Toshkent vohasi toponomikasi bajardi: A. Azamov tekshirdi: R. Qo’yliyev toshkent-2022 Toshkent vohasi toponomikasi. Mundarijia


X-XI asrlarda. Choch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari



Download 77,25 Kb.
bet6/7
Sana09.07.2022
Hajmi77,25 Kb.
#766477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Azamov Asomiddin

2.3 X-XI asrlarda. Choch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari.
Choch geografik tushuncha sifatida ilk bor sosoniylar shohi Shopur I milodiy 262 yilda Erondagi zardushtiylik ibodatxonasida o‘yib yozilgan bitigida tilga olingan. Bitikda Chochiston tog‘lari Sosoniylarning Sharqdagi chekka yerlari qatorida tilga olingan. Arxeologik ma'lumotlar xulosasiga ko‘ra, bu o‘lkalarning eng qadimgi poytaxti avvalda Toshkentdan 70 km janubdagi ulkan Qanqa shahri o‘rnida joylashgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik Toshkent shahri hududidagi suv tarmog‘i Salor bo‘yidagi Mingo‘rikda asosiy diniy markaz atrofida ko‘plab shaharlashgan manzilgohlar vujudga keldi.
Choch poytaxti "asl tosh shahri" Mingo‘rikdagi shaharning poytaxt maqomini olganligi uning hududi kengayishida va milodiy VII asrning birinchi choragidan boshlab saroy tipidagi yirik inshootlar qad ko‘tarishida o‘z aksini topgan. Bunday binolar otashparastlar tashlab ketgan diniy inshoot bilan birga tepalik ustiga qurilgan. Saroy ham, qo‘rg‘on ham shahar hududidan baland bo‘lgan. Asosiy savdo yo‘llari "Ipak yo‘li" tarmoqlarining shimolga o‘tganligini poytaxt ko‘chirilishining sabablaridan biri bo‘lgan deb hisoblash mumkin. Bu yo‘llar endilikda yettisuvdan Katta dashtlikni chekkalab to Orolbo‘yigacha cho‘zilib ketgan edi. Turk xoqonligi va Eronning Sosoniylar davlati o‘rtasida vujudga kelgan siyosiy qarama-qarshiliklar paytida mahsulotlarni Eron savdo yo‘llari orqali olib o‘tish mumkin bo‘lmay qolgandi.
Poytaxtni Mingo‘rikdagi shaharga ko‘chirilishi turli davr larga oid xitoy manbalarida aks etgan. Bu manbalariing dastlabkilarida Shi shahri aylanasiga 10 li (1 li 400 500 m) bo‘lgan deb ta'kidlansa, keyingi manbalar esa fakat 3 li deb ko‘rsatadi. Gap turli shaharlar haqida borayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ulardan katgasi Qanqa shahri bilan qiyoslansa, kichigi uning vorisi Toshkent hududida joylashgan Mingo‘rik xisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xitoy manbalaridagi Shi toponimi endi Toshkent qududidagi shaharga nisbatan qo‘llanila boshlangan. Mahalliy nomlarning xitoychada "Je She" va "Shi" (ieroglif "tosh" ma'nosi) tarzida ifodalanishi Toshkentning turkiy nomi "tosh shahar"da ham o‘z aksini topgan. Bu nom sof ma'noda emasligi aniq, chunki shahar hyech qachon toshdan barpo etilmagan.
Bu ta'rif Choch aholisining dushmanlarga qarshi kurashda mardlik va matonatini namoyon etganligini ifodalaydi, degan fikr ham mavjud. Shaharning Avestoda hikoya qilingan "qudratli turlar" mamlakatida vujudga kelganligini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Bu nom o‘zagida Chatqol Qurama tog‘laridagi boylik yarim qimmatbaho feruza toshiga ishora borligi haqikatga yaqinrokdir. Xitoy matnlariga murojaat etib "shi" atamasi "tosh", "qimmatbaho tosh"ni anglatishini bilamiz, qadimgi turkiy tilda esa ses (chech) so‘zi nafaqat "qimmatbaho tosh", balki, aniq "feruza" ma'nosini beradi. Atamaning ana shu lug‘aviy ma'nosini hisobga olib, Toshkentni "asl tosh", ya'ni "feruza shahar" deb atash mumkin.
Milodiy V asr o‘rtalarida Choch, bir vaqtlar Qang‘ davlati tarkibidagi boshqa mulklar singari Eftaliylar davlatining bir qismiga aylandi. Milodiy VI asrda bu davlat janubdan Sosoniylarning, shimoldan esa turkiy qabilalarning yangi qudratli uyushmasi Turk xoqonligi zarbalariga uchradi. VI asrdan boshlab Chochning butun tarixi Turk hoqonligi tarixi bilan chambarchas bog‘landi. Mo‘g‘ulistondan Oltoygacha bo‘lgan xududni egallagan hoqonlik g‘arbga tomon kengaya bordi. 555 yilda turk hoqoni Buminning ukasi Istami (yunoncha Sizabul) katta kuch bilan g‘arbga yurish boshladi8.
U o‘z ta'sir doirasini "G‘arbiy dengiz"gacha, janubda esa sosoniylar Eroni chegaralarigacha yoydi. Choch, Parak (Chirchiq)ning butun hududi, Farg‘ona, Samarqand, Kesh va Naxshab (hozirgi Qashqadaryo) Istami hoqon hukmronligi ostida qoldi. Turk hoqonligining eftaliylar bilan kurashi Chochning Sirdaryo bo‘yidagi hududlarida ham bo‘lib o‘tdi. Manbalardan ma'lum bo‘lishicha, bu harbiy janglar mamlakatni ancha xarob qildi. Bu badiiy shaklda "Shohnoma"da o‘z aksini topgan, unda yozilishicha,


8 Qorayev S. Toponomika. – Toshkent, 2006. – B. 143 – 145

Chochda suvoriylarining shiddatli to‘qnashuvlari natijasida Gulzariyun (Sirdaryo) suvi "qizil gul" tusiga kirgan. Asosiy voqyealar vohaning janubiy qismida va yanada janubroqda sodir bo‘ldi. Qanqa shahar xarobasidagi tadqiqotlar bu janglar davomida uning vayron bo‘lganligini va aholisi ko‘targan qo‘zg‘olon bostirilganligini ta'kidlaydilar. Chunonchi, shaharning V-VI asrlardagi asosiy ibodatxonasida hujum va yong‘in asoratlari yaqqol ko‘zga tashlanadi9.


Aksincha, bu davrda Choch vohasining shimoliy hududlari, ya'ni Chirchiqning o‘rta havzasidagi yerlar, shu jumladan, Toshkent mikrovohasi, jadal o‘zlashtirildi. VII asrning birinchi choragidan boshlab Mingo‘rikdagi shahar, chamasi, Choch poytaxti maqomini oldi. Chatqol Qurama tog‘laridagi rangli va asl metal konlarining o‘zlashtirilishi ham shaharning iqtisodiy yuksalishiga yordam berdi, bu tog‘larda "Choch kumush koni" ishlab turgan. Shuningdek, feruza va temir rudasi ham qazib olingan. Asosiy karvon yo‘llarining va xalqaro tranzit savdosi markazining shimol tomonga siljishi ham Chochning yuksalishiga qulay imkoniyat yaratdi. Uning poytaxti "Ipak yo‘li" bo‘ylab o‘tadigan savdoda faol qatnashdi.
VI-VII asrlarda Chochda urbanistik jarayonning kuchayishiga olib keldi. Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, shahar va manzilgohlar soni avvalgi davrga nisbatan 2,5 baravar o‘sgan. Hozirgacha Choch hududida zarb qilingan juda ko‘p miqdorda tangalar topildi. Ular savdoda almashuv ekvivalenti hisoblangan. Fanda dastlab salkam qirq yil muqaddam, XX asrning 70 yillaridan Choch tangalari o‘rganila boshlangan. Tadqikotchilar tangalardagi yozuvlar orqali Choch davlati hukmdorlarining nomlari va unvonlarini aniklashga erishdilar. Hukmdorlar tangalarga o‘z sulolaviy tamg‘alarini bosishgan. Juda ko‘p tangalar Chochning G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirishi bilan bog‘liq.10
9 Хушвақтов H. “Самария” – Самарқанд тарихини ўрганишда муҳим манба.// Тошкент, 2008


10 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2004. – №8.
Xulosa.
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, Toshkent va Zarafshon vohalari toponomiyasida ham boshqa hududlarda kam uchraydigan va o`ziga xosliklar mavjud. Xususan, bu hududlardagi shaharlar xaqida afsona va rivoyatlar ko`plab uchraydi. Bu hududlar toponomiyasida turli urug’lar nomi bilan ataluvchi va joylashgan geografik o’rnidan kelib chiqqan xolda shu nom bilan atalgan shaharlar yetarli. Shuningdek, bu hududlar shaharlari toponomiyasiga arablar va mo`g’ullar istilosi jiddiy ta`sirini ko`rsatgan. O`z navbatida Rossiya imperiyasi va sho`rolar davrida qurilgan va o`sha davr nomlari bilan atalgan shaharlar ham mavjud.


Download 77,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish