SHUM BOLA
G‘afur G‘ulom
...Domlaga ergashib, hovlisiga bordim. Domla ik
-
kita qo‘rga ko‘milgan jo‘xori bilan bitta sopol tovoqda
moshxo‘rda chiqarib berdi. Bu lazzatli taomni huzur
qilib ichib oldim.
Domla ichkariga kirib ketdi-da, birozdan keyin qo‘lida
bitta katta pichoq, bir bolta va biroz chiyratma arqon
bilan to‘ppa-to‘g‘ri mening oldimga keldi. Men bo‘lsam,
domlaning nima niyatda ekanligini tushunmasdan, hurko
-
vuch kiyikdek oyog‘imni bir yerga g‘uj qilib, qochishga
hozirlangan, og‘zimni bo‘lsa dodlashga juftlagan edim.
102
Domla mening harakatimdan bir narsa sezdimi, hay
-
tovur, kulimsirab, meni yupatib dedi: – Qo‘rqma, seni
so‘ymayman, men yomon emasman. Senga bir xizmat
bor, o‘g‘lim, bir poy ho‘kizim bir necha kundan bu-
yon bo‘kib, novqoslanib yotibdi. Mana shu asboblarni
boshingga qo‘yib hushyorroq yotasan, mabodo, ho‘kiz
yomonlab qolguday bo‘lsa, bo
-
rib darrov bo‘g‘ziga pichoq tortib
yuborasan-da, meni chaqirasan.
Ehtiyot bo‘l, tag‘in uxlab qolib,
harom o‘ldirib qo‘yma.
– Xo‘p, taqsir, – dedim. –
Choy-poy yo‘qmi?
– Nima-nima, nimchorak choy
bir miri-ku, sen choy ichasan
-
mi, suv ariqda oqib yotibdi, erin-
sang, ana obdastada ham bor,
ichaver...
Domla buyurgan ishning oson
ko‘chganligini bilib sevindim, dom
-
la ichkariga kirib ketdi. Dom
-
la chiqarib bergan ko‘rpachaga
cho‘zildim.
Allavaqtlargacha
ko‘kka qarab, termilib yotdim.
Qo‘rg‘onchaning atrofida har bir
qoraygan ko‘lanka vahima solib,
meni qo‘rqitar edi. Uxlay olma
-
dim.
Yarim kechadan og‘ib, tong
yaqinlashib
qolganda,
ko‘zimni
g‘ira-shira uyqu bosgan bo‘lsa
103
ham, xayolim uyg‘oq edi. Og‘ilxona tarafda bir nima-
ning «gurs» etib yerga yiqilib, xirillay boshlagani eshi-
tildi.
«Obbo, harom o‘lgur, yomonlab qoldi-yov», deb
o‘yladim-da,
arqon
bilan
pichoq-boltani
ko‘tarib,
og‘ilxonaga qarab yugurdim. Qorong‘ida qandaydir bir
hayvon yerda yotib, xirillamoqda edi. Tikka oldiga bo
-
rib, devkor salloxlarday bo‘g‘ziga pichoq tortib yubor
-
dim. Qon demaganingiz tizillab otilib ketdi. Oyog‘imdan
tortib basharamgacha qonga bo‘yaldim. Jon bermoqchi
bo‘lgan hayvon eng so‘nggi nafasda ma’rab qolmoq-
chi bo‘ldimi, ichidan butun o‘pkaning siqilib yoyilishi
-
dan paydo bo‘lgan hansirash bilan katta hammomning
dudbo‘roniday pishqirib yubordi.
Hayvon jon berib bo‘ldi. Garchand, domla: «Meni
chaqir yoki hafsalang kelsa terisini shilib, nimta qilib
qo‘ygin», degan bo‘lsa ham, qorong‘i bo‘lgani, ham bir
chekkasi o‘zim charchaganim uchun... bu ishlarni erta
tongga qoldirdim.
Katta bir tashvishdan qutulgan kishilarday osoyishta
-
lik bilan tinchlanib, yana ko‘rpachaga cho‘zilib, uyquga
ketdim.
Azonga yaqin shirin uyquda ekanman, och biqinim
-
ga tumshug‘i qayrilib ketgan baland poshnali sag‘ri ka
-
vushning bergan achchiq tepkisidan cho‘chib uyg‘ondim.
Tepamda xalta ko‘ylakli... har bir ko‘zi g‘ayni olxo‘ridek
qinidan chiqib ketgan domla pochcham turar edilar.
Alanglab o‘rnimdan turishim bilan domlaning qo‘lidagi
teskari ushlangan boltaning muhrasi yelkamga kelib
tushdi. Alamlanib ketdim.
104
– Ha, taqsir, bir yetimni hadeb ura berishmi, xiz
-
matga tuhmatmi, taqsir? – deb yig‘lab yubordim.
– Ha xizmating boshingni yesin! – dedi domla.
– Eshakni so‘yib qo‘yibsan-ku, padar la’nat! Men bu
eshakni Buxoroyi sharifdan uch tilloga olgan edim. O‘zi
ham qanday eshak edi-ya, bay-bay eshagim...
Eshakka motamzada bo‘lgan domla meni hech im
-
kon bermay savalar edi.
Ma’lum bo‘lishicha, men kechasi qorong‘ida yang
-
lishib, kulga ag‘anab yotgan eshakni novvos ho‘kiz gu
-
mon qilib, bo‘g‘ziga pichoq tortib yuborgan ekanman.
Ho‘kiz bo‘lsa allaqachon yomonlab harom qotgan ekan.
Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday to‘rt tomonga
alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim...
1. Domla yetim bolani ovqatlantirib, unga qanday ish
topshirdi?
2. Domlaning bola bilan dastlabki va keyingi suhbatini
taqqoslab o‘qing. U yetim bolaga qanday munosabat
-
da bo‘ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |