Nazorat savollari.
1.
Elektron tijorat tushunchasi.
2.
“Elektron tijorat” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va
vazifalari.
3.
Elektron biznes rivojlanish bosqichlari.
4.
Elektron biznesning an’anaviy savdodan farqi.
5.
“Elektron tijorat”ning obyekti, subyekti.
6. Elektron tijoratda web texnologiyalarining o‘rni.
7. Ijtimoy tarmoqlardagi web 2.0 va web 3.0 texnologiyalari.
8. Elektron biznesda AKTni qo‘llash
9. Axborotni saqlash va qayta ishlashning elektron usulini
ta’minlash.
10. Elektron biznesning korxona, iste’molchi va jamiyat uchun
foydasi.
39
3-BOB. ELEKTRON TIJORATNING ME’YORIY-
HUQUQIY BAZASI
3.1. Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimidan
foydalanishning me’yoriy-huquqiy bazasi
Hozirgi kunda elektron tijoratning eng asosiy tamoyillaridan biri
shundaki, ikki tomon qo‘llayotgan shartnoma elektron yo‘li bilan
amalga oshirilayotganligi uchungina, uning qonuniyligi va haqiqatan
ham mavjudligini shubha ostiga qo‘yishga haqli emaslar. Tamoyilning
amalga oshirilishi har doim ham kafolatlanmaydi, shuning uchun ham
ba’zi yuridik qiyinchiliklar vujudga keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda
faqatgina ikki tomonning shaxsiy imzolari qo‘yilgan shartnomalargina
tan olingani uchun, bunday holatlarda shartnoma yuridik kuchga ega
bo‘lmaydi. Shuning uchun elektron tijorat qonuniy to‘siqlarni oshib
o‘tishga qurbi yetmaydi.
Yuqorida aytib o‘tilgan qonuniy to‘siqlarni oshib o‘tishda yordam
berish maqsadida xalqaro savdo (Yunistrol) huquqi bo‘yicha OON
komissiyasi, 1996 yilda “Elektron tijorat to‘g‘risida” qonun qabul qildi.
Bu qonun o‘zida shartnomalarning yuridik kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan,
shartnoma originali va nusxalari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal
etish modelini aks etadi. Qonunda ko‘rilgan, berilganlarning elektron
almashuvining huquqiy rejimi funksional ekvivalent nomli tamoyilga
asoslanadi. Davlat qonunchiligiga bu qonunning joriy etilishi,
tomonlarning elektron almashuvi vositasini tanlaganida, ular uchun
huquqiy muhitni yaratishi ko‘zda tutiladi. Bu qonun qabul qilingandan
keyin elektron tijorat jarayonlarini oldindan aytib berishni
osonlashtiruvchi va shu bilan birga elektron tijoratning butun dunyoda
rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me’yor va qoidalar ustidagi ish olib
borish yuzasidan rozilikka erishilgan. Bunday qonunlar orasida elektron
raqamli imzoning munosabatini yo‘lga soladigan holatlar sanab o‘tilgan.
Bu savolning bunchalik dolzarb bo‘lishiga, Internet va boshqa tarmoqlar
orqali qo‘llanadigan shartnomalar sonining tez o‘sishi sabab bo‘lgan.
Elektron imzoga bo‘lgan ishonch, shartnomalarni qabul qilishiga
40
bo‘lgan asosiy shart bo‘lib hisoblanadi.
1999-yilda elektron imzolarni ishlatish uchun huquqiy asoslari
direktivasi qabul qilingan. Bu elektron tijorat sohasidagi Yevropa va
xalqaro huquqlarning shakllanishidagi navbatdagi qadam bo‘ldi, chunki
u elektron tijorat sohasidagi kelajakdagi rivojlanishi va
mukammallashuvining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib beradi. Shuni
ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston uchun Yevropaning huquqiy
tartibotidagi tajribasi kerak bo‘ladi.
Direktivada raqamli imzoni yaratish uchun ishlatiladigan
belgilarga bo‘lgan talablar shakllantirilgan. Bundan tashqari
shartnomani qo‘llagan tomonning imzosi va uning elektron nusxasining
muvofiq kelish - kelmasligini aniqlashga yordam beruvchi sertifikat
nomli hujjat ko‘zda tutiladi. Bu sertifikatdan tashqari yana shunday bir
tushuncha mavjudki, uning nomi malakali sertifikat, uning farqi
faqatgina imzolarni solishtirishda emas, qator talablarga javob berish
majburiyligidadir.
AQSh va Kanadada supermagistral, ya’ni har bir insonga o‘z ta’bi
bo‘yicha istaganini topish texnologik vositasining qurilishiga ko‘ra
olingan. G‘arbiy Yevropada asosiy jamiyat jahon texnologik inqilobning
navbatdagi qadamiga ijtimoiy tomondan yondashiladi. Revolyutsiyalar
Yevropa mamlakatlaridagi axborot jamiyatlari shakllanishining turli
aspektlariga bag‘ishlangan. Ularning har birida ma’ruza mujassamdir.
Umuman yuqorida aytilgandek, Yevropa ittifoqining huquqiy
aktlarida aytib o‘tilgan me’yor va tamoyillar O‘zbekiston va boshqa
MDH davlatlari uchun qulaydir, chunki bular so‘nggi vaqt elektron
tijorat uchun evolyutsiyaning natijalari hisoblanadi. Elektron imzoning
huquqiy aktlaridagi tamoyillarning O‘zbekiston qonunchiligida joriy
etish yetarli salohiyatga ega bo‘ladi deb tasavvur etiladi.
O‘zbekistonda hozircha elektron tijoratni tartibga soluvchi
qonunchilikning ma’lum bir sohasi yo‘q, shunga muvofiq holda
davlatning bu ishda faolligi va sud amaliyoti mavjud emas.
O‘zbekistonda elektron tijoratning yuridik amaliyotida oxirgi ishlar
“elektron hujjat”, “shartnomaning elektron shakli”, “elektron raqamli
imzo”, “elektron hisoblar”, “elektron hukumat” kabi tushunchalar
41
shakllandi. Ba’zi O‘zbekiston qonunchiligida o‘z imzosi bilan
qo‘llangan hujjatlarning qo‘llanishi hamon saqlanib kelmoqda. Bundan
tashqari, hududiy me’yorlarning umumiy rivojlanmaganini hisobga olish
lozim. Xalqaro darajada bo‘lganidek, bu, O‘zbekistondagi elektron
tijorat va unga global elektron bozoriga chiqishi uchun yuridik to‘siq
bo‘ladi.
Bunday to‘siqlardan xoli bo‘lish uchun elektron tijorat sohasidagi
bo‘layotgan jarayonlarni ko‘proq holatiy aks ettirish kerak bo‘ladi. Buni
yana bir qator qonunlar qabul etish bilan birga hal etsa bo‘ladi. Avval
ta’kidlanganidek, alohida urg‘u O‘zbekistonning elektron imzolar
to‘g‘risidagi qonuniga beriladi. AQShda, Italiya va Germaniyada bu
qonunlar amalda qo‘llanilmoqda.
Elektron tijoratning davlat chegarasi mavjud emas va uning
yordamida realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlarning turliligi
shunchalik xilma-xilki, ba’zida iste’molchi ularning xalqaro me’yor va
qoidalarga to‘g‘ri kelish - kelmasligiga ikkilanadi. Ishlab chiqaruvchilar
yoki yetkazib beruvchilar o‘zlarining mahsulotlarini alohida chet el
standartiga deklaratsiya qiladilar, tabiiy hol, bu haqdagi axborot mijozda
bo‘lmaydi. Buning natijasida, masalan, Internetda, sog‘liqqa zarar
yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shni asbob-uskunalarga zarar
yetkazadigan elektromagnit to‘lqinli qurilmalarni qo‘lga kiritish
mumkin. Iste’molchini sifatsiz mahsulotdan himoya qilish maqsadida
sertifikatlashtirish va litsenziyalash davlat darajasida turadi.
Axborotlashtirishning huquqiy asoslari.
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlash, olish va
uni tarqatish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab
qo‘yilgan. Asosiy Qonunimizning 30-moddasida O‘zbekiston
Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va
mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga
daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib
chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan.
Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot
texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit
42
yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir
Axborotlashtirish,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
(AKT)dan
keng ko‘lamli foydalanish tufayli jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va madaniy hayotida axborot va bilimlardan foydalanish samaradorligi
oshdi. Buning natijasida fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga
bo‘lgan ehtiyojlari qondirilib, axborotlashgan jamiyatga o‘tish uchun
sharoitlar yaratilmoqda. Davlat hokimiyati organlari, yuridik va
jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va
foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga
oshiruvchi axborot tarmoqlari va tizimlari asosida shaxslar, predmetlar,
dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
olish ehtiyojlari qondiriladi.
Davlatning axborotlashtirish sohasidagi siyosati axborot resurslari,
axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini inobatga olgan
holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish va ma’lumotlar
uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun
javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 25-dekabrdagi qonuniga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat
kodekslariga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan,
kodeks oltita moddadan iborat yangi mazmundagi “Axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan XX bob bilan
to‘ldirilgan. Ushbu bobda axborotlashtirish qoidalarini buzish;
kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish;
kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud
o‘tkazish va tarqatish; kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish;
kompyuter sabotaji va zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish
yoki tarqatish bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
43
“Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish” nomli modda
kiritilib, unda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy
javobgarlik belgilangan.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab
chiqilgan hamda 2014-yil 5-mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun
fuqarolarning axborot olishga oid konstitutsiyaviy huquqlari
kafolatlarini mustahkamladi. Shuningdek, mazkur huquqiy hujjat
axborotni, avvalo, fuqarolarning bevosita huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni olish
mexanizmlarini aniq belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi” Axborotlashtirish sohasida
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 256-sonli qarori
“Axborotlashtirish
to‘g‘risida”gi
qonun
ijrosini
ta’minlash,
axborotlashtirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish
va davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot
tizimini barpo etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qabul
qilingan. Unda Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi
to‘g‘risidagi va Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish
tartibi to‘g‘risidagi Nizomlar tasdiqlangan hamda birinchi Nizomning
ilovasida Davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |