish deb, agregat va mexanizmlarning texnik holatini bo‘laklarga bo‘lmasdan aniqlash texnologik jarayoni va kerakli texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash ishlarini o‘tkazish zarurligi bo‘yicha xulosa chiqarishga aytiladi.
Tashxis quyish mexanizmning texnik holati to‘g‘risida axborot beruvchi tashqi belgilar bo‘yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bo‘lmagan buzilishlari va ularni bartaraf etish uchun kerakli ta’mir ishlarini aniqlash imkoniyati hamda mexanizmning soz ishlash resursi va profilaktika ishlarining zarurligi begilanadi.
Mashina traktor agregatlari tashxisi korxonada texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash jarayonlarining bir qismi hisoblanadi.
Nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda o‘z vaqtida profilaktika ishlarini o‘tkazish eyilish jarayonlari jadalligini pasaytirish, buzilmasdan ishlash ehtimolligini oshirish va ta’mir ishlarini iloji boricha kamaytirish imkonini beradi.
SHunday qilib, tashxis mashina traktor agregatlarining buzilmasdan ishlashlik va samaradorlik xususiyatlarini miqdor jixatidan baholash va bu xususiyatlarni qoldiq resurs yoki berilgan moto-apst chegaralarida oldindan aytib berish imkonini yaratadi.
Tashxisning keyingi rivojlanishi mashina traktor agregatlari konstruksiyalarining takomillashishiga, tashxis tizimlarining avtomatlashtirish darajasiga va ularning ixtisoslashuviga bog‘liq. Bu tadbirlar texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash texnologik jarayonlari boshqaruv sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi [34, 35, 36].
Mashina traktor agregatlari tashxisi rivojlanishining asosiy masalalarini echish tashxis qo‘yish usullarini, vositalarini, me’yoriy ko‘rsatkichlarini va algoritmlarini ishlab chiqish, tashxis qo‘llanishining optimal texnologik va tashkiliy prinsiplarini qabul qilish, tashxis jarayonlarini takomillashtirish maqsadida statistik materiallar to‘plash va tashxisning iqtisodiy samaradorligini oshirishga bog‘liq.
Tashxisning rivojlanishi nosozliklarni aniqlash va tashxis qo‘yish ishlarini keng avtomatlashtirish imkonini beradi.
Tashxisning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: joriy ta’mirlash sarflari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarflari 10...12% ga, yonilg‘i sarfi 2... 5% ga kamayadi; fgregatlar ish unumining ortishi 3...5% ga ko‘payadi.
Tashxis jarayonlari quyidagi operatsiyalardan tashkil topgan:

  1. ob’ektning xozirgi laxzadagi texnik holatini aniqlash (tashxis qo‘yish);

  2. ob’ektning kelgusidagi texnik holatini aniqlash (oldindan bashorat berish);

v) ob’ektning o‘tgan zamondagi texnik holatini aniqlash (o‘tmishga nazar tashlash - retrospeksiya yoki genetika).

  1. §. Qishloq xo’jalik texnikalarini yaratish va foydalanish bosqichlarida tashxisni ta’minlash

Qishloq xo’jalik texnikalari loyihalayotganda texnik topshiriqni ishlab chiqish bosqichida quyidagilar belgilanadi:

  • foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, tashxis turlari, davriyligi va mehnat hajmi;

  • tashxisning qoidalari va ketma-ketligi;

  • tashxis parametrlarining ro‘yxati va texnikaning texnik holatini bildiradigan, nuqsonlar qidirishni ta’minlaydigan sifat belgilari;

  • strukturaviy diagnostik parametrlarning nominal, yo‘l qo‘yiladigan va chegaraviy miqdorlari va parametr qiymatlarining ish (dala) sharoitiga bog‘liqligi;

  • parametr o‘lchamlarining aniqligiga qo‘yiladigan talablar;

  • tashxis vositalari ro‘yxati va mashina traktor agregati, uning tarkibiy qismlarining tashxis o‘tkazilayotgandagi ish rejimlari;

  • mashina traktor agregatining nazoratga yaroqlilik ko‘rsatkichlariga

  • quyiladigan talablar;

  • tashxis qo‘yish vaqtida mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasiga qo‘yiladigan talablar.

Foydalanuvchi mashina traktor agregatiini ishlatishdan oldin, foydalanish jarayonida texnikaviy shartlar va texnik xizmat ko’rsatish va tamirlashni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga asosan tashxisni tashkil qiladi va o‘tkazadi.
Har bir tashxis qo‘yish natijalari tashxis harita va jamg‘arma haritasiga yoziladi.
Tashxis qo‘yish natijalari asosida mashina traktor agregatiini kelgusida ishlatish yoki ta’mirlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Mashina traktor agregatidan foydalanuvchi texnik xizmat ko’rsatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga binoan quyidagilarni ishlab chiqadi:

  • texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash larni bajarayotganda tashxisni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tipik texnologik jarayon haritasini;

  • tashxis qo‘yish haritasini;

  • jamg‘arma haritani;

  • tashxis, jamg‘arma ma’lumotlari va axborotga ishlov berish bo‘yicha hisob-kitob xujjatlari majmuini.

Tashxis qo‘yish haritasi. hamma holatlarda bajarilgan diagnostik natijalarini qayd etish, texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash jarayonlarida bajariladigan ishlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun xizmat qiladi va jamg‘arma haritani to‘ldirishda dastlabki xujjat bo‘lib hisoblanadi.
Jamg‘arma harita texnikadan foydalanish jarayonida diagnostik parametrlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ishga, qoldik resursni va ikki nazorat o‘rtasidagi buzilmasdan ishlash ehtimolligini oldindan aytib berish uchun axborot yig‘ishga mo‘ljallangan. Bu harita har bir texnika vositasi uchun ochilib, to uning hisobdan chiqarilgunigacha olib boriladi [34, 35, 36].
26.4-§. Tashxisning rivojlanish istiqbollari

Download 10,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish