Bog'liq TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
Traktorni ishlatish (foydalanish dagi texnik xizmatlar. Har kungi texnik xizmat (KTX) da kuyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor chang va iflosliklardan tozalanadi; tashqi kuzatiladi yoqilg‘i, moy, elektrolitlarning sig‘imi bor-yo‘qligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa oqishni to‘xtatish chorasi ko‘riladi; dizel karteri tagligidagi moy satxi, radiatordagi sovitish suyuqligi miqdori tekshiriladi, zarur bo‘lsa ko‘rsatilgan belgigacha to‘ldiriladi; boshqarish rulining, yoritish va xabarlash tizimining, oyna tozalagichning, to‘xtatgichlarning, dvigatelning yurgizish ko‘chish mexanizmining ish qobiliyati tekshiriladi. Quyidagi parametrlar, ko‘rsatkichlar tekshiriladi va zarur bo‘lgan holda rostlanadi:
shinalardagi bosim va harakat tasmalarining tarangligi;
dizelning ish o‘obiliyati va yurgizib yuborish vao‘ti; bosh moy magistralidagi moyning bosimi;
havo tozalagichlarga, yo‘l-yo‘riqlarga muvofio‘ texnik xizmat o‘tkaziladi;
akkumulyator batareyasi tekshiriladi, uning sirti klemmalari tozalanadi, distirlangan suv quyiladi.
dag‘al moy tozalash filtri, orqa ko‘pirikning to‘xtatgich va burash momenti oshirgich bo‘limlar cho‘kindilardan tozalanadi;
havo ballonlar kondensatorlardan tozalanadi;
o‘takzuvchi (provod)larning uchlari va klemmalari moylanadi:
traktorning tarkibiy o‘ismidagi moylar sar’i tekshiriladi (moylash jadvali va sxemasiga muvofiq) va zarur bo‘lganda to‘ldiriladi;
traktorning tarkibiy o‘ismlari moylash jadvali va sxemasiga muvofiq moylanadi:
Ikkinchi texnik xizmat (TX-2)da quyidagi operatsiyalar bajariladi;
traktor chang va iflosliklardan tozalanadi;
traktorni tashqi tomondan ko‘rib chiqiladi;
yonilg‘i , moy va elektrolit oqmayotganligi tekshirilib chiqiladi, agar oqish kuzatilsa, uni to‘xtatish chorasi ko‘riladi;
dizel karterining taglikdagi moy sathi, radiatordagi sovutish suyuqligining miqdori tekshiriladi, zarur bo‘lsa etarli darajada to‘ldiriladi;
dizelning, boshqarish rulining, yoritish va xabarlash tizimining, oynatozalagich va to‘xtatgichlarning ish qobiliyati tekshiriladi.
Quyidagi parametrlar, ko‘rsatkichlar tekshiriladi va zarur bo‘lsa rostlanadi:
shinilardagi ‘avo bosimi va tasmalarning tarangligi;
akkumulyator batareyasida elektrolitning zichligi, tekshiriladi va zarur bo‘lsa batareyalar zaryadlanadi, hamda akkumulyator batareyasi sirtining tozaligi, klemma sirtlari havo almashtiruvchi teshiklar probkasi tekshiriladi zarur bo‘lsa tozalanadi;
dag‘al filtr tagidagi cho‘kindilar, orqa ko‘prikning to‘xtatgich va burash momenti oshirgich bo‘lmalarida to‘plangan moy to‘kib tashlanadi:
havo ballonida to‘plangan kondensatorlar ham to‘kib tashlanadi;
klemmalar va o‘tkazgichlarning uchlari moylanadi;
traktorning tarkibiy o‘ismlari moylanadi (moylash jadvali va sxemasiga muvofiq).
Dizelning gaz taqsimlagich mexanizmi klapanlari va koromislolari orasidagi tirqishlar, qo‘shish muftasi dizelning burash momentini oshirgichni qo‘shish muftasi, to‘xtatgichi, kardan uzatmasi, asosiy dvigatelning qo‘shish muftasi burilishni boshqaruvchi mufta, g‘ildirakli traktorlar to‘xtatgich tizimi, rul g‘ildiragidagi mexanizm, zanjir (gusenitsa)lar tarangligi, boshqarish organlari siljishi masofasi va rul chambarchagidagi kuchlar rostlanadi. Traktorning tarkibiy qismlarida moylar almashtiriladi va moylanadi (moylash jadvali va sxemasiga muvofiq); markazdan qochma moy tozalagich tozalanadi; dvigatelning moylash tizimi yuviladi va dvigatelning quvvati tekshiriladi; tashqi rezbali va boshqa bog‘lanishlarning mahkamligi tekshiriladi zarur bo‘lsa mahkamlanadi ; havo tozalagich germetikligi , moylash tizimining bosh magistralidagi bosim va rotorning aylanishlar davomiyligi tekshiriladi. TXK-2 ning TXK-1 dan asosiy farqi moylash tizimining yuvish va moyni almashtirish va qo‘shimcha rostlash, tekshirish ishlarini tashxiz asboblari va nazorat o‘lchash asboblari yordamida olib borishdan iborat. Uchinchi texnik xizmat ko‘rsatish (TXK-3) o‘z tarkibiga TXK-2 ning hamma operatsiyalarini qamraydi. Farqli tomonlari quyidagilardan iborat: TXK-3 da murakkab operatsiyalar o‘tkazilishi munosabati bilan u statsionar holatda, maxsus asboblar, jihozlar o‘rnatilgan texnik xizmat manzillarida o‘tkaziladi. Traktorning hamma qismlari echib olinmasdan tashxis qo‘yiladi. Dvigatelning quvvati va yonilg‘i sarfi tekshiriladi va rostlanadi. yoqilg‘i apparaturasining elektr jihozlari, gidravlik tizimining murakkab va texnik xizmat manzillarida o‘tkaziladi. Joriy ta’mirlash (remont) yoki asosiy ta’mirlash (remont) oldidan o‘tkaziladigan TXK-3 da traktorning resursini diagnostikalash (tashxis) o‘tkaziladi. Bu traktorni remontga qo‘yish yoki yana foydalanishni davom ettirish imkoniyatini aniqlaydi. Kuzgi-qishgi ish mavsumiga o‘tishda (MTXK) texnik xizmatda quyidagi operatsiyalar bajarilishi lozim: dvigatelning sovitish tizimi past temperaturada muzlamaydigan sovitish suyuqligi bilan to‘ldiriladi; individual isitgichlar qo‘shiladi va maxsus isituvchi chexollar o‘rnatiladi; yozgi moy turlari qishga muljallangan moylar bilan almashtiriladi; dizelning moylash tizimidagi radiator ajratiladi; rele-regulyator mavsumga rostlanadi va vint «zima» holatiga o‘rnatiladi; akkumulyatordagi elekrolitning zichligi qishgi me’yorga keltiriladi; dvigatelni yurgazib engillashtirish vositalarining ish qobiliyati tekshiriladi; dvigatelni yurgizib yuborish vaqti, generatorning zaryadlash toki, rele-regulyatorning ishlash toki va kuchlanishi, izolyasiyalarning puxtaligi, kabinaning isitish tizimining ishi tekshiriladi; namoyon bo‘lgan nosozliklar tuzatiladi. Bahorgi-yozgi ish mavsumiga o‘tishdagi texnik xizmat (MTXK)da quyidagi operatsiyalar bajarilishi lozim: traktordan isitgich detallar echib olinadi; dvigatelning moylash tizimining radiatori qo‘shiladi; sovitish tizimidan individual isitgich ajratiladi; rele-regulyatorning mavsumiy vinti «leto» holatiga o‘rnatiladi; akkumulyator batareyasidagi elektrolit zichligi yozgi me’yorga keltiriladi; dizelning ta’minlash tizimi yozgi moy bilan to‘ldiriladi; Sovitish tizimi radiatorning sovitish qobiliyati, elektroo‘tkazgichlar izolyasiyasi puxtaligi, generatorning zaryadlash toki, rele-regulyatorning ishlash toki va kuchlanishi tekshiriladi.