O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TARIX”KAFEDRASI
MUSTAQIL TALIM
MAVZU: Qadimgi Yunoniston va Rim tangalari
Bajardi: I kurs TARIX 21/1 gurux talabasi:
Ashirboyev Shohruh
Qadimgi Yunoniston va rim tangalari
Reja:
1. Qadimgi Yunoniston tangalarining davrlashtirishi.
2. Yunoniston tangalaridagi rasmlar va ularda ifodalangan ramziy belgilar.
3.Yunoniston tangalari noyob san`at durdonalari sifatida.
4.Xulosa
Qadimgi Yunoniston tangalarining davrlashtirishi.
Qadimgi Yunonistonda qadimiy tangalar haqida kop afsonalar yaratilgan. Yunonistonlik Gomerning "Iliada" dostonida juda qadim zamonda voqealar va ularning urf-odatlari tasvirlanadi. Misol uchun :Lemnos orolidan kelgan dengizchilar bilan aheyliklar orasidagi oldi -sotdini olib kuraylik. Vinoga temir, mis - hukiz va hukiz terilari qullarni almashtirish ajablanarli hol emasmi bu? Hozir biz bemalol pulga sotib oladigan narsalarimizni usha vaqtlarda butunlay kutilmagan narsalarga almashtirilga tug’ri kelardi, Bu faqat Gomer davrida emas, undan ancha avval ham shunday bolib kelgan.
Odamzod oz narsaga qanoat kilib yurgan, ayriboshlash har zamon -har zamonda, tasodfiy bolgan zamonlarda bu tabiiy hol bolgan, mehnatning bir mahsuli boshqa bir mahsulga anirbosh qilinardi. Ammo vaqt otib borarkan mehnat taksimoti ahirboshlash uchun tobara koplab mol -tovar ishlab chiqarishni beradi. Buning natijasida mol ayrboshning eski usuli beohshov va noqulay bolib qoldi. Bu usul savdo - sotiqqa halal berib., jamiyat taraqqyotiga gov bola boshladi. Agar odamlar savdo sotiq qllib bir-birovlari bilan madaniy boyliklari, tehnikaviy yutuqlari mahsulini almashadilar, bir - birlari bilan yaqindan tanishadilar. Avvallari mol ayriboshlash bir qabila orasidagina bolgan bolsa, songra turli qabilalar orasida ham kochdi. Bu zaruriyat muvozanatini saqlovchi - vositachi mol - tovarning paydo bolishiga olib keladi. Bu tovar oz-ozidan odamlar xohishidan qatiy nazar paydo boldi. Bu xamma jon deb almashtiradigan mol-tavar bolib, u boshqa mol -tovarni baholashga yordam berdi va mol aniriboshlash engillashtirdi.
Hamma narsa ham xajmi, masofa, og’irlik, vaqt, harakat tezligi, kuch, shunday ulchamlardir. Tovar qiymati nima bilan ulchanadi? hamma vaqt uni ishlab chikarishga ketgan vaqt bilan ulchab utirmaysiz - ku. Bu juda murakkab narsa Masalan: bu birlikni qoy deyaylik. Bunda tovarlarning nisbiy narhi darhol osonlashadi. Odamlar bir dona qoyning bir baliq turiga, - bir hukiz terisiga - bolta - 4 sopol kuzachaga va hokazolar-ga teng ekaligini oz tajribalaridan bilshnardi.
Hamma narsa qoyga nisbatan baholanadi. Shunday qilib bir tovar boshqa mollarni ayrirboshlashda vositachi bo’lib uning yordamida boshqa tovarlar almashinaveradi. Ana shunday tovarning ozi dastlabki pul edi. Ularning paydo bolishi bilan oddiy ayirboshlov oldi -sotdiga aylanadi. Har bir mol - tovarning bahosi pul bilan belgilanib, narhi ayatilldigan bolib qoladi.
Bu maqsad uchun teri juda bop edi. Teri engil bolib uzoq vaqt saqlanardi. Teridan keyim - bosh, poyabzal tiksa, kapa ustiga qoplasa hal bolardi. Sparta,Rim, Karfagen kabi qadimiy davlatlarda ham teri pul muomilada bolgan.
Yer yuzida aholi kopayib, shaharlar paydo boldi. Shahar aholisi uchun kop hayvon ortiqcha tashvish edi. Kulollar, temirchilar, sarrochlar, duradgorlar, savat tukuvchilar, oz buyumlarini hayvonga almashtirgilari kelmay qoldi. Insoniyat pul boladigan yana ham mukammalroq tovarni qidira boshladi. Bunday tovar uzoq vaqt izlandi. Hayotning oz i, zaruriyat boshqalarini eliakdan otkazib, metallni tanlamaguncha odamlar kop narsalarni sinab korishdi.
Qadimiy greklarda tort qirrali temir chiviqlar pul sifatida hizmat qilgan. Shunisi ham borki, pul birligini oltita temir chiviq hisobiga qabul qilingan bolib, bularning bir siqimi (drahma) qilib umumlash mumkin edi. "Drahma", nomi ana shundan kelib chiqqan bolib, hozir ham grek pul birligi bolib qolgan.
Insoniyat oltinni qadim zamonlardan bilgan. Oltin odamlarni hamisha oziga qiziqtirib kelgan. Qizigish tovlanadigan sariq metall bezak bolib hizmat qilgan. Keyin barcha bezaklar singari u ham pul hizmatini qiladigan tovarga aylangan. Ana shunday sifatlari tufayli oltin boshqa hamma metallarni jumladan ba’zi mamlakatlarda bir vaqtlar oltindan ham yuqori baholangan kumushi ham orqaga qoldirib ketgan. "Oltin" asosiy pul metalli bolib qoldi va butun jahonda galaba qildi. "Oltin" sozi odamlarning tushunchasiga "pul" sozi bilan singib ketgan.
Eramizdan ancha oldin Kichik Osiyoning garbiy qismida qudratli quldorlik davlati -Lidiya mavjud edi. Bu davlat Gresiya va ozining sharqiy qoshnilari bilan keng savdo -sotiq olib borardi. Lidiya tuprogi qa`rida oltin kop edi. Lidiyaliklarning qadimiy tangasi - oltin stater bolgan. Uning bir tomoniga yugurib ketayotgan tulkining tasviri tushurilgan. Tulki Lidiyada muqaddas jonivor bolgan. U lidiyaliklarning bosh hudosi - BOSSAREYning ramziy tasviri edi. Staterning orqa yol-yol botiq tomonida hech narsaning tasviri solinmagan. Ehtimol ana shu stater birinchi tanga bolgandir. Lidiyaliklarning tangasidan keyin podsho Feydonning muqaddas toshbaqa surati tasvirlangan egin staterlari keyin Kichik Osiyodagi boshqa grek shaharlarining tangalari paydo bolgan. Bular oltin va kumushning tabiiy qotishmasi bolmish elektradan yasalgan bolgan.
Qadimiy Gresiyada savdo muomilasida dirham (drahma), obol, tetradrahma halqasi hamda mayda chaqa leptalar yuritilgan.
Sharq va Gresiyada sarofflar ancha ilgari bor adi. Metronom Polliy bozorga hamisha birinchi bolib kelardi. Bolmasamchi, ahir savdo boshlanguncha joyida bolishi kerakda. Savdo ishlarida bir -birini aldab qoymasliklari ustidaq qattiq nazorat qilib turishi uning vazirasi. Yog’mi, gazmolmi, don yoki boshqa biror buyum sotiladigan bolsa osha narsa tug’ri olchandimi, ulchov idishi kichiklashtirilmaganmi, tarozi toshlari engillashtirilmaganmi tekshirib turishi kerak edi. Xaiq majlisi tomonidan shu vazifaga tayinlangan Polliy va yana tort nafar metronomlarning ishlari boshlaridan oshib yotibdi.
Ahir, bu ishlardan tashqari sarroflarinng ishi ustidan ham nazorat qilish kerak. Greklarning har bir shahrida oz pullari va chet mamlakatlarning pullari yuritilardi. Sarrof kun boyi yirik pulllarni maydalab, chetdan keltirilganini shu yerning puliga, eskilarini yangilariga almashtirib otirardi. Bu siz savdo qilib bolmasdi. Ba`zan kop molni sotishga tug’ri kelgan paytlarda sarrofdan dallollik qilib bershini sorashardi. Uning ozi shunga molning pulini hisoblab chiqar va qaysi pulga sotish kerakligini aniqlardi. Lekin mana shu pul almashtirishda qalbaki pullarni beradi, deb sarrof Ginesin ustidan Polliyga bir necha marta shikoyat qilishadi. Uni oziga bildirmay tekshirish kerak boladi.
Sarrof Ginesiyni tekshirish natijasiga qalbaki pul yasaganligini aniqlayadi. Sarrof Ginesiyni sud qilib, zindonga tashlash va barcha mol - mulkini xamda qullarini shahar foydasiga musodara qilinadi.
Sparta shahriga yashaydigan aholi - orasida hasislik va ochkozlikni yoqotmoq uchun qonun chiqaruvchi Likurg oltin va kumush tangalarni muomaladan chiqarib, faqat ogir, bolsada arzimas kiymatga ega temir tangalarnigina qoldirdi. Aytishlaricha Likurg temirni sirkaga botirib olib toblashni buyurgan, bu esa metalni yumshatib, murt qilib kuygan shunda u hech narsaga yaroqsiz bolib qolgan, chunki unga boshqatdan ishlov berib bolmagan. Gresiyaning boshqa shaharlarida Likurg tangalari hech qanday qiymatga ega bolmay, masxara bolgan. 9 mingga teng bolgan summani saqlash uchun katta omborlar loz im bolgan, uni tashish uchun esa ikki ot qoshilgan arava talab qilingan. Qadimiy tarihchilarizning takidlashlaricha, yangi tangalarning tarqalishi bilan spartada jinoyatning kop turlari yuqolgan. Tanga bolmasligi bir qancha hunarlarning tanazuliga sabab bolgan, chunki tilla va kumush buyumlarni ishlab chiqarish yuqolib-ketgan. Natijada zeb- ziynatlar ham yoqolgan. Badavlat kishilar oz ustunliklarini yoqotganlar chunki boylikni koz koz qilib bolmagan, bunday narsalar uylaridan tashqariga chiqmagan.
Zeb - ziynat va boylikka hirs qoyishga yana ham keskin zarba berish uchun Likurg umumiy ovqatlanishni ta`sis qilgan ekan. Aytishlaricha, ana shu yangiliklari uchun Likurgni boylar nihoyatda yomon korishar va bir marta uni toshburon hamkllishgan.
Dunyodagi birinchi tangalar elektrdan, ya`ni tabiiy tabiatning ozi yaratgan oltin va kumush kotishmasidan qilingan deb aytdik, keyinchalik esa sof kumushdan, ana bir ancha vaqtdan song esa oltilndan qlingan. Qadimiy Gresiyaning bazi shaharlarida eramizdan 100 yil muqaddam temir tangalar ham chiqarilgani malum, ammo bu hisobga kirmaydi.
Oltin tangalar asta - sekin kop tarqala boshladi. XIX asrning songgi yili ichidagina tanga zarb qilish uchun sakkiz million kgdan ortiq oltin ishlatilganligi haqida bizga ma`lumotlar bor.
Eski tangalarning yuzasini odatda hokimning surati, iloh yoki muqaddas hayvoning tasviri, hokimiyatning belgisi, yozuv egallardi. Ammo gardishning chetidagi biron erida kopincha kichkina galatl suratni, barg shakli, nomsiz gul, olti qirrali hoch, ins shaklida bir -birining ustiga koyililgan bolta, qulogi silliqqina egilgan kuvacha, uch burchak doira, shunga ohshash tanganing ijodkorlarning belgisi. Keyinchalik esa ljodkorning toliq ismi ham paydo bola boshlagan. Bu tanga yasash bilan mashhur rassomlar shugullangani haqida tarihda koplab misollar bor.
Masalan: Yer yuzida birinchi paydo bolgan tangalardan biri -Lidiya stateri singari tanga. Ammo shunday tangalar ham borki ular yoshi jihatidan emas, balki boshqa jihatidan noyob hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |