Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

FOREX (FOReign EXchange) 
deb ataladi. Bu 
yerda valyuta operatsiyalari butun sutka davomida Londonda, Tokioda, 
Nyu-Yorkda va boshqa joylarda tinimsiz ravishda amalga oshiriladi. 
Lekin bu yerga valyuta almashinish operatsiyalarini kiritish yaramaydi. 
FOREX 
- global miqyosdagi bozor bo‘lib, bu yerda banklar valyutalar 
va boshqa turdagi moliyaviy vositalarni sotadilar va sotib oladilar. Har 
bir valyuta operatsiyasining miqdori taxminan yuz ming Amerika dollari 
atrofida bo‘lib, savdo ushbu miqdorga karrali bo‘lgan lotlarda olib 
boriladi. 
Ikkinchidan, aksiyalar bilan savdo qiluvchi 
Stock Market 
yuqorida
yoritilgan 
FOREX
dan farqli o‘laroq, biror bir hududga bog‘liq ravishda 
faoliyat ko‘rsatadi. Misol sifatida Amerika aksiyalar bozorini 
keltirishimiz mumkin. Bu yerda aksiyalar va ular bilan bog‘liq qimmatli 
qog‘ozlar (optsionlar, fyucherslar va boshqalar) asosiy 
AQSh 
fond 
birjalarida va birjadan tashqari 
NASDAQ 
tizimida sotiladilar. Amerika 
birjalaridan tashqari, internetda Angliya va nemis fond bozorlarida ham 
ishlash mumkin. Ammo operatsiyalar miqyosi va miqdori bo‘yicha 
Amerika fond birjalarining salmog‘i ancha kattadir. 
Eng avvalo valyutalar bilan savdo qiluvchi va moliyaviy bozordagi 
operatsiyalar miqdori bo‘yicha eng yiriklardan biri bo‘lgan 
FOREX 
tizimini ko‘rib chiqamiz. Bu tizimda ishlash uchun eng avvalo broker 
topish kerak bo‘ladi. Broker topish uchun qidiruv tizimlaridan 
foydalaning va bunday tashkilotlar orasidan o‘zingiz uchun eng mos va 
malakalisini tanlang. Bu bozorda foyda olish uchun o‘z valyutangizni 
boshqasiga almashtirishingiz kerak bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, 
ushbu moliyaviy bozorda operatsiyalar lotlarda amalga oshiriladi, ya’ni, 
bu yerda 100 ming, 200 ming, 300 ming yoki million dollarlik valyutalar 
sotib olish mumkin. Ya’ni, oldi-sotti miqdori doimo 100 dollarga 
mingga karrali bo‘ladi. Bunda albatta bitta muhim savol tug‘iladi: 
qanday qilib bir necha o‘n minggina dollarga ega bo‘lga insonlar 
FOREX
da ishlash imkonini oladilar? Quyida buni tushuntirishga 
harakat qilamiz: Ilgari tushuntirib o‘tganimizdek, ushbu bozorning 
asosiy ishtirokchilari banklardir va lotlar bilan savdoni xuddi shu 
banklar amalga oshiradilar. Ular boshqa o‘yinchilarni


86 
kreditlashtiradilar, shuning uchun ham 100 000 dollarli lotni sotib 
olish uchun ushbu summaga ega bo‘lish shart bo‘lmaydi. Lekin 
o‘yinchilardagi jami pul miqdori ushbu lotni sotib olishga yetarli 
bo‘lishi talab qilinadi. Buni yaxshiroq tushunish uchun bir misol 
keltiramiz. Faraz qilamizki, bank bir lot sotib olish uchun sizga 99 000 
dollar kredit berishga tayyor. Demak, sizdan faqatgina 1 000 dollar 
kiritish talab qilinadi. Siz lotni sotib oldingiz deylik – endi hamma ish 
bozorga bog‘liq bo‘lib qoladi. Masalan, siz sotib olgan lotning bahosi 1 
%ga o‘zgardi deylik. Bu o‘zgarish 1 000 dollarni tashkil qiladi, chunki 
siz 100 000 dollarlik lot sotib olgansiz-da. Demak, agar bozor siz uchun 
foydali tomonga o‘zgarsa, siz 1 000 dollar yutasiz, aks holda 1 000 
dollar yutqazasiz. Lekin yutuq miqdorini hisoblaganda, bankka 
beriladigan foizlar va komission to‘lovlarni ham hisoblash kerak bo‘ladi. 
Chunki bank sizga kreditni tekinga bermaydi-da! Bu ishni amalga 
oshirishda banklardan tashqari vositachi firmalardan ham foydalansa 
bo‘ladi. Ular o‘yinchilar va banklar orasidagi qo‘shimcha bo‘g‘in bo‘lib, 
qo‘shimcha xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin. Masalan ular 
Internetdan foydalanishni ta’minlashlari, unda hisob-kitoblarni 
yurgizishni tashkil qilishlari, maslahatlar va kerakli ma’lumotlar bilan
ta’minlashlari mumkin. Ba’zi firmalar esa kichikrok summalar bilan 
o‘ynash imkoniyatini ham taklif qila oladilar. 
Misol 
sifatida 
amerikaning 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish