7.Transport-tayyorlov xarajatlari hisobi. Materiallar mol etkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010, 6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati qiymati shakllanadi. SHuningdek bu erda materiallar bilan bog‘liq transport-tayyorlov xarajatlari ham ifodalanadi.
Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi.
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtig‘jlarga sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga ko‘chiriladi.
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i debetidagi qoldiq korxonaga hali kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi. Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi.
Bu narsa hisobot oyi davomida sarflangan materiallarga to‘g‘ri keladigan transport-tayyorlov xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur.
Sarflangan materiallar qaysi hisobvaraqlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, transport- tayyorlov xarajatlari summasi ham shu hisobvaraqlarga yoziladi. Haqiqiy tannarxning rejadan oshish ulushini topish va hisobga olish ham shu tartibda bajariladi. Bu erda farq shundaki, og‘ishish (tejalgan yoki ortiqcha xarajat) bo‘lishi mumkin. Ortiqcha xarajat transport-tayyorlov xarajatlariga o‘xshab, reja tannarxini ko‘paytiradi, tejalgan summa esa uni kamaytiradi. Tejalgan summa minus yoki qizil storno bilan yoziladi.
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi