Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga
oshishini, qiymatning oʻzi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali oʻlchanishini ifodalaydi.
Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari boʻlib avstriya maktabi
vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), Ye.Bem-Baverk(1851-1914) va boshqalar
hisoblanadi. Mazkur nazariyaga koʻra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy
ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi
uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega boʻlganligi uchun qadrlanadi. Insonlar
tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga
mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga koʻra, faqat tovarning
nafliligi uning qiymatiga va, binobarin, narxiga asos boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |