Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Turizm fakulteti



Download 108,8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.06.2022
Hajmi108,8 Kb.
#712121
Bog'liq
Taqriz (4)



Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Turizm fakulteti 
Magistratura Xorijiy tillar (ingliz tili) mutaxassisligi bitiruvchisi Shermatova Zuhra 
Hakim qizining “Improving B2 level learners grammar competence through 
inductive method” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga 
TAQRIZ 
Bugungi kunda grammatik vositalarni egallash darajasi ta'lim standartlarida 
til kompetentsiyasini rivojlantirish doirasidagi ta'lim maqsadlaridan biri sifatida 
qaraladi. O'rganilayotgan til grammatikasini egallamasdan turib, kommunikativ 
kompetentsiyani shakllantirish muammosini hal qilish mumkin emas. Shu boiz, til 
o’rganish jarayonida grammatik kompetentsiyani egallash muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Magistrant Z.Shermatovaning “Improving B2 learners grammar competence 
through inductive method” (Induktiv metod orqali b2 darajali o‘quvchilarning 
grammatik kompetentsiyasini rivojlantirish) mavzusida yozilgan dissertatsiyasida 
asosan grammatik kompetesiyani rivojlantirishda induktiv yondashuvning o’rni va 
ahamiyati, amaliyotda qo’llanilishiga e’tibor qaratilgan.
Magistrant Z.Shermatovaning “Improving B2 learners grammar competence 
through inductive method” mavzusidagi magistrlik ishi kirish, uch bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati va ilovalardan iborat.
Tadqiqot ishining mundarijasi to`g`ri tuzilgan. Bu esa magistrantga 
dissertatsiya ishini yanada kengroq darajada ishlashiga puxta zamin yaratadi. 
Magistrlik ishida foydalanilgan olimlarning ilmiy nazariyalari mavzu uchun to`g`ri 
tanlangan. Unda berilgan misollar ham mavzuga to`laligicha mos keladi. 
Talaba Z.Shermatovaning magistrlik dissertatsiya ishining kirish qismida 
mavzuning dolzarbligini, tadqiqot obyekti va predmetini, tadqiqot maqsadi va 
vazifalarini, ilmiy yangiligini, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlarini, 
tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhini, tadqiqotda qo`llanilgan 


metodikaning tavsifini, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyatini 
hamda ish tuzilmasining qisqa tavsifini yoritib bergan. 
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida magistrant Z. Shermatova 
induktiv metodni o’rganish uchun nazariy asoslar, tasniflar, tarkibiy tamoyillar, 
turli hil konseptual nazariyalar va zamonaviy ingliz tilini o’qitish kontseptsiyalarini 
keltirgan, hamda ularga o'z fikr-mulohazalari orqali munosabat bildirgan.
Tadqiqot ishining ikkinchi bobida magistrant Davlat Ta’lim Standartining 
chet tili o’qitishga ta’luqli qismini tahlil qilgan, oliy ta’limning xorijiy til (ingliz 
tili) yo’nalishi uchun yaratilgan “Amaliy grammatika” fanining namunaviy fan 
dasturida keltirilgan asosiy adabiyotlardagi mashqlar, mavzular va topshiriqlarni 
induktiv metod orqali o’tkazish usullarini o’rganib, o’z taklif va tavsiyalarini 
taqdim etgan, shuningdek, ingliz tili grammatikasini PPP-metod orqali o’qitishni 
ushbu bobning ohirgi faslida yoritib bergan.
Magistrlik dissertatsiya ishining uchinchi bobida magistrant mavzu bo’yicha 
olib borgan ilmiy tadqiqot ishining joriy etilishi hamda pedagogik tajriba-sinovdan 
o’tkazilishi jarayonini yoritib bergan. 
Magistrlik dissertatsiya ishining xulosa qismida induktiv metodni ingliz 
grammatikasini o’rganishda qay darajada ahamiyatga egaligi va uning til o`rganish 
uchun muhim sanalgan tomonlari amaliyotda o’tilgan darslar asosida ta`kidlab 
o`tilgan. Xulosada ilmiy ishni yozishda olib borilgan tahlil natijalari bayon etilgan.
Ilmiy ishda uslubiy hamda texnik kamchiliklar ham mavjud. Ammo bu 
ko`rsatilgan kamchiliklar ilmiy ishning ilmiy qiymatini pasaytirmaydi va ushbu 
dissertatsiya nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Umuman olganda tadqiqot ishi 
ravon tilda yozilgan va tugallangan. Mazkur tadqiqotni himoyaga tavsiya etish 
mumkin. 
Fakultetlararo chet tili kafedrasi mudiri Otajonova D.B. 

Download 108,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish