Laboratoriya mashg’ulot. № 16
Kiritmalar usuli yordamida fitopatogen viruslarni diagnostika qilish.
Ishdan maqsad: "Virus kiritmalari" usulini o’rganish va ayniqsa bu usul yordamida yashirin simptomli virus kassalliklarini aniqlashdir.
Kerakli materiallar:fuksin, pikrin kislota, H2O , kedr moyi. Asbob -uskuna: mikroskop x10, x40, x90 ob’ektivlari, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, shisha tayyoqcha.
Ishning borishi: O’tkir tig’ bilan bargning pastki tomonidagi tomiridan yupqa kesma olinadi. Kesmani ohistalik bilan tukchalarini zararlamasdan olib, buyum oynasiga tomizilgan bir tomchi vodoprovod suviga quyiladi va qoplag’ich oyna bilan yopiladi.
Preparatni (asosan tuklarni)avval 250 - 300 marta kattalashtirilishda mikroskop ostida kuzatiladi. SHisha-simon hosilalar kuzatilgan tuklar endi mikroskopning kuchliroq kattalashtirilishida kuzatiladi. Agar tamakining odatdagi mozaikasi virusi bilan kasallangan bo’lsa, hamma hujayralarda bitta yoki bir necha rangsiz, olti qirralik, yupqa shishasimon plastinkalar kuzatiladi. Bunday kritmalarni kuzatish-virus borligini isboti bo’ladi. Agar o’simlik shu guruhdagi virusning har xil shtammlari bilan kasallansa, tukning asosi tomonidagi birinchi hujayrada shishasimon moddalar va undan keyingilarida oltiburchakli yoki shunga o’xshash unsurlar kuzatiladi.
Hujayralarda ipsimon yoki ignasimon kristallarning, amyobasimon X - tanalarning topilishi diagnozning to’g’rilishni tasdiqlaydi. X -tanada yadrochalarning yo’qligiga qarab, yadroni adashtirmasdan farqlash mumkin.
Diagnoz olib borishda M.I.Goldinning quyidagi ko’rsatmalariga amal qilish muhimdir.
Kiritmalar(shishasimon plastinkalar) kesmanihamma
hujayralarida ham uchrayvermasligi mumkin. Agarbitta hujayrada kuzatilsa, u tukning boshqa hujayralarida ham bo’lishi mumkin.Virus kiritmalarini
topish uchun bitta kesmani ko’rish yetarli bo’ladi. Salbiy natija olinganda bir o’simlikdan 9 ta kesma olish kerak-3 tasi o’simlikning eng tepadagi yarusidan, 3 ta o’rtasidan va yana 3 tasi eski (qari)barglardan tayyorlanadi. Yana simptomlari yaqqolko’ringan joylaridan tayyorlash tavsiya qilinadi. Tuk hujayralarining yirtilishi, jarohatlanishidai
kristallar erib yo’qoladi. Kesmaga 0,1 n HCL bilan ishlov berilsa kristallkiritmalar ipsimon kristall bog’lariga parchalanadi. Virus kiritmalari 1% li pikrin kislotabilan bo’yalsa to’q-sariq rangga bo’yaladi.
Olingan natijalar rasm daftarga chizib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |