Variant-16
1. Buxoro amirligida Islom rahbari quyidagilardan qaysi biri hisoblangan?
A) Bosh Qozikalon B) Bosh Muftiy C) Shayxulislom D) Bosh Sadr
2. Buxoro boshlang`ich maktablarida o`qitish tartibi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
1. So`fi Olloyor asarlari 2. “Haftyak” 3. “Chorkitob” 4. Arab alifbosi
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4, 3, 2 C) 2, 4, 1, 3 D) 4, 2, 3, 1
3. Maktablarda butun ta’lim davri necha yil davom etgan?
A) 10-12 yil B) 5-6 yil C) 7-8 yil D) 9-10 yil
4. Madrasada o`qish necha yil davom etgan?
A) 21 yil B) 15 yil C) 13 yil D) 10 yil
5. Qachondan boshlab Turkistonda rus-tuzem maktablari vujudga kela boshladi?
A) 1886-yilda B) 1884-yilda C) 1888-yilda D) 1889-yilda
6. 1911-yilga kelib Turkistonda rus-tuzem maktablari soni nechtaga yetdi?
A) 83 ta B) 87 ta C) 85 ta D) 89 ta
7. Turkistondagi 1-gimnaziya qachon va qayerda ochilgan?
A) 1888-yil, Samarqand B) 1886-yil, Qo`qon
C) 1885-yil, Andijon D) 1896-yil, Toshkent
8. Gimnaziyada ta’lim necha bosqichda amalga oshirilgan?
A) 3 B) 4 C) 2 D) 5
9. Xudoybergan Devonov nechanchi yillarda yashagan?
A) 1878-1940-yillarda B) 1875-1932-yillarda
C) 1876—1944-yillarda D) 1873-1922-yillarda
10. 1908-1910-yillarda Turkiston general-gubernatorligini tekshirgan shaxsni aniqlang?
A) general Kuropatkin B) knyaz Malitskiy C) K. Palen D) A. Middendorf
11. 1911-yilda mustamlakachi ma’murlar tomonidan nechta yangi usul maktablari yopib qo`yilgan?
A) 47 ta B) 48 ta C) 49 ta D) 50 ta
12. Qachonga kelib Buxoro amirligidagi barcha yangi usul maktablari yopib qo`yilgan?
A) 1912-yilda B) 1911-yilda C) 1913-yilda D) 1914-yilda
13. Turkiston mintaqasining bosh xaritasi qachon tuzilgan?
A) 1867-yilda B) 1868-yilda C) 1869-yilda D) 1870-yilda
14. Toshkentda meteorologiya stansiyasi qachon tashkil etilgan?
A) 1865-yilda B) 1866-yilda C) 1867-yilda D) 1868-yilda
15. O`rta Osiyo olimlar jamiyati qaysi yilda tashkil topgan?
A) 1869-yilda B) 1870-yilda C) 1871-yilda D) 1872-yilda
16. 1893-yilga kelib O`rta Osiyo olimlar jamiyati nima sababdan o`z faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan edi?
A) hukumat siyosatiga qarshi chiqqanligi tufayli B) mablag` yo`qligi tufayli
C) mahalliy olimlarning qarshiligi tufayli D) din ulamolarning qarshiligi tufayli
17. Turkiston muzeyi qachon va qaysi shaharda ochilgan?
A) 1877-yilda, Samarqandda B) 1886-yilda, Toshkentda
C) 1866-yilda, Qo`qonda D) 1876-yilda, Toshkentda
18. Arxeologiya xavaskorlar to’garagi qachon tashkil topgan?
A) 1893-yilda B) 1894-yilda C) 1895-yilda D) 1896-yilda
19. Vyatkin tomonidan Ulug`bek rasadxonasining qoldiqlari qaysi yildan topilgan?
A) 1906-yilda B) 1907-yilda C) 1908-yilda D) 1909-yilda
20. Xivada Nurillaboy saroyi qachondan boshlab qurila boshlangan?
A) 1903-yilda B) 1904-yilda C) 1905-yilda D) 1906-yilda
21. Turkistondagi birinchi o`zbek teatr truppasi qaysi shaharda tuzilgan?
A) Samarqandda B) Toshkentda C) Andijonda D) Qo`qonda
22. A. Avloniy tomonidan Toshkentda tashkil etilgan teatr qanday nomlangan?
A) “Jadid” B) “Turon” C) “Turkiston” D) “Toshkent”
23. Quyidagi qaysi asarda oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisi bo`lgan ba’zi urf-odatlar ya’ni urf-odatlar va an’analar tanqid ositiga olinadi?
A) “To`y” B) “Baxtsiz kuyov” C) “Kelin” D) “Marosim”
24. Sitorai Moxi Xosaning Oqsaroy zalidagi bezak ishlarini quyidagilardan qaysi biri boshchiligidagi ustalar bajarishgan?
A) Ro`zmat Masharipov B) Bobojon Qalandarov C) Ota Shohov D) Usta Shirin Muradov
25. Odina Muhammad Murod qayerlik bo’lgan?
A) Buxoro B) Toshkent C) Qo’qon D) Xorazm
26. Nechanchi yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan?
A) 1903-yilda B) 1901-yilda C) 1904-yilda D) 1902-yilda
27. Xudoybergan Devonovning ustozi kim bo’lgan?
A) A.Volkov B) Albert Uest C) Otto Vian D) Vilgelm Penner
28. Nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga Xivada yashashga ruxsat bergan shaxsni toping
A) Amir Abdulahadxon B) Muhammad Aminxon C) Said Muhammadxon
D) Muhammad Rahimxon II
29. Qaysi davrda bir nechta shaharlarda an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keladi?
A) XIX asr oxirida B) XX asr boshlarida C) XIX asr ikkinchi yarmida
D) XIX asr o’rtalarida
30. Tatar va ozarbayjon truppalari nechanchi yilda Turkistonda bo’lishgan?
A) 1910-1911-yillarda B) 1911-1913-yillarda
C) 1910-1912-yillarda D) 1912-1913-yillarda
31. Zokir eshon teatr uyushmasi qaysi shaharda faoliyat olib borgan?
A) Qo’qonda B) Toshkentda C) Andijonda D) Buxoroda
32. Qaysi shaharda teatr tashkil etilishida Mannon Uyg’urning xizmatlari katta?
A) Xivada B) Andijonda C) Buxoroda D) Qo’qonda
33. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” pyesasi nechanchi yilda va qaysi shaharda namoyish etilgan?
A) 1914-yil,Toshkent B) 1916-yil,Qo’qon
C) 1911-yil,Samarqand D) 1912-yil,Xiva
34. XIX asr oxirida qaysi shaharda jome masjidi quriladi?
A) Andijonda B) Samarqandda C) Toshkentda D) Buxoroda
35. Qaysi davrda vodiy me’morchiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’anasi kirib keladi?
A) XX asr boshlarida B) XIX asr boshlarida C) XIX asr ikkinchi yarmida
D) XIX asr oxirida
36. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at qaysi hududlar miniaturachilari ijodida namoyon bo’ladi?
A) Buxoro,Xiva,Samarqand B) Toshkent,Andijon,Qo’qon
C) Samarqand,Farg’ona,Toshkent D) Samarqand,Qo’qon,Buxoro
37. Nurullaboy saroyi qanday xonalardan iborat?
A) mehmonlar zali,dam olish zali,hammom,qabulxona va 2 ta masjidxona
B) kutish zali,qabulxona,taxtxona,ziyofatxona va 3 ta mehmonxona
C) qabulxona,darsxona,yotoqxona va 2 ta ziyofatxona
D) kutish zali,darsxona,taxtxona,qabulxona va 4 ta mehmonxona
38. Sitorai Mohi Xosa Buxoro shahri markazidan necha km janubda joylashgan?
A) 2,5 km B) 3 km C) 1,5 km D) 2 km
39. Sitorai Mohi Xosaning Oqsaroy zalini bezash ishlari necha yil davom etgan?
A) 3 yil B) 1 yil C) 4 yil D) 2 yil
40. Qaysi inshoot qurilishi munosabati bilan rus podshosi Nikolay II 2 ta maxsus qandil va kamquvvatli nurquvvat uskunasi sovg’a qilgan?
A) Nurullaboy qasri B) Sitorai Mohi Xosaning Oqsaroy zali
C) Xudoyorxon saroyi D) Toshkentning Yangi shahar qismidagi general-gubernatorlikning mahkamasi
Do'stlaringiz bilan baham: |