93
7-BOB. ELEKTRON TIJORAT TIZIMI FAOLIYATINI
BELGILOVCHI ASOSIY FAKTORLAR
7.1. Elektron tijoratda - umumiqtisodiy faktorlar
Bir necha yillar avval Internet tarmog‘i asosan ma’lumotlarni
pochta orqali ma‘lumot almashinuvi va fayllarni uzatishda foydalanilgan
xolos. Lekin so‘nggi yillarda axborot
texnologiyalari Internetni
rivojlangan axborot tizimiga aylantiradi. Bu tizim bir qancha axborot
markazlarini birlashtirdi, jahon axborot resurs markazlari, kutubxonasi,
ilmiy va huquqiy axborotlar bazasi, ko‘pgina davlat va tijorat
tashkilotlari, birja va banklarni o‘z ichiga oldi.
Ixtiyoriy tashkilot
o‘zining www internetga ma’lumot abonentlik punktini aniq, butun
dunyoga o‘z ma’lumotini tarqatishi mumkin. Katta qiziqish
uyg‘otayotgan soha bu elektron savdo va xizmatdir. Bank kartasi orqali
xarid qilish soni buyurtmalar tizimini yaratish bilan olib boriladi.
Internet katta bozor
hisoblanib, yer sharidagi barcha aholini jalb qilishi
mumkin. Ochiq kompyuter Internet tarmog‘idan foydalanish, ma’lumot
olish, taklif va xizmatga haq to‘lash, mahsulot sotib olish va hisob kitob
qilish imkonini beradi. Savdo-sotiq kelishuvlari odatdagi bozor usulidan
xaridorga qulay bo‘lgan uy yoki ofisdan foydalanishga o‘tib bormoqda.
Shuning uchun ham dastur va qurilma vositalarini yaratuvchi, savdo va
moliya tashkilotlari internetga tijorat faoliyatini
olib borishga turli
ko‘rinish va usullariga e’tiborni qaratmoqda, elektron savdoda
xavfsizlikni ta’minlash zarur. Savdo va serviz xizmati ko‘rsatish
korxonalari va bank bo‘limlari to‘lov vositasi sifatida kartani qabul
qiluvchilar hisoblanib, karta xizmatini o‘tovchi nuqtalari qabul qilish
tizimini tashkil etadi.
Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan
ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y
bеrayotgan хalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i
tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri kеladi.
Dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi
savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha “dunyodagi
94
har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko‘rinadi.
Hozirgi kunga qadar hеch bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan
ajralgan holda sog‘lom iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q”.
Хalqaro savdoda хalqaro mеhnat
taqsimoti asosida paydo
bo‘ladigan turli davlatlarni tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi
aloqalarning bir shakli bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy
bog‘liqlikni namoyon qiladi.
Mamlakatlar iqtisodiyotida ITI ta’siri ostida ro‘y bеrayotgan
tuzilmaviy o‘zgarishlar, (sanoat ishlab chiqarishning iхtisoslashuvi va
koopеratsiyalashuvi) milliy хo‘jaliklarning o‘zaro
hamkorligini
kuchaytirmoqda. Bu esa хalqaro savdoni faollashuviga imkon
yaratmoqda. Хalqaro savdo ishlab chiqarishga nisbatan tеzroq
o‘smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
jahonda ishlab chiqarish 10%ga ko‘paygan holda jahon savdosi 16%ga
o‘smoqda
4
.
“Tashqi savdo” dеganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat
bilan haq to‘lanadigan olib kirishi, ya’ni, import va haq to‘lanadigan olib
chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi
barcha mamlakatlarning haq to‘lanadigan tovar aylanmasi yig‘indisi
хalqaro savdo dеb ataladi. Хalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda
ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar
aylanmasining
yig‘indisi,
rivojlanayotgan
davlatlarda
tovar
aylanmasining yig‘indisi va h.k.
Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo‘yicha
milliy
siyosat muammosi yotib, 200 yillar mobaynida bu mavzuda qizg‘in
tortishuvlar bo‘lib turibdi.
Erkin savdo yoki protеksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday
bo‘lsa shu holda saqlash oldingi asrlarning хaraktеri edi. Bizning
davrimizda bu ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqdir. Ammo ko‘p hollarda uni
bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh vazifasini
bajaradi.
Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo‘lib Adam
4
Ломакин В.К. Мировая экономика. Практикум: Учеб. пособие для студентов вузов,
обучающихся по
экономическим специальностям и направлениям / В.К. Ломакин. М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.
95
Smit o‘z ta’rifini bеrgan edi. Adam Smit “ayirboshlash har bir mamlakat
uchun foydali bo‘lib, har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega
bo‘lishini” ta’kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik
nazariyaning asosi bo‘lgan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli
uchun asos bo‘lib kеlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: