Belgilovchi omillar
|
Logistika sohasi
|
Makon
|
Mikrologistika
Makrologistika
|
Vaqt
|
Megalogistika
|
Logistik tizimlarni rejalashtirish, tashkil etish, tahlil etish.
|
Logistik qurilmalrni tartibga solish, realizatsiya nazorati.
Logistik tizim samaradorligi tahlili
|
Funksional
|
Tayyorlov punktlari logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi. Sotuv, marketing, harakatga keltirish tizimi, savdo, taxlash (omborxona), qadoqlash va axborot
logistikalari.
|
Tashkiliy
xo‘jalik
|
Korxona, qurilish, harbiy sanoat, tadbirkorlik logistikasi.
|
Obyekt
shakllantiruvchi
|
Yakka logistika. Ommaviy, alohida qismlar logistikasi,
personal logistikasi
|
Logistika ma’lum xususiyatlarga qarab tavsiflanadi:
1) ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab logistika quyidagilarga bo‘linadi:
mikrologistika — bir korxonaga tegishli funksiyalarni o‘z ichiga oladi;
makrologistika ma’lum mintaqaviy logistik jarayonlari, tovar tarqatish kanallari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, belgilovchi omillar logistik faoliyatlarni aniq belgilaydi. Tovar harakatini mikro darajadan makro darajaga tashkil qilish transport logistikasini talab etadi.
Omborxonalarda tovarlarni saqlash, navlarga ajratish, iste’mol- chilarga tarqatish (omborxona) taxlash logistikasi faoliyatidir.
Marketing–logistikasi funksiyasi tovarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga yetib borguncha bo‘ladigan barcha jarayonlarni optimal- lashtirish chora-tadbirlaridan iborat. Marketing–logistikasi aynan tovar tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Marketing– logistikasining vazifalari bevosita strategik vazifalar bilan bo‘g‘liq bo‘lib, tovar tarqatishning optimal kanal va yo‘llarini topish, ombor- xonalar joylashuvi, ularning hajmi, soni, faoliyatlari juda muhum hisoblanadi.
Tovar oqimlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borishini samarali amalga oshirish marketing–logistikasining asosiy vazifasidir.
Taktik vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mavjud mijozlar bilan ishlash;
yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga dasturlar ishlab chiqish;
tovar va xizmatlarni tarqatish bo‘yicha yangi tijorat takliflarini ko‘rib chiqish va samaralisini qabul qilish;
buyurtmalar bo‘yicha to‘lovlarni rag‘batlantirish, imtiyozlar berish;
muntazam ravishda nazorat qilib borish;
tovar zaxiralari, yangi tovarlarni taqdimot va reklama qilish, umumiy xarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash;
xarajatlarni nazorat qilish;
tovarlarning harakatini ta’minlashda servis xizmatlarini yaxshi- lash.
Transportirovka. Tashuvchini tanlash tovar narxlari darajasiga ham, ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga ham, tovarni tayinlangan joyga yetib kelish paytidagi ahvoliga ham ta’sir qiladi.
Tovarlarni omborlarga, dilerlarga va iste’molchilarga yuklab berish- da firma transportirovkaning beshta turidan birini tanlab olishi mumkin:
temir yo‘l – yuklar partiyasini vagonga yoppasiga yuklab, uzoq masofaga yetkazish uchun transportning eng oqilona turi;
suv transporti – katta hajmlarda, tez buzilmaydigan tovarlarni suv orqali past xarajatlar bilan yetkazib berish (shakar, ko‘mir, don, bug‘doy v.b.). Boshqa tomondan suv transporti eng sekin yuruvchi va ob-havo ta’siriga bog‘liqdir;
avtomobil transporti – yo‘nalishlarni va harakat jadvalini tanlash nuqtayi nazaridan eng aniq. Yuk tashish mashinalari tovarlarni jo‘natuvchini qayta yuklash zaruratidan xolos qilib, “eshikdan eshigigacha” yetkazib berishga qodir. Yuk tashish avtomobillari qimmatbaho tovarlarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga tashish uchun qulay bo‘lgan tashish turi;
quvurlar orqali tashish – neft, kimyoviy mahsulotlarni tashish uchun qulay;
havo transporti – transportning eng qimmat va eng tez yetkazuvchi turi, ko‘proq tez buziluvchi mahsulotlar (yangi baliq, gullar v.b.) va narxi qimmat, uncha katta hajmda bo‘lmagan qimmatbaho buyumlarni (asboblar, zargarlik buyumlari v.b.) tashiydi.
Tanlangan taqsimot yo‘li marketing bo‘yicha qolgan jami boshqa yechimlarga ta’sir ko‘rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish, reklama xizmati, o‘z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
hakllanuvchi kanallar;
tarqatish kanallari;
integrallashgan kanallar
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim shaxslar majmuyidan iborat.
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha, teskari muta- nosiblik bilan bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish uchun yuklarni tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu esa tovarlarni yo‘lda ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste’molchi- larning noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur.
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi
Maxsus firmalarga ulgurji
Yo‘l ekspeditsiyasi xizmati
Yo‘l ekspeditsiyasi xizmati
Keng assortimentdagi ulgurji firma
Transport xizmatlari
Maxsus ulgurji firma
Moliyalashtiruvchi firma
|
|
Omborxonalar
|
Transport tarmoqlari
Chakana firma
Transport korxonalari
Keng assortimentdagi ulgurji firma
Oxirgi iste’molchi
Mahsulotni taqsimlash
Omborxona
Oxirgi iste’molchi
Moliyalashtiruvchi firma
Transport korxonalari
Chakana firma
Mahsulotni taqsimlash
Oxirgi iste’molchi
11.6-rasm. Marketing–logistikasining mumkin bo‘lgan variantlari
Tovarlarni harakatlantirish tizimining asosiy nuqtasi – iste’mol- chilar talablarini va raqobatchilar takliflarini o‘rganish. Iste’molchilarni quyidagilar qiziqtiradi:
tovarning o‘z vaqtida yetkazilishi;
yetkazib beruvchining mijozning shoshilinch ehtiyojini qondi- rishga tayyorligi;
tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish;
yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo‘lgan tovarni qay- tarib olish va uni zudlik bilan almashtirishga shayligi;
yetkazib beruvchining mijoz uchun tovar–moddiy zaxiralarni saqlab turishga shayligi.
Firma mijozlar ko‘z oldida xizmatlarning bu turlarini solishtirma qiymatini o‘rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko‘chirish uskunalarini sotib oluvchilar uchun servis ta’mir muddatlari katta ahamiyatga ega, kredit oluvchi bank mijozlari uchun iloji boricha tezroq javob olishlari muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri quyidagicha reklama shiori ostida ishlaydi: Agar bizning bankimizga murojaat qilsangiz, oradan ikki soat o‘tib, bankimiz sizga reklama berishga tayyorligi haqi- dagi javobni olasiz. Xususiy standartlarni ishlab chiqishda raqobatchilar standartlarini ham albatta, hisobga olish kerak.
Tovarlar harakati tizimi quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |