Variant-7
1.Turkiston o’lkasidagi qaysi sudlar aholining jinoiy ishlarini ko’rish bilan birga mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan siyosiy jinoyatlar va hokimiyatga qarshi jinoyatlarni ko’rib chiqqan?
A) xalq sudyalarining favqulodda qurultoylari B) muvaqqat harbiy sudlov komissiyalari
C) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo’limi D) viloyat boshqaruvining sud bo’limlari
2. Uchastka mirovoy sudlari qaysi sudlarning o’rniga tashkil etiladi?
A) uyezd sudlari B) qozilar sudi C) biylar sudi D) viloyat sudlari
3. Toshkent sud palatasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) 1895-yilda B) 1886-yilda C) 1898-yilda D) 1887-yilda
4. Turkistonda viloyat sudlari nechanchi yillarda faoliyat olib borgan?
A) 1886-1898-yillarda B) 1881-1887-yillarda C) 1884-1892-yillarda D) 1886-1892-yillarda
5. Turkiston nechanchi yillar davomida “kuchaytirilgan qo’riqlov” va “favqulodda qo’riqlov” holatida bo’ldi?
A) 1881-1892-yillarda B) 1894-1911-yillarda C) 1898-1905-yillarda D) 1892-1916-yillarda
6. Uchastka pristavi quyidagi qaysi ishni amalga oshirmagan?
A) o’z uchastkalari doirasida surishtirish va tergov ishlarini yuritish,qamoqqa olish va jarimaga tortishi mumkin edi
B) har qanday odamni 7 kunga qamoqqa olish yoki jarimaga tortish huquqiga ega edi
C)soliqlar yig’imi, majburiyatlar,uyezd boshliqlarining qarorlari ijro etilishiga rahbarlik qilgan
D) har qanday o’zgarishlar haqida o’lka ma’muriyatiga ma’lumot yetkazib turgan
7. Turkiston o’lkasidagi podsho hukumati harbiy siyosatining asosini tashkil etgan omillarni toping
1) mahalliy aholini qurolsizlantirish
2) qurolli kurash uchun har qanday umidni yo’qotish
3) harbiy sanoat bazalarini barpo etish
4) mahalliy aholidan harbiylar tayyorlash
5) jangarilik unsurlarini bostirish
6) qadimiy jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish
A) 1,4,5,6 B) 1,2,5,6 C) 2,3,4,5 D) 2,4,5,6
8. F.Girs nechanchi yillarda Turkistonni o’rganadi?
A) 1882-1884-yillarda B) 1881-1885-yillarda C) 1884-1886-yillarda D) 1880-1882-yillarda
9. F.Girs Turkistonda qancha aholi yashashini aytgan?
A) 234522 kishi B) 2672195 kishi C) 240400 kishi D) 2105970 kishi
10. Okrug sudlarida jazo chorasini kimlar tayinlagan?
A) sudyalar,oqsoqollar va sud a’zolari B) sudyalar va shayxulislom
C) sudyalar va ikki sud a’zosi D) sudyalar va harbiy vazir
11. Viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari nechanchi yilda joriy etilgan?
A) 1886-yilda B) 1881-yilda C) 1898-yilda D) 1867-yilda
12. “Davlat tartiboti va jamoat osayishtaligining qo’riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi Nizom” qabul qilingan yilni toping
A) 1884-yil B) 1881-yil C) 1886-yil D) 1892-yil
13. Quyidagi qaysi atama “ma’muriyat” degan ma’noni anglatadi?
A) zemstvo B) apellatsiya C) ispravnik D) politsiya
14. 1888-yilda qaysi shaharga dastlabki poyezd keladi?
A) Andijon B) Toshkent C) Buxoro D) Samarqand
15. Turkistonda dastlabki temiryo’l nima maqsadda qurilgan?
A) bu yerda joylashgan tabiiy boyliklar va foydali qazilmalarni tezroq tashib ketish uchun
B) harbiy qo’shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan O’rta Osiyoga tashish uchun
C) Turkiston o’lkasida,ayniqsa,Andijon,Farg’ona va Marg’ilon hududlarida yuz berayotgan xalq qo’zg’olonlarini bostirish uchun
D) Turkiston va Rossiya o’rtasidagi mahsulot ayirboshlash munosabatlarini rivojlantirish uchun
16. Nechanchi yilda temiryo’l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi?
A) 1899-yilda B) 1889-yilda C) 1901-yilda D) 1898-yilda
17. Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari qayerda joylashgan edi?
A) Sibirda B) Kavkazda C) Orenburgda D) Qozonda
18. Turkistonda xalq sudlari nechta bosqichga bo`lingan?
A) 2 B) 4 C) 3 D) 5
19. Toshkent sud palatasi qaysi yilda tuzilgan?
A) 1898-yilda B) 1885-yilda C) 1879-yilda D) 1880-yilda
20. Toshkent sud palatasi faqat qaysi davlat organiga bo`ysunar edi?
A) General-gubernatorlikka B) Hukumat senatiga
C) Toshkent hokimligiga D) Hukumat dumasiga
21. Turkistonda sud tizimi nechanchi yilgi Nizomda o’z aksini topgan ?
A) 1885-yilgi B) 1865-yilgi C) 1868-yilgi D) 1867-yilgi
22. Sirdaryo magistral kanali qaysi yillarda qurilgan?
A) 1910-1911-yillarda B) 1912-1913-yillarda
C) 1911-1913-yillarda D) 1914-1915-yillarda
23.XX asr boshlarida temiryo’llarning iqtisodiy ahamiyati ko’tarilishiga qanday omillar sabab bo’lgan?
1) Turkistonda paxta ekini keng tarqalishi 2) Rossiya kapitali joriy etilishi
3) hunarmancdchilik va savdoning rivojlanishi 4) to’qimachilik uchun paxtaga talabning oshishi
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2 D) 3,4
24. Qaysi yilda Orenburg va Toshkent o`rtasida temir yo`l ishga tushirilgan?
A) 1900-yilda B) 1905-yilda C) 1906-yilda D) 1910-yilda
25. 1867-1900-yillarda Turkistonda nechta sanoat korxonasi ishga tushirilgan?
A) 180 ta B) 190 ta C) 200 ta D) 175 ta
26. Toshkent shahrida vabo qachon tarqalgan?
A) 1892-yil 11-iyulda B) 1892-yil 9-sentabrda C) 1892-yil 7-iyunda D) 1892-yil 5-mayda
27. Toshkentda vabo isyoni qachon boshlangan edi?
A) 1892-yil, 20-iyun B) 1892-yil, 24-iyun C) 1892-yil, 30-may D) 1892-yil, 25-iyun
28. Toskentda vabodan vafot etganlar uchun nechta maxsus qabriston ochilgan edi?
A) 4 ta B) 1 ta C) 2 ta D) umuman ochilmagan
29. Qaysi yilda Farg`ona viloyatiga ko`plab rossiyaliklar ko`chirib keltirilgan?
A) 1890-yilda B) 1891-yilda C) 1885-yilda D) 1879-yilda
30. Darveshxon qo’zg’oloni qayerda ko’tarilgan ?
A) Andijon B) Qo’qon C) Toshkent D) Farg’ona
31. « Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida« qachon joriy etilgan ?
A) 1891-yil 20-iyunda B) 1892-yil 18-iyunda C) 1893-yil 6-mayda D) 1895-yil 17-mayda
32. Oqsuv-Shahrihon volosti qaysi uyezd tarkibiga kirgan ?
A) Qo’qon B) Farg’ona C) Marg’ilon D) Namangan
33. 1882-yilda qaysi hududda aholining ma’murlarga qarshi bosh ko’tarishi yuz bergan ?
A) Qo’qon B) Farg’ona C) Marg’ilon D) Namangan
34, Mingboshilar saylovidagi norozilik bilan bog’liq yilni toping
A) 1885-yil B) 1882-yil C) 1896-yil D) 1879-yil
35. XIX asr oxirida qanday omillar natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy-ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylangan ?
1) siyosiy siquvlar 2) iqtisodiy qiyinchiliklar 3) xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi
4) soliq siyosatidagi beboshlik 5) mahalliy urf-odatlarga zid bo’lgan qarorlarning qabul qilinishi
A) 1,2,4 B) 2,4,5 C) 2,3,5 D) 1,4,5
36. Mingtepada Yetimxon boshchiligidagi isyon nechanchi yilda ko’tarilgan ?
A) 1878-yilda B) 1877-yilda C) 1879-yilda D) 1880-yilda
37. 1880-yil noyabrda qaysi hududlar uchin qo’shimcha yer solig’i solinishi e’lon qilinadi ?
A) Xojand va O’ratepa B) Jizzax va Marg’ilon C) Andijon va Qo’qon
D) Samarqand va Namangan
38. 1879-yil kuzida Farg’ona viloyat boshqarmasiga yig’ilgan aholi qaysi uyezdda soliq to’plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib,soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qilgan ?
A) Namangan B) Marg’ilon C) Andijon D) Qo’qon
Do'stlaringiz bilan baham: |