Toshkent viloyati Zangiota tumani 38-IDUMda o`tkazilgan Tabiiy fanlar oyligida amalga oshirilgan ishlar
HISOBOTI
Maktabimizda yanvar oyining boshida ustozlar, murabbiylar va o’quvchilar ishtirokida bo’lib o’tgan qiziqarli o’yinlar, viktorina savollari orqali tantanali ochilish marosimi Tabiiy fanlar oyligi boshlanganidan dalolat berdi. Dastlab, tabiiy fanlar bo’yicha 5-11-sinf o’quvchilarining bilim samaradorligi test sinovlari orqali aniqlanganda ko’rsatkichlar 80-85%ni tashkil etdi.
Tabiiy fanlar o’qituvchilari o’rtasida ko’rgazmali qurollar, referatlar va dars ishlanmalari ustida o’tkazilgan konkurs o’qituvchilarni yanada faollikka undadi. Shu bilan birga, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan tashkil etilgan qiziqarli laboratoriya mashg’ulotlari o’quvchilarni tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirishga xizmat qildi. Tabiiy fanlar fan to’garaklarida qilingan ishlar, ularning natija va samarasi ham namoyish etildi.Tabiiy fanlarni o`rganamiz mavzusida kechalar tashkillanishi tabiiy fanlarga qiziquvchi o`quvchilar sonining ko`payishiga sabab bo`ldi. Kimyo fani o’qituvchisi N.Oripova 11-G sinfida o’tkazilgan ochiq darsi Tabiiy fanlar oyligining ikkinchi qismiga kirish bo’ldi. Biologiya fani o’qituvchisi M. Shojalilova tomonidan 5-A sinfida biologiya fanidan Tuban o’simliklar” , 9-A sinfda “Hujayrada plastic almashinuv mavzularida o’tilgan ochiq darslari o’quvchilarni biologiya faniga qay darajada qiziqishlarini yaqqol dalili bo’ldi. Shuningdek 8-V” sinfda biologiya fanidan tashkillashtirilgan ochiq dars muallifi S.Ismoilova bo’ldi, bu darsda Vitaminlar mavzusi zamonaviy pedagogic usullardan foydalanib tashkillangan na`munali dars deb topildi. Mavludaxon Mullayevaning fizika fanidan 6-A sinfida Mexanikaning oltin qoidasi va 7-A sinfda o’tkazilgan Assalom fizika tadbiri va ochiq darsi esa o`quvchilarni fizika va astronomiya faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirdi. Bu darsda o`quvchilar uchun hayotimizdagi sodir bo`layotgan hodisalar va quyosh sistemasi haqidagi qiziqarli ma`lumotlar qo`shimcha manbaalarga asoslanganligi yanada darsning qiziqarli va samarali bo`lishiga xizmat qildi. O’quvchilar uchun eng esda qolarli bo’lgan voqea bu FDU dan tashrif buyurgan tabiiy fanlar bo’yicha olimlar bilan uchrashuv bo’ldi. Unda o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bundan tashqari, fan oyligining samarali o’tishini tashkillashtirish maqsadida FDU ning Botanika kafedrasi issiqxonasiga o’quvchilar bilan sayohat uyushtirildi. Ular bu yerda turli iqlim sharoitida o’suvchi o’simliklar bilan yaqindan tanishdilar.O’quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadida O’.Abdukarimova va M.Mullajonovalar tomonidan tashkillashtirilgan O’lkashunoslik muzeyiga sayohat hamda uchrashuvlar o’quvchilar tomonidan qiziqish bilan o’rganildi. Fan oyligi davomida kimyo fani o’qituvchisi N.Sharobutdinova tomonidan 7-A sinfda Vodorodning olinishi mavzusida o’quvchilariga o’tgan ochiq darsi turli xil interfaol usullarga boyligi bilan ajralib turdi.
Tabiiy fanlar oyligi yakuni arafasida biologiya fani o’qituvchilari M.Shojalilova va M. Mullajonovalar tominidan bo’lib o’tgan Tabiiy fanlar hayot tilsimi tadbri” bayrami barchaning yodida qoldi hamda barchaga birdek ma`qul bo`ldi.
Iqtidorli o’quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar ko’rik- tanlovi, o’simlik va hayvonlarni parvarishiga bag’ishlangan referatlar konkursi tashkil etildi. Tirik burchakdan joy olgan o’simlik va hayvonlar ham barchaning diqqatini jalb etdi. Tabiiy fanlar oyligi yakunida o’quvchilarning bilim samaradorligi yana bir bor tekshirilib ko’rilganda natijalar 88-90% ni tashkil etganligi fan o’qituvchilarini quvontirdi. Shu bilan birga, Tabiiy fanlar oyligining yakuni bo’yicha erishilgan yutuq va ko’rsatkichlar e’lon qilindi va bu oyda faol ishtirok etgan o’quvchilar ham rag’batlantirildi.
Metod birlashma rahbari : N.Ma`ripova
Toshkent viloyati Zangiota tumani 38-IDUMda o`tkazilgan Tabiiy fanlar oyligida amalga oshirilgan ishlar
HISOBOTI
2021-2022- o‘quv yilida tabiiy fanlari bo‘yicha o‘quv soatlarining barchasi reja asosida bajarildi. Ushbu o‘quv yilida fanlarni qoniqarsiz baho bilan yakunlagan o‘quvchilar kuzatilmadi.
Yanvarda uslub birlashma fan oyligi bo‘lib o‘tdi. Fan oyligi pandemiya davrida maktab onlayn ta’limda bo‘lganligi sababli onlayn tashkil etildi. O‘quvchilar bilan onlayn ishlar olib borildi. Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bu oyda onlayn bo‘lsa-da, faol qatnashib, o‘zlarining kimyo,biologiya,fizika fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish qildilar. Ularning bajargan ishlari, kimyo-biologiya faniga, tayyorlagan videoroliklari turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Fan o‘qituvchilari tomonidan turli videodarslar tayyorlandi.Maktab onlayn ta’limda bo‘lganligi uchun maktab miqyosida “Eng yaxshi mustaqil ishlar” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlovda o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Ularning eng sara videoroliklari ijtimoiy tarmoqlarga joylandi. 7-fevralda maktab an’anaviy ta’limga o‘tgandan so‘ng 5-11 sinflar o‘rtasida “Eng chiroyli devoriy gazetalar” tanlov o‘tkazildi. Fan o‘qituvchilari tomonidan sinflarda ochiq darslar o‘tkazildi. Jumladan,Fan oyligida o‘tkazilgan ochiq darslar, tadbirlar, kechalar, tanlovlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.Fan oyligi nihoyasida faol qatnashgan o‘quvchilar, sinflar maktab rahbariyati tomonidan ,,Faxriy yorliq” va sovg‘alar bilan mukofotlandilar.
Metod birlashma rahbari : M.Kayumova
Do'stlaringiz bilan baham: |