Variant-3
1. Pyotr I tomonidan O`rta Osiyoga yuborilgan harbiy ekspeditsiyaga kim boshchilik qilgan edi?
A) N. Muravyev B) A. Bekovich-Cherkasskiy C) A. Jenkinson D) M. Perovskiy
2. Irtish daryosi sohilidagi Semipalatinsk shahri qachon qurilgan?
A) 1718-yilda B) 1725-yilda C) 1735-yilda D) 1740-yilda
3. Ingliz ayg`oqchisi M. Murkfortning Buxoroga sayohati qachon amalga oshirlgan edi?
A) 1825-yil B) 1830-yil C) 1824-yil D) 1832-yil
4. 1832-yilda Buxoroda bo`lgan ingliz ayg`oqchisini aniqlang.
A) M. Murkfort B) A. Bryons C) A. Jenkinson D) D. Ebbot
5. Kapitan J. Abbot Xivaga kelgan sanani aniqlang.
A) 1832-yil B) 1840-yil C) 1835-yil D) 1843-yil
6. Ingliz ayg`oqchisi D. Volf qachon Xivaga jo`natilgan?
A) 1843-yilda B) 1842-yilda C) 1840-yilda D) 1844-yilda
7. 1855-yilda ……..
A) Ruslarning Qo`qon xonligiga yurishi boshlandi. B) Buxoro va Xiva o`rtasida Rossiyaga qarshi ittifoq tuzildi
C) Inglizlar O`rta Osiyoni egallashga kirishdilar. D) Amudaryoning janubi Afg’oniston viloyatiga aylantirildi
8. 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan ingliz ayg`oqchilarini aniqlang.
A) Stoddart va Konnoli B) Volf va Abbot C) Abbot va Konnoli D) Byorns va Murkroft
9. Qrim urushi qaysi yillarda bo`lgan edi?
A) 1855-1866-yillarda B) 1855-1857-yillarda C) 1857-1860-yillarda D) 1853-1856-yillarda
10. Raim qal’asi qachon bunyod etilgan?
A) 1852-yilda B) 1847-yilda C) 1848-yilda D) 1855-yilda
11. O’rta Osiyoni bosib olish qaysi davrda Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi?
A) XIX asr o’rtalarida B) XIX asr oxirida C) XIX asr boshlarida D) XIX asr 1-yarmida
12. Rossiya imperiyasi tomonidan O`rta Osiyoning bosib olishning birinchi bosqichi qaysi yillarni o`z ichiga oladi?
A) 1847-1865-yillar B) 1853-1865-yillar C) 1862-1866-yillar D) 1865-1868-yillar
13. Turkiston viloyati qaysi general-gubernatorlik tarkibida tuzilgan?
A) Orenburg B) Turkiston C) Astraxan D) Sibir
14. Rossiya tomonidan O`rta Osiyoni bosib olishning 2-bosqichi qaysi yilgacha davom etgan?
A) 1866-yilgacha B) 1867-yilgacha C) 1868-yilgacha D) 1873-yilgacha
15. Rossiya tomonidan O`rta Osiyoning bosib olishning 4-bosqichida jangavor harakatlar asosan qaysi hududda olib borilgan edi?
A) Xiva xonligida B) Turkman yerlarida C) Shimoliy Afg`onistonda D) Tojik yerlarida
16. Ch.Stoddart va A.Konnolini qatl ettirgan Buxoro amiri kim?
A) Amir Muzaffar B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Shohmurod
17. Podsho Aleksandr II tomonidan Qo`qon xonligini bosib olishni davom ettirsh to`g`risidagi qaror qachon qabul qilingan?
A) 1855-yilda B) 1866-yilda C) 1867-yilda D) 1859-yilda
18. Oqmasjid qal’asi ruslar tomonidan qaysi yilda zabt etilgan?
A) 1852-yilda B) 1866-yilda C) 1864-yilda D) 1853-yilda
19. XIX asr o`rtalarida Toshkent shahrining nechta darvozasi bo`lgan?
A) 12 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 6 ta
20. Oqmasjid qal’asi ruslar tomonidan qanday qanday nomlangan?
A) Perovskiy forti B) Chernyaev forti C) Kaufman forti D) Aleksandrovsk forti
21. XIX asr o`rtalarida Toshkent shahri nechta dahaga bo`lingan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta
22. Verniy shahrini hozirgi nomini ko`rsating.
A) Bishkek B) Almati C) Jalolobod D) O`sh
23. Avliyoota (Taroz) shahri ruslar tomonidan qachon bosib olingan?
A) 1864-yil, 16-iyun B) 1864-yil, 4-iyun C) 1864-yil, 29-may D) 1864-yil kuzida
24. Turkiston shahri ruslar tomonidan qachon bosib olingan?
A) 1864-yil, 12-iyul B) 1864-yil, 16-iyun C) 1864-yil, 4-iyun D) 1864-yil, 29-may
25. 1864-yil kuzida ruslar tomonidan quyidagi qaysi shahar bosib olingan?
A) Turkiston B) Avliyoota C) Toshkent D) Chimkent
26. General Chernyayev qachon podshoga o’zini yaxshi ko’rsatish uchun Toshkentni bosib olishga uringan ?
A) 1864-yil, 15-sentyabr B) 1864-yil, 3-noyabr C) 1864-yil, 1-oktyabr D) 1864-yil, 2-avgust
27. 1-marta Toshkentni egallay olmagan Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlarini yo`qotib qaysi shahar tomon chekingan edi?
A) Avliyoota B) Chimkent C) Turkiston D) Niyozbek
28. Turkiston viloyati qaysi yilda tuzilgan?
A) 1865-yilda B) 1866-yilda C) 1867-yilda D) 1868-yilda
29. 1865-yil aprel oyi oxirida Toshkent yaqinida podsho qoshinlarining asosiy zarba kuchini nima tashkil qilgan?
A) kuchli otliq qo`shin B) To`plardan iborat artilleriya
C) samolyotlar D) 8 ming piyoda askarlar
30. Chernyayev bilan Toshkent dahalari o`rtasidagi shartnoma qachon tuzilgan?
A) 1865-yil, 17-iyun B) 1865-yil, 20-iyun C) 1865-yil, 25-avgust D) 1865-yil, 25-may
31. Quyidagilardan qaysi biri M. Chernyayevning o`rnigan Turkistondagi rus qo`shinlarining bosh qo`mondoni etib tayinlangan edi?
A) General Kuropatkin B) General Skobelev C) General Romanovskiy D) General Abramov
32. 1866-yil kuzida O`ratepaga yurish qilgan rus qo`shinlarining tarkibida nechta piyoda askarlar bor edi?
A) 6000 ta B) 5000 ta C) 2000 ta D) 10000 ta
33. Jizzax qachon ruslar tomonidan bosib olingan?
A) 1866-yil, 20-sentyabr B) 1866-yil, 10-noyabr C) 1866-yil, 18-oktyabr D) 1866-yil, 2-dekabr
34. Ruslarning 1866-yildagi bosqinchilik kampaniyasi quyidagi qaysi shaharni egallash bilan tugagan?
A) Samarqand B) Jizzax C) Xo`jand D) O`ratepa
35. Sirdaryo viloyati qaysi yilda tuzligan?
A) 1865-yilda B) 1867-yilda C) 1868-yilda D) 1867-yilda
36. K. P. fon Kaufman qaysi yillarda Turkiston o`lkasini boshqargan?
A) 1867-1881-yillarda B) 1866-1881-yillarda C) 1865-1880-yillarda D) 1867-1885-yillarda
37. Samarqand qachon ruslar tomonidan egallangan?
A) 1868-yil, 2-may B) 1868-yil, 3-may C) 1868-yil, 4-may D) 1868-yil, 5-may
38. Kaufman ruslarga qarshi chiqqan Urgut aholisi huzuriga taslim bo`lish taklifi bilan kimni yuborgan edi?
A) General Romanovskiy B) General Skobelev C) Polkovnik Abramov D) General Chernyayev
39. Bir yilda bo’lgan voqealarni toping
1. Muhammad Rahimxon madrasasi qurildi 2. “Xudoyqul Anvar” asari yaratildi 3. Baroqxon madrasasi qurildi
4. Baroqxon madrasasida qayta tiklash ishlari amalgam oshirildi 5. Munis vafot etdi
A) 1,5 B) 4,5 C) 2,4 D) 1,2
40. Sergiopol,Kopal.Olatavsk yerlari qaysi viloyat tarkibiga kirgan?
A) Sirdaryo B) Yettisuv C) Kaspiyorti D) Samarqand
41. Turdi Ali va Mulla Mahmud faoliyati bilan bog’liq inshootni toping
A) Xudoyorxon saroyi B) Muhammad Rahimxon madrasasi
C) Muhammad Aminxon madrasasi D) Tillashayx jome masjidi
Do'stlaringiz bilan baham: |