ALISHERNING YOSHLIGI
Oybek
I
Alisher katta bog‘ hovlining har bir burchagini tomosha
qilib uzoq yurdi. Daraxtlarning novdalariga osil gan rangdor
qafaslardagi to‘ti, bulbul, maynalarni maroq ila tomosha qil
-
di. Ularning qafas ichra tinimsiz sakrashla rini, sayrashlarini
uzoq kuzatdi. Qushlarga qa rab yuradigan maxsus xizmat
-
korga ergashib, unga bitmas-tuganmas savollar berdi.
Bir payt qarshisida yetti yoshlardagi shahzoda
Husayn paydo bo‘ldi. Uning boshida kichkina ipak sal
-
la, ustida yangi baxmal to‘n, oyoqlarida zarhal etik,
kamariga oltin sopli kichik xanjar suqilgan. Husayn os
-
monga sapchishga tayyor, olovday shijoatli bola edi.
97
– Qullar, kanizlar oyog‘iga o‘ralib ne qilib yurur-
sen? – deb so‘radi qah-qahlab Husayn.
– Qushlarni sayr eturmen, bir-biridan ko‘r
kam... – deb
javob berdi Alisher...
Shahzoda Husayn va Alisher ko‘chaga otildilar. Katta
maydonda yigitlar o‘q uzish mashqi ila mashg‘ul edi
-
lar. Beklar, mirshablar ko‘p edi. Bolalar qiziqib tomosha
qildilar. Bir tomonda ikki fil lopillab, qaydandir katta-kat
-
ta xarilarni tashib kelardi.
Fillar ustida o‘ltirgan bo‘z yaktakli ikki oriq chol
o‘zaro tinmay gaplashib, ba’zan kulib qo‘yar edi. Sovut
kiygan, ot mingan yigitlar bir qo‘llarida yoy, bir qo‘llari
bilan o‘q uzardilar. Ular bir marraga yetganda darhol
qilich-qalqon tutib qilichbozlikka kirishar, shovqin-suron
ko‘tarar, chuvvos-hayqiriq bilan maydon o‘rtasida yig‘ilib
qolar edilar. Maydon chetida bir to‘da beklar «Yax
-
shi-yaxshi!», «Balli!», «Durust!», «Ofarin!» deb ularni
rag‘batlantirib turardilar.
– Jasur yigitlar-a! – dedi Husayn kattalardek sal
-
moqlanib, – Xudo xohlasa, men qilichboz bo‘lurmen,
ko‘zimga ko‘ringan yovning kallasini sapchadek uzur
-
men.
Alisher indamadi. U maydonda chopib yurgan otlar-
ning qaysi biri suluv, qaysi biri chopqirroq, degan xa-
yol bilan band edi.
– Qara, kabutarlar raqsini ko‘r! – Alisherning yengini
tortdi osmonga qarab Husayn...
– Kabutarlar farishtalarga o‘xshaydi-ya! – dedi
o‘ylanib Alisher.
– Men xo‘b sevadurmen kabutarlarni, tomoshadan
charchashni bilmaydurmen, ishqim baland...
4–O‘qish kitobi, 4-sinf
98
Shu tobda Husayn oldida beo‘xshov o‘ralgan kat
-
ta sallali, ko‘zlari hiylakor, o‘ttizlardan oshgan bir
yi git, qo‘llari ko‘ksida, ta’zim ila to‘xtadi:
– Shahzoda, kech bo‘ldi, ruxsat bersalar, ketaylik.
– Shahzoda, xayr, yaxshi borsinlar, – dedi Ali-
sher ham hayajonda. Alisher asta yurib, ichkariga kirdi.
Bazm avjida edi.
Mehmonlar oldiga yoyilgan dasturxonda qalashti-
rib tashlangan taomlar, rango-rang mevalar, qo‘llarini
ko‘ksiga qo‘yib uchib yurgan kanizaklar toboqlarda yan
-
gi-yangi taomlar tortib, guloblar
tashirdilar. Alisherning onasi shi
-
virlab:
– O‘tira qol, shovqin qilma, –
deb o‘g‘lining oldiga u-bu taom
-
lardan surib qo‘ydi. Musiqa tin
-
masdi, bir to‘da cholg‘uchilar
xonaning bir chetida o‘tirib, tan
-
bur, dutor, ruboblarni nihoyatda
mohirlik bilan chertar edilar...
Ko‘ngli shirin mavjlarga to‘lib,
xayolchan o‘ltirgan Alisher onasi
-
ning tizzasini sekin turtdi:
– Musiqa sehrli-ya, o‘yinlarni
qarang, menga yoqadur...
Gulbegim kulimsiragan holda
mamnun shivirladi:
– Tingla!
Bazm oqshomga qadar da
-
vom etdi. Keyin malika boshliq
mehmonlar hovliga chiqib bazmni
tag‘in qizitdilar.
99
– Yur, o‘g‘lim, ketaylik, – dedi Gulbegim past to
-
vush bilan va Alisherning qo‘lidan ushladi.
Ular qasrdan chiqqanda G‘iyosiddin Kichkina bog‘da
bir bek bilan oyoq ustida turib suhbat qurar edi. Ali-
sher sevinib, otasi oldiga yugurdi...
Alisher cho‘zilib otasining bo‘ynidan quchib o‘pdi-da,
chetda turgan onasi oldiga yugurdi, birga ko‘chaga chi
-
qib ketdilar.
– O‘g‘il chakki emas, tiyrak, begona ko‘zdan asra
-
sin! – dedi zimdan bolani ta’qib qilib turgan bek.
G‘iyosiddin Kichkina kamtarona ohangda:
– Ilohim, mulla bo‘lsin, zehni yaxshi, – dedi. So‘ng
o‘zi ham ichida: «Ha, Tangrim yomon ko‘zdan asra
-
sin», – deb qo‘ydi.
1. Alisher bilan Husayn bog‘da nimalarni tomosha qilishdi?
2. Ularning suhbatiga qarab har ikkisining nimaga qizi
-
qishini ayting.
II
Alisher o‘zi tengi ikki qo‘shni bola bilan hovlida
soqqa o‘ynardi. Bolalarning ustida malla yoqa bo‘z
ko‘ylak, boshlarida kir oq takya, oyoqlari yalang. Ali-
sher ham xiyla uringan, eskirgan etiklarini yechib, de
-
vor tagiga tashlagan edi. Soqqalarni uzoqqa uloqtirib,
keyin halloslab yugurdilar. Alisher harakatchan, yugurik,
soqqa ortidan chopganida o‘rtoqlaridan qolishmaydi.
O‘yindan zerikkach, soqqalarni yig‘ishtirib, devor soyasi
-
da bir lahza cho‘qqayib o‘tirdilar. Shu tobda daraxtlar
orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hidladi, erkalanib
surkaldi. Alisher kiyikning bo‘ynidan quchib, boshini silab
ulgurmagan ediki, jonivor bir zumda yo‘q bo‘ldi.
100
– Seni tanir ekan, qurmagur, xo‘b o‘rgatibsan
o‘zingga, – dedi bolalardan biri.
– Rost, qoyilman! – deya ma’qulladi zavq bilan ik-
kinchi bola. – Hozir oldingda turgan kiyik otilgan
o‘qdek uchdi-ketdi, zap ziyrak, chopqir bo‘ladi-da.
Alisher kulimsirab, kiyikning xulqi, qiliqlari haqida jid
-
diy so‘zlay boshladi:
– Tog‘am, ermak bo‘lsin, deb dashtdan olib kelgan
edilar. U kishi usta merganlar. Hayvonlarning, ayniq
-
sa, kiyiklarning xulq-atvori, qiliqlari haqida maroq bilan
hikoya boshlasalar, kulli jahonni unutib yuboray deyman.
To‘satdan yana paydo bo‘l gan kiyik halloslagancha
Ali sherning pinjiga bosh suqdi. Sevinib ketgan Alisher:
– Mu-mu, birpasgina jim tur, – dedi kiyikni erkalab.
Na riroqdagi oppoq tovuqlarga ko‘ zi tushgan kiyik: «Bular
kim bo‘ldi?» degandek, qop-qora ko‘zlarini yanada kat
-
taroq ochdi, bir zum taajjubda tikilib boqdi-da, keyin bir
sakrab hovlining qaysi tomonigadir g‘oyib bo‘ldi.
– Pok, ozoda, ajoyib suluv jonivor, – dedi zavq
bilan tomosha qilgan bola.
– Katta bo‘lganimda ovchi bo‘lgumdir, tog‘larda mer
-
ganlik qilishning kayfi zo‘r, – dedi kiyik ketgan tomon
-
ga tikilganicha ikkinchi bola.
– Bizning vatanimiz Hirot o‘lkasi jannatmakon de
-
sak lof bo‘lmas, do‘stlarim, – dedi Alisher cho‘p bilan
yerga nelardir chizgan holda, boshini ko‘tarmasdan. –
Meningcha, bo‘ri, yo‘lbars yanglig‘ vahshiy hayvonlarni
ov qilmoq ma’qul. Kiyikday beozor maxluq, fahmimcha,
dunyoda kamdur deyman.
– Qiyofasining suluvligini qaranglar! Go‘shti ham laz
-
zatlidir-a? – dedi qoracha bola, soqqalarini sanay tu
-
rib. Shirin xayollar zanjirini uzgisi kelmagandek, sukutda
101
o‘ltirgan Alisher o‘rtog‘ining aytganini eshitmadi shekilli:
– Ov qilmoq, merganlik – ermak narsa, lekin eng zo‘r
zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirlarini maktab
o‘rgatadi.
Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib, bir
on jim qolgan bolalarning kattarog‘i:
– Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? – deb so‘radi
Alisherga tik qarab.
– Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor
bo‘lmaydi», – deydilar. Otamning oldiga olim odamlar
ko‘p keladi, turli gap-so‘z, ajoyib g‘azallarni bir chetda
o‘ltirib tinglaymen, o‘zim ham xiylagina g‘azallarni yod
bilurmen...
Alisher yaqinda maktabga borajagini, otasi ko‘pdan
va’da qilib yurganini aytmoqchi edi, lekin aytmadi.
1. Alisher o‘rtoqlari bilan nima haqda suhbatlashdi?
2. O‘zingiz hikoya bo‘limlariga mos sarlavha toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |