Variant-4
1. “Turkiston viloyatini idora qilish to`g`risidagi Muvaqqat Nizom” qachon va kim tomonidan tasdiqlangan?
A) 1866-yil, 16-avgust, Aleksandr III B) 1865-yil,6-avgust, Aleksandr II
C) 1867-yil, 15-avgust, Aleksandr II D) 1866-yil, 16-avgust, Aleksandr II
2.Mahalliy aholi kimni yarim podsho deb atagan?
A) Mahalliy hokimni B) harbiy gubernatorni C) uyezd boshliqlarini D) Pristavlarni
3. Pyotr I davrida rus ayg’oqchilari O’rta Osiyoga kim sifatida yuborilmagan
A) elchi B) zobit C) sayyoh D) savdogar
4. Toshkentda o`ziga xos muassasa – mahkama qachon joriy qilingan?
A) 1865-yilda B) 1868-yilda C) 1866-yilda D) 1867-yilda
5. Ruslar tomonidan tuzilgan uchastkalarga kimlar rahbarlik qilgan?
A) uyezd boshliqlari B) gubernatorlar C) generallar D) pristavlar
6. Farg`ona viloyatining markazi qaysi shahar bo`lgan edi?
A) Namangan B) Yangi Marg`ilon C) Qo’qon D) Andijon
7. Hozirgi To`rtko`l shahrining eski nomini ko`rsating.
A) Petro-Aleksandrovsk B) Kazalinsk C) Raim D) Kopal
8. Amudaryo bo`limi qaysi yilda tashkil topgan?
A) 1875-yilda B) 1877-yilda C) 1873-yilda D) 1874-yilda
9. N.Veryovkin va M.Chernyayevlarning 1864-yilda 3 mingdan ziyod qo’shini qaysi shaharlar yo’nalishi bo’ylab O’rta Osiyoga keladi?
A) Orenburg va Almati B) Bishkek va Astana C) Taroz va Chimkent D) Turkiston va Chimkent
10. XIX asrda Toshkent necha kilometrlik qal’a devori bilan o’ralgan edi?
A) 25 km B) 20 km C) 15 km D) 22 km
11. Oqmasjid qal’asi himoyachilari necha kun davomida qarshilik qilgan?
A) 10 kun B) 15 kun C) 25 kun D) 20 kun
12. Sirdaryo istehkom chizig’i qayerlarni o’z ichiga olgan edi?
A) Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha B) Sergiopoldan Orenburggacha
C) Semipalatinskdan Verniy shahrigacha D) Orenburgdan Almati shahrigacha
13. Podsho qo’shinlari qaysi shaharni egallagandan so’ng,Yangi Qo’qon chizig’i asosida qo’lga kiritilgan qal’alarni birlashtiradi?
A) Almati B) Turkiston C) Chimkent D) Toshkent
14. Avliyoota shahri qayerda joylashgan edi?
A) Talas daryosining chap sohilida B) Tajan daryosining o’ng sohilida
C) Murg’ob daryosining quyi oqimida D) Talas daryosining o’ng sohilida
15. Qo’qon xonligidan amirlashkar Aliquli (Alimqul) qaysi shaharlar mudofaasiga yuboriladi?
A) Toshkent va Jizzax B) O’ratepa va Urgut C) Turkiston va Chimkent D) Taroz va Toshkent
16. M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar bevosita Toshkentga hujum qilgan sanani toping
A) 1865-yil aprelda B) 1865-yil mayda C) 1865-yil iyunda D) 1865-yil avgustda
17. Quyidagi qaysi atama “so’nggi”,”oxirgi” degan ma’nolarni anglatadi?
A) Ultimatum B) Protektorat C) Ispravnik D) Pristan
18. Sirdaryo viloyati hududiga qayerlar kirgan?
A) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari
B) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati va Qo’qon xonligining bosib olingan sharqiy hududlari
C) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoli-g’arbiy hududlari
D) 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati va Qo’qon xonligining bosib olingan g’arbiy hududlari
19. Turkiston general-gubernatori nechanchi yilgi Nizom loyihasida ko’rsatilgan huquqlardan tashqari o’lkani boshqarish uchun mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda mustaqil faoliyat olib borishda katta huquqlarga ega bo’lgan?
A) 1865-yilgi B) 1886-yilgi C) 1867-yilgi D) 1873-yilgi
20. Erjar qishlog’i qayerda joylashgan edi?
A) Amudaryoning yuqori oqimida B) Sirdaryoning quyi oqimida
C) Sirdaryoning o’rta oqimida D) Zarafshon daryosining yuqori oqimida
21. Xo’jand qaysi shaharlarni o’zaro bog’lovchi hudud bo’lgan?
A) Toshkent,Qo’qon,Balx,Buxoro B) Samarqand,Buxoro,Termiz,Qarshi
C) Toshkent,Samarqand,Buxoro,Xorazm D) Karmana,Miyonqol,Boysun,Balx
22. Podsho hukumati tomonidan Xo’jand qachon egallanadi?
A) 1866-yil 21-mayda B) 1866-yil 24-mayda C) 1866-yil 27-mayda D) 1866-yil 25-mayda
23. Qaysi shaharlar himoyasiga Buxoro amirligidan harbiy kuchlar kechikib yetib kelgan?
A) Jizzax,Samarqand B) Buxoro,Urgut C) Toshkent,O’ratepa D) Toshkent,Jizzax
24. Erjar qishlog’idagi jang qachon yuz bergan?
A) 1866-yil 6-mayda B) 1866-yil 4-mayda C) 1866-yil 8-mayda D) 1866-yil 5-mayda
25. Ikki kunlik qamal(yoki jang)dan so’ng podsho qo’shinlariga taslim bo’lgan shaharlarni toping
A) Toshkent,Samarqand B) Jizzax,O’ratepa C) Urgut,Kattaqo’rg’on D) Xo’jand,Jizzax
26. Podsho qo’shinlari qaysi shaharda 3 ming askar,300 kazak va 12 to’pdan iborat qo’shinni qoldirgan?
A) Xo’jandda B) Jizzaxda C) Toshkentda D) Erjarda
27. Qaysi shaharda Qo’qonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi?
A) Toshkentda B) Buxoroda C) Jizzaxda D) Xo’jandda
28. N.Krijanovskiy Buxoro amiri vakili bilan uchrashuvda qanday talabni qo’ygan?
A) 5 kun mobaynida 50 ming rubl tovon to’lash B) 7 kun mobaynida 70 ming rubl tovon to’lash
C) 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to’lash D) 3 kun mobaynida 30 ming rubl tovon to’lash
29. Podsho hukumati qachon Jizzaxga qarshi harbiy harakatlarni boshlagan?
A) 1866-yil 11-oktabrda B) 1866-yil 12-oktabrda C) 1866-yil 18-oktabrda D) 1866-yil 14-oktabrda
30. Qaysi shahar 3 kun davomida o’qqa tutilib,hujum natijasida 2 mingdan ko’proq aholi halok bo’lgan?
A) Jizzax B) O’ratepa C) Xo’jand D) Erjar
31. Podsho qo’shinlari Jizzaxni egallagan sanani toping
A) 1866-yil 16-oktabr B) 1866-yil 18-oktabr C) 1866-yil 19-oktabr D) 1866-yil 17-oktabr
32. Zirabuloq jangidan so’ng K.P.Kaufman Amir Muzaffarga sulh tuzishni taklif qilib,maktub yo’llaydi.Maktubda qanday shartlar bayon etilgan edi?
1) Samarqand bekligini Rossiyaga berish
2) 500 ming rubl tovon to’lash
3) “harbiy xarajatlarni” to’lash
4) 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etish
5) imperatoring sodiq quli bo’lish
A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 1,2,5 D) 1,3,4
33. Qaysi jangda amirlik qo’shinining ilg’or jangovar qismi tor-mor keltiriladi?
A) Zirabuloq B) Cho’ponota C) Erjar D) O’ratepa
34. Podsho qo’shinlari Urgutdan so’ng qaysi shaharni bosib olishga kirishadi?
A) Shahrisabz B) Karmana C) Qarshi D) Kattaqo’rg’on
35. Kitob hokimi Jo’rabek va Shahrisabz hokimi Bobobek samarqandlik qo’zg’olonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’aga hujum qilgan sanani toping
A) 1868-yil 6-iyun B) 1868-yil 4-iyun C) 1868-yil 2-iyun D) 1868-yil 8-iyun
36. Samarqand qal’asini egallash uchun jangler olib borilgan sanani toping
A) 1868-yil 4-iyundan 7-iyungacha B) 1868-yil 2-iyundan 6-iyungacha
C) 1868-yil 5-iyundan 10-iyungacha D) 1868-yil 3-iyundan 9-iyungacha
37. Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi haqidagi shartnoma qachon imzolangan?
A) 1868-yil 28-iyunda B) 1868-yil 25-iyunda
C) 1868-yil 26-iyunda D) 1868-yil 23-iyunda
38. Abdumalik to’ra boshchiligidagi xalq qo’shinlari avval _________so’ng _________shaharlarini o’z qo’llariga olishdi?
A) Shahrisabz/Qarshi,Karmana B) Urgut/Miyonqol,Nurota C) Karmana/Termiz,Qarshi
D) Kattaqo’rg’on/Karmana,Miyonqol
39. P.Lessar nechanchi yilda Buxoroga diplomatik vakil etib tayinlanadi?
A) 1873-yilda B) 1875-yilda C) 1879-yilda D) 1871-yilda
40. Abdumalik to’ra nechanchi yilda Peshovarda vafot etadi?
A) 1907-yilda B) 1909-yilda C) 1906-yilda D) 1904-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |