1.2.Toshkent shahrining o’lkamizdagi o’rni
Toshkent — Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahardir, shuningdek, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biridir. Bu shahar Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil etadi. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 694 400 nafarni yoki Oʻzbekiston aholisining qariyb 8% ni tashkil etadi.] 2018-yilga koʻra, Toshkent shahrining YIM $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda
Toshkent - O’zbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi.Markaziy Osiyoning yirik shaharlaridan biri. Shaharda 11 tuman va 1 ta shaharcha (Ulug’bek) bor. Yozma manbalarda keltirilishicha , Toshkentning qadimgi nomi Choch bo’lgan. Toshkent arablar tasarrufiga o’tgach, arab alifbosida “ch” harfining yo’qligi bois arabiy asarlarda Shosh deb yuritilgan. Beruniy o’zining “Hindiston “ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to’g’risida so’z yuritib, “tosh” so’zi asli turkcha bo’lib, Shosh ko’rinishini olgan. “Toshkand- toshli qishloq demakdir” –deb izohlaydi.
13-14 asrning 1- yarmida Toshkent viloyati Chig’atoy ulusi tarkibida, 14 asrning 2- yarmi va 15 asrning 80 yillarigacha Toshkent Amir Temur va Temuriylar tarkibida bo’ldi. 1404 yilda Ulug’bek ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi kuchli qal’aga aylandi, uning xududi kengaydi, ishlab chiqarish, savdo , madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar , Jome masjidi va boshqalar qurildi. 16 asrda Toshkent yanada obodonlashdi. Shahar yangi devor bilan o’raldi3. Me’morlik obidalari qad ko’tardi,ularning ayrimlari : Shayx Xovandi Tohur maqbarasi ,Ko’kaldosh madrasasi
3Toshkent [ensiklopediya], T., 1992
Baroqxon madrasasi bizning davrimizgacha yetib kelgan.Hozir Toshkent O’zbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Respublikamiz Prezidentining Qarorgohi , O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek , ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari , chet el elchixonalari , BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. maydon Mustaqillik maydoni deb atala boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal o’rnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulug’bekka haykal qurildi.
Toshkent O’zbekistonning madaniy markazidir . Bu yerda juda ko’plab universitetlar, institutlar, maktab va bog’chalar , teatrlar, istirohat bog’lari, sirk va boshqalar bor. Toshkent O’rta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yo’l vokzali, 2 aeroport, avtovokzal , avtostansiyalar ishlab turibdi. Toshkendagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin , Cho’ponota, Kaffol Shoshiy , Xo’ja Alambardor maqbaralari mavjud. Toshkenda ko’plab kasalxonalar, sport inshoatlari mavjud. Toshkentning asosiy televizion minorasi Yunusobod tumani xududida joylashgan.
Toshkent metropoliteni hozirgi kunda 3 ta yo’nalishda marshrutlar olib bormoqda. Toshkenda juda ko’p gazeta va jurnallar chor etiladi. Bizning majmuamiz Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan. Sergeli tumani 1967 yilda tashkil etilgan. Sergeli tumanida 1101 korxona bo’lib, shulardan 167 tasi yirik , 252 tasi kichikdir. Tuman xududida Choshtepa va No’g’ayqurbon arxeologik yodgorliklari bor. 2006 yil avgust oyida Sergeli tumanida yangi ko’prik ishga tushirildi. Tumanda 27 ta umumiy ta’lim maktablari, 5ta maktabdan tashqari ta’lim markazlari , 6 kasb-hunar kolleji, 2 ta bolalar sport maktabi bor.
1991-yil 31-avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilindi. Hozirgi Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va boshqa jamoat tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.
Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) shahrining nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-yilda tasdiqlangan, 2003-yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilganToshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak boʻlmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga koʻchirildi. Toshkentning Eski shagʻar qismida joyning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, asosan, 1995-yildan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan taʼmirlash va obodonlashtirish yoʻlida katta ishlar kilindi. Jumladan,
4Moʻminova R. G., Filanovich M. I., Tashkent na perekrestke istorii, T., 2001;
Eski shaharning Krrasaroy, Sagʻbon, Bobojonov, Forobiy koʻchalari kengaytirilib, kayta ochildi.
Bu koʻchalarda transport qatnovi yaxshilandi. Fargʻona yoʻli, shuningdek, Toshkentni Qozogʻiston bilan bogʻlovchi Keles koʻprigi va boshqa qayta qurildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteti, „Turkiston“ saroyi, Respublika Birja markazi, „Tata“ („Quality“) mehmonxonasi, „Toshkentlend“ istirohat bogʻi va boshqa inshootlar foydalanishga topshirildi. „Olay“, „Eski joʻva“, „Farhod“, „Beshyogʻoch“, „Mirobod“, „Asaka“, „Otchopar“, „Parkent“, „Koʻkcha“ bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirildi. Toshkentdagi bir qancha xashamatli binolar, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Yapon bogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, „Interkontinental Toshkent“, „Le Meridian otel Tashkent Palace“, „RadissonSAS Tashkent“ mehmonxonalari, „Yunusobod“, „JAR“, „Golfklub“ sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan koʻpriklar va kichik halqa yoʻli, „Shahidlar xotirasi“ majmui, „Xotira“ maydoni, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi va boshqa Oʻzbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng koʻzga koʻringan bosqichlari xolos. Bu oʻzgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“gi farmoni (1998) va qonuni (1999), „Obod mahalla yili“ dasturi (2003) asosida T. mahallalari oʻz huquqiy maqomiga ega boʻldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida oʻz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamgʻarmasiga ega boʻldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar oʻz hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, toʻlovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga koʻmaklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega boʻldilarToshkent — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30 % ga yaqini poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziqovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi oʻrinni egallaydi. T. toʻqimachilik kombinatida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zavodi, „Algoritm“, „Zenit“ ishlab chiqarish birlashmalari, elektronika zavodi, „Tong“, „Malika“, „Yulduz“ tikuvchilik fabrikalari, binokorlik korxonalarining keng tarmogʻi ishlab turibdi
Do'stlaringiz bilan baham: |