SULTON MAHMUD VA BERUNIY
Nizomi Aruzi Samarqandiy
Bir kuni Sulton Mahmud G‘aznada Ming chinor
bog‘idagi qasrining boloxonasida vazirlar, olimlar, shoir
-
lar bilan o‘tirib, birdan Abu Rayhon Beruniyga nazari
tushib di va uni imtihon qilmoqchi bo‘libdi.
– Qani ayt-chi, munajjim, – debdi u Abu Rayhon
-
ga murojaat qilib, – men shu boloxona to‘rt eshigining
qaysi biri orqali tashqariga chiqishim mumkin? Fikring
-
ni qog‘ozga yoz va shu yerdagilardan birontasiga, hat
-
to o‘zimga ham ko‘rsatmay, men o‘tirgan ko‘rpachaning
qatiga qistirib qo‘y!
Abu Rayhon usturlobni qo‘liga
oldi, bo‘r va taxtacha keltirishla-
rini buyurdi. So‘ng oftobning ba
-
landligini o‘lchadi, jadval tuzdi,
biroz o‘ylanib turib bir parcha
qog‘ozga allanimalarni yozdi va
uni to‘rt buklab sulton aytgan
joyga yashirdi.
178
– Topdingmi? – deb so‘radi sulton.
– Topdim, – dedi Abu Rayhon qo‘l qovushtirib. Sul
-
ton qog‘ozga tegmadi, ustalarni chaqirtirib, boloxonaning
kunchiqar tarafidagi devordan eshik ochishlarini buyurdi.
So‘ng o‘sha eshikdan tashqariga chiqdi, hayal o‘tmay
qaytib kirdi. O‘rniga o‘tirgandan keyin ko‘rpacha qatidagi
qog‘ozni olib o‘qidi. Unda: «To‘rt eshikning birontasidan
ham tashqariga chiqmaydilar, balki kunchiqar tarafdagi
devordan yangi eshik ochtirib, o‘shandan chiqadilar», –
degan so‘zlar yozilgan ekan. Sulton xunibiyron bo‘lib,
g‘ulomini chaqirtirdi-da: «Abu Rayhonni qasr tomiga olib
chiqib, yerga uloqtiringlar!» – deb amr qildi. Buyruq
bajo etildi. Lekin u shu voqeadan sal ilgari sultonning
ko‘rsatmasi bilan tortib qo‘yilgan soyabon ustiga tushdi.
Shuning uchun ham biron yeri lat yemadi. Sulton
-
ning amri bilan uni yana boloxonaga olib chiqdilar.
Sulton unga mug‘ambirona boqib dedi:
– Ey, Abu Rayhon! Buni ham oldindan bilganmiding?
– Ha, bilgan edim, sultonim, – deb javob qildi Abu
Rayhon.
– Buni nima bilan isbotlaysan? – Sulton unga
o‘qday tikildi.
Abu Rayhon g‘ulomini chaqirtirdi. U xojasining daf
-
tarini keltirib berdi. Olim uning orasidan bir varaqni
yirtib olib, sultonga tutdi. Sulton qog‘ozni o‘qib ko‘rib
hayron bo‘ldi, boshini quyi solib sukutga ketdi. O‘sha
varaqda:
«Meni falon kuni, falon joyda balandlikdan yerga
uloqtirib yuboradilar. Lekin biron yerim lat yemay, sog‘-u
salomat qolaman», – degan gaplar yozilgan ekan.
179
1. Sulton Mahmud Abu Rayhonning bilimdonligini qanday
qilib sinab ko‘rdi?
2. Matndan Beruniyning o‘z taqdirini bashorat qilgan
o‘rinlarni qayta o‘qing.
TANBEH
Xondamir
Amir Alisher 1488-yili Hirotning Jome masjidini ta’-
mirlashga urinayotgan edi. Binoning yozuvlarini yozib
berish Mirak naqqosh taxallusi bilan mashhur bo‘lgan
Said Ruhulloga topshirilgan edi. U beparvolik qilib, ish
-
ga kechikibroq qo‘l urdi. Naqqoshlar unga qarab ish
boshlolmay turdilar.
Ishboshilar Mirak naqqoshga nasihat ham, do‘q-
po‘pisa ham qilib ko‘rdilar. Lekin foydasi bo‘lmadi. Ah
-
volni ulug‘ amirga arz qildilar. Amir qiziq bir tadbir
ishlatdi. O‘sha paytda Mirak naqqosh Hirot atrofidagi
Saidravon qishlog‘ida dam olayotgan edi. Amir Alisher
Jaloliddin munshiyni chaqirtirib buyurdi:
– Said Ruhullo devoni oliyga besh ming dinor qay
-
tarishi zarurligi haqida hujjat tayyorlang.
Maktub keltirilgach, amir Alisher Said Ruhullo tani
-
maydigan ikki navkarni chaqirtirib keltirdi. Hujjatni ular-
ning qo‘liga topshirib buyurdi:
– Saidravon qishlog‘iga boringlar, Mirak naqqosh
-
ni topib, qayd etilgan mablag‘ni siyosat bilan talab qi-
linglar, o‘zlaringizni esa shahzoda Faridun Husayn mir
-
zoning navkarlari deb tanishtiringiz.
Navkarlar Saidravon qishlog‘iga bordilar. Mirak naq-
qoshni topib, giribonidan oldilar va hujjatda ko‘rsatilgan
mablag‘ni talab qildilar. Said Ruhullo hayrat dengiziga
180
cho‘mdi, so‘ng vaziyatni hisobga olib, yalinib-yolvorishga
tushdi:
– Hoy birodarlar, meni masjidi jomega olib boringlar,
agar hoziroq ishga tushmasam har narsa bo‘lay.
Navkarlar uning arz-dodini qabul qildilar. Said Ruhul
-
loni Hirotga olib bordilar. Amir Alisher masjid qurilishi
tepasida ekan. Naqqosh uning oyoqlariga yiqilib zorlandi:
– Kambag‘allik nihoyasiga yetgan shunday bir payt-
da besh ming dinorni bandaning zimmasiga yozibdilar.
Bandaga rahm qilib, shu qog‘ozni qaytarib olish cho
-
rasini ko‘rsalar, abadul abad ota-bobomning rahmatiga
musharraf bo‘lur edingiz.
Amir janoblari dedilar:
– Hujjatni qaytarish mushkul, shunday bo‘lsa ham
bir qadar urinib ko‘rurmiz. Faqat shu shart bilanki, siz
ham o‘n besh kun ichida ushbu muborak manzilning
tashvishlaridan ko‘nglimizni tinchitib qo‘ysangiz.
Mirak naqqosh ulug‘ amirning shartini qabul qildi va
mana bunday tilxat ham yozib berdi:
«Agar belgilangan muddatdan biror kun o‘tkunday
bo‘lsa, banda mablag‘ xususida o‘zini uzrsiz javobgar
hisoblaydi». Shundan keyin amir Alisher mulozimi Ka
-
moliddin Husaynni chaqirtirib buyurdi:
– Mirak naqqoshni devonga olib boring, nima bo‘lsa
ham uning nomiga yozilgan hujjatning bekor qilinishiga
ko‘maklashing.
Said Ruhullo xursand bo‘ldi.
1. Alisher Navoiy Mirak naqqoshning yalqov va bepar
-
voligiga qarshi qanday chora qo‘lladi?
2. Rivoyatdan Alisher Navoiyning qanday fazilatlarini
bilib oldingiz?
181
Do'stlaringiz bilan baham: |