Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “texnologik ta’lim” kafedrasi



Download 10,39 Mb.
bet21/103
Sana01.01.2022
Hajmi10,39 Mb.
#294013
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
ChDPI T-D Word

1 3-rasm. IE-5607 Elektr o‘ygich:

a-konstruksiyasi; b-o‘ygich bilan ishlash; 1-qisish moslamasi; 2-asos; 3-kesish zanjiri; 4-rolikli podshipnik; 5-yo‘naltiruvchichizg‘ich; 6-yo‘naltiruvchi ustun; 7-zanjirning tarangligini rostlash vinti; 8-himoya qobig‘i; 9-qotirish vinti; 10-yetakchi tishli g‘ildirakcha; 11-qisish richagi; 12-silindr prujina; 13-yo‘naltiruvchi planka.

O‘yg‘ichning tuzilishi . O‘ygich yo‘naltiruvchi ustunlari bo‘lgan asosdan, bir fazalili qo’sh izolyatsiyali elektr dvigateldan, reduktordan, kesuvchi zanjirdan, yunaltiruvchichizg‘ichdan, moslamadan, himoya qoplamasidan, qisish moslamasidan, tok keladigan kabeldan tashkil topgan.

O‘ygich asosiga ikkita yo‘naltiruvchi ustun o‘rnatilgan­, uning yuqori qismiga uzib-ulagich va reduktor bilan birgalikda qo‘zg‘aluvchan qilib elektr dvigatel mahkamlangan. Reduktordan chiqqan valga shponka va gaykalar yordamida almashinuvchan yetakchi tishli g‘ildirakchao‘rnatilgan bo‘lib, u yo‘naltiruvchichizg‘ich bo‘ylab sirpanadigan kesuvchi zanjirni xarakatga keltiradi. Yo‘naltiruvchichizg‘ich konussimon plastina ko‘rinishida bo‘lib, uning pastki qismiga roliklar podshibnik mantaj qilingan. Uzluksiz kesishuvchi zanjirning yuqori qismi yuqorida ko‘rsatilganidek, tishli g‘ildirakchaga, pastki qismi esa rolikli podshipnikning tashqi gardishiga kiydirilgan. Zanjirning tarangligi vint bilan rostlanadi. Podshibnikni moylab turish uchun yo‘naltiruvchichizg‘ichda maxsus maydon bor.

Richagli moslama teshikni o‘yish jarayonida yo‘naltiruvchi ustunlar bo‘ylab o‘ygichning qo‘zg‘aluvchan qismining reduktor, tishli g‘ilirakcha, yo‘naltiruvchichizg‘ich va kesuvchi zanjir bilan birgalikda elektr dvigatelni vertikal surilishini ta’minlaydi.

Moslama qo‘zg‘almas tayanch qismida, tortqi yordamida o‘ygichning qo‘zg‘aluvchan qismi bilan birlashtirilgan richagdan tashkil topgan. O‘ygich qo‘zg‘aluvchan qismi bilan birlashtirilgan richagdan tashkil topgan. O‘ygich qo‘zg‘aluvchan qisimini ko‘taruvchi qurilma vazifasini yo‘naltiruvchi ustunlarga kiydirilgan ikkita silindrik prujina bajaradi.

Ximoyalovchi qobiq aylanadigan tishli g‘ildirakchani, yo‘naltiruvchichizg‘ich bilan birgalikda kesuvchi zanjirning yuqori qismini berkitib turadi, hamda operatorni tasodifiy shikastlanishidan asraydi.

Qisish moslamasi o‘ygichni ishlov beriladigan materialga mahkamlash vazifasini bajaradi va o‘yiqlarni brus qirrasidan bir xil masofada bo‘lishini ta’minlaydi.

O‘yish chuqurligi yurish yo‘lini cheklagani bilan rostlanadi, cheklagich esa kerakli holatda stoporlpsh vinti bilan mahkamlab qo‘yiladi.

Bitta o‘tishda hosil bo‘ladigan o‘yiqni eni zanjirning eniga, uzunligi esa yo‘naltiruvchichizg‘ich eniga mos keladi. Shuning uchun ham turli o‘lchamdagi teshik va o‘yiqlar hosil qilish uchun turli o‘lchamli tishli g‘ildirakchalar, yo‘naltiruvchichizg‘ich va arralash zanjirlaridan foydalaniladi.



O‘ygichning ishlash prinsipi. Elktr dvigatelning aylanma harakati reduktor orqali tishli g‘ildirakchaga uzatiladi, u esa yo‘naltiruvchichizg‘ich va rolik bo‘ylab sirpanadigan kesuvchi zanjirni harakatga keltiradi. Richagga bosib, o‘ygichning qo‘zg‘aluvchan qismi pastga tushiriladi va ishov beriladigan materialga yaqinlashadi hamda kesuvchi zanjir bilan teshiklar, uyalar, o‘yiqlar o‘yadi, tirnoqlar ochadi. Kerakli chuqurlikda o‘yiq hosil bo‘lgunga qadar richagga bosib turiladi. Qo‘zg‘aluvchan qismi yo‘naltiruvchi ustunlardagi silindrik prujinalar hisobiga dastlabki holatga qaytariladi. Teshik o‘yib bo‘lingach, o‘ygich navbatdagi o‘yish joyiga ko‘chiriladi.

PARDOZLASH MATERIALLARINING TURLARI VA TARKIBIY QISMLARI

Yuqorida aytilganlardan ma’lum bо‘ldiki, yog‘och va yog‘och materiallarning yuzasi tiniq va tiniqmas qilib pardozlanar ekan. Tiniq qilib pardozlashda yog‘ochning tabiiy strukturasi kurinib turadi, tiniqmas qilib pardozlashda esa uning rangi va teksturasi bо‘yoq; qatlami ostida qolib ketadi. Zqar ikkala xolda ham yog‘och va yog‘och materiallarga chiroyli tus berish uchun lok-bо‘yoq; materiallardan foydalaniladi. Loklar shaffof parda qatlam olishda, bо‘yoqlar (emallar) esa shaffofmas parda qtlamlar hosil qilishda ishlatiladi.

Yog‘ochmateriallarni pardozlash uchun ishlatiladigan loklar- ni qо‘yidagi ikkita katta gruppaga bо‘lish mumkin.

1.Tabiiy yoki sintetik termoplastik polimerlar asosidagi loklar. Bunday loklar surtilgandan keyii erituvchi tarkibidan uchib ketgandan sung parda qatlam hosil bо‘ladi, bunda lokni, tashkil etuvchi moddalar molekulasida ximyoviy о‘zgarishlar sodir bо‘lmaydi. Bu gruppaga kiruvchi loklar qattiq, yetarli darajada mustaqkam parda patlami hosil qiladi. Kizdirganda ular suyuqlanadi va organik erituvchilarda eriydi.

2.Qо‘sh bogli va har xil reaksiyaga kirisha oladigai gruppali(gidroksil, epoksid va boshdalar) oligomer parda hosil qiluvchi moddalar asosida olinadigan loklar. Bunday loklar surtilgandan sung tugridan-tugri asos yuzasida yuz beradigap polimerlanish, polikondensatsiyalanish yoki sopolimerlapish reaksiyalari tufayli dosil bо‘ladi. Bunday loklar ba’zan «reaksion loklar» deb dam ataladi.Bunda oligomer parda hosil qiluvchi yog‘och yuzasida tо‘rsimon tuzilishli polimerga aylanadi vaerituvchilarda erimaydigan,qizdirilganda suyuqlanmaydigan qatlam hosil qiladi.Pardozlash materiallari ximiya sanoatida asosan ishlatishga tayyor holda va alohida kompoiyentlar kо‘rinishida ishlab chiqariladi. Ishlatiladigan joyning о‘zida konsentrlangan tarkiblar suyultirish yо‘li bilan ish holatiga keltiriladi; alohida kompo­iyentlar kо‘rinishida keltiriladigan tarkiblardan (poliefir loklari, bо‘yovchi moddalar, zamazkalar) ish aralashmalari tayyorlanadi.Lok-bо‘yoq materiallar vazifasiga kura qо‘yidagi uch gruppaga bо‘linadi:

  1. yog‘och yuzasiii pardozga tayyorlash uchun ishlatiladigan materi­allar (bо‘yovchi moddalar, yog‘och teksturasini kuchaytiruvchi tar­kiblar, shpatlyovkalar, yog‘ochdagi smolani ketkazuvchi vositalar, gruntlar, govaktuldirgichlar);

  2. asosiy lok-bо‘yoq parda qatlamini qosil qiluvchi materiallar (loklar, emallar, bо‘yoqlar, pardozlash pastalari);

  3. lok-bо‘yokq parda qatlamining sifatini oshiruvchi materiallar (tekislovchi suyuqliklar, jilolash pastalari va polituralar, jilvirlash pastalari, yuzalarni yangilovchi tarkiblar).

Lok-bо‘yok; materiallar sator tarkiblar yigindisidan iborat bо‘lib, ular lok-bо‘yoq materialda va parda k;atlam qosil bо‘li- shida turli vazifalarni bajaradi. Bu tarkiblar k;uyidagi grup- palarga bо‘linadi:bо‘yovchi moddalar — pigmentlar, bо‘yoqlar, xurushlar;-tuldirgichlar — materialda k;uruq qoldiq miqdorini oshirish uchun qо‘shiladigan moddalar;- erituvchi va suyultiruvchilar — parda xosil siluvchi modda- larpi eritish xamda lok-bо‘yo1h material sovushotsligini rostlov- chi va tayyor eritmani suyuqlantiruvchi moddalar;-sikkativlar — parda qatlamning qurish (qotish) vaqtini tezlatuvchi moddalar;- plastifikatorlar — parda qatlamga elastiklik beradigan moddalar;- parda k;atlam xosil qiladigan va boglovchi moddalar — fizik-ximiyoviy jarayonlar natijasida qattiq parda qatlami xo­sil qiladigan va buyum materiali bilan yaxshi yopishadigan sintetik va tabiiy smolalar, mо‘mlar, yelimlar, qotuvchi moylar, kolloksilin va boshqalar.2.Bо‘yovchi moddalar.Yog‘ochni bо‘yaash (rang berish )uchun ishlatiladigan bо‘yovchi moddalar bо‘yoqlar,xurushlar va pigmentlarga bо‘linadi.Bо‘yoqlar. Bо‘yoqlar suv, spirt va boshqa suyuk;liklarda erib, shaffof eritma xosil qiladi va yog‘ochning tabiiy teksturasini berkitmagan qolda uning rangini о‘zgartiradi, xolos.Bо‘yoqlar bо‘yovchi moddaning mayinlik darajasiga qarab,bо‘yaladigan material tо‘qmalari orasiga istalgan chuqurlikkacha singib borishi va unga kerakli tus berishi munkin. Yog‘ochsozlik korxonalarida yorochning tabiiy rangini kuchaytirish, unga qimmatbaho yog‘och kо‘rinishini berish maqsadida ular bо‘yaladi. Yog‘ochni bо‘yash uchun, odatda, ularning suvli, ba’zan 1...3% konsentratsiyali spirt va boshqa eritmalaridan foydalaniladi.

Bо‘yoqlar yorug‘lik ta’siriga chidamli, yorqin rangli, yuqori dispersli, yog‘ochning teksturasini berkitmasligi hamda erituvchilar — suv, atseton, spirt va boipqa organik erituvchilarda oson erishi kerak.Yog‘ochlarni bо‘yash uchun ishlatiladigan bо‘yoqlar kelib chiqishiga kо‘ra tabiiy va sintetik bо‘lishi mumkin.

Tabiiy bо‘yovchi moddalardan mebel tayyorlash va yog‘ochsoz- likda yong‘oq tezobi (orexovaya morilka) yoki beys deb yuritiladigan jigarrang bо‘yoq ishlatiladi. Ularda gumin kislotasi bо‘yov­chi modda vazifasini bajaradi. Tabiiy bо‘yoqlar suvda yaxshi eriydi, yog‘ochni har xil tusdagi jigarrangga bir tekisda bо‘yaydi xamda ular yorug‘lik ta’siriga chidamli. Tabiiy bо‘yoqlar oddiy va kislota gruppali sintetik bо‘yoqlar bilan yaxshi aralashadi.Sintetik bо‘yoqlar toshkumir smolasidan olinadigan murak- kab organik moddalardir. Turli erituvchilarda erish darajasiga qarab suvda, spirtda, moyda eriydigan va boshqa bо‘yoqlarga bо‘linadi.

Tо‘qimachilik sanoatida tolali materiallarni bо‘yashda bо‘yoqlar kislotali, nigrozinli, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bо‘yaydigan, asosli, aralash va boshqa turdagi bо‘yoqlarga bо‘linadi. Yog‘ochnibо‘yashda asosan kislotali bо‘yoqlar va nigrozin kо‘p ishlatiladi.Kislotali bо‘yoqlar organik kislotalarning natriyli, kaliyli yoki kalsiyli tuzlaridan iborat bо‘ladi. Ular sellyuloza tolasini bо‘yamaydi, biroq yog‘och tarkibiga kiruvchi lignin va oshlovchi moddalarni yaxshi bо‘yaydi. Kislotali bо‘yoqlar yorochni tiniq raiglarga bо‘yaydi, yorug‘lik ta’siriga chidamli. Ular suvda yaxshi eriydi va ularni bir-biri bilan aralashtirish mumkin. Ximiya sanoati yog‘ochni bо‘yash uchun muljallangan qator har xil tusli kislotali bо‘yoqlarni ishlab chiqarmoqda. Ularning tavsifi 1-jadvalda keltirilgan.N i g r o z i i l a r — kо‘kish qopa yoki qora rangga bо‘yaydigan bо‘yoqlar. Ular suvda, spirtda, moyda eriydi. Nigrozin anilin, vodorodxloridli anilin (Sn5—NH2-HC1) va nitrobenzol ara- lashmalari qotishmalaridan oliiadi. yog‘ochsozlik sanoatida nig- rozinlar pianino va royallarni pardozlashda ishlatiladigan spirtli loklar, bо‘yoqlar va polituralar tayyorlashda qо‘llanila- di. Ayniqsa, spirtda eriydigan maxsus nigrozin kо‘p ishlati­ladi.Tо‘g‘ridan –tо‘g‘ri bо‘yaydigan bо‘yoqlar suvda eriydigan ,sellyuloza tolalarini tо‘g‘ridan –tо‘g‘ri bо‘yaydigan halqali organik kislatalarning tuzlaridan iborat sintetik moddalardir. 1-jadval. Kislotali bо‘yoqlarning tavsifi.




Bо‘yovchi moddalar

Suvda erimaydigan qismi,%kо‘pi bilan

Suvda erishi,ballar hisobida,kami bilan

056 K elagida qolgan qoldiq miqdori,%kо‘pi bilan.

1

Yoog‘och uchun kislotali sariq bо‘yoq

2

3

2

2

Yoog‘och uchun kislotali qoramtir qizil bо‘yoq

2

3

2

3

Yoog‘och uchun kislotali jigarrang bо‘yoq

2

3

2

4

Yoog‘och uchun 1.2.3.4-nomerli qizg‘ish jigarran bо‘yoq

2

3

2

5

Yoog‘och uchun 5.6.7.16.17-nomerli och jigarrang bо‘yoq

2

3

2

6

Yoog‘och uchun 8.9.15 –nomerli qoramtir jigarrang bо‘yoq

2

3

2

7

Yoog‘och uchun 110 –nomerli sag‘ish bо‘yoq

2

3

2

8

Yoog‘och uchun 11.12.13.14-nomerli yong‘oq jigarrang bо‘yoq

2

3

2

9

Qizil yoog‘och uchun 124 - nomerli bо‘yoq

2

3

2

10

Yoog‘och uchun 16 NU nomerli och jigarrang bо‘yoq

2

3

2

11

Yoog‘och uchun 8 N – nomerli qoramtir jigar rang bо‘yoq

2

3

2

Bunday bо‘yoqlar ishlatishga osoi va nisbatan arzon turadi.

Rangining xiraligi, yorug’lik nuriga chidamsizligi, yog‘ochga yomon shimilishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun ular yog‘ochni bо‘yashda juda kam ishlatiladi.

Asosli b о‘ yo q l a r shо‘r (tuzli) suvlarda va spirtda yaxshi eriydi. Ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sof sellyuloza tolasini bо‘yamaydi, ammo yog‘ochni yalpisiga yaxshi bо‘yaydi, bu ayniqsa oshlovchi moddalar bо‘lgan yog‘ochlarda yaxshi namoyon bо‘ladi.

Bu bо‘yoqlar tiniq rangda bо‘ladi, ammo yorurlik ta’siriga chidamli emas. Shuning uchun yog‘ochsozlik sanoatida ular juda kam ishlatiladi, ular asosan gugurt chuplarini bо‘yashda, mebelsozlik- da esa qisman ishlatiladi (jigarrang tusli asosli K. bо‘yog‘i).

Kо‘pincha yog‘ochni bо‘yash uchun aralash bо‘yoqlardan foydalaniladi. Bо‘yoqlarni aralashtirish asosan har bir gruppaning о‘z ichida bо‘ladi, ya’ni kislotali bо‘yoqlar kislotali bо‘yoqlar bilan, tо‘g‘ri bо‘yoqlar tо‘g‘ri bо‘yoqlar bilan va hokazo. Odatda har bir alohida olingan bо‘yoqlardan bir xil konsentratsiyali eritmalar tayyorlanadi, sо‘ngra ular ma’lum nisbatda aralashtiriladi.

Bо‘yoq aralashmalari ish joylarida tayyorlanadi, bundan tashqari ximiya sanoati tomonidan faqat yog‘och materiallar uchun tayyor aralash bо‘yoqlar yetkazib beriladi. Ular ichida eng kо‘p tarkalgani qо‘yidagilardir: 3 va 4-pomerli qizg‘ish jigarrang bо‘yok; 33 va 34- nomerli qizg‘ish jigarrang bо‘yok; yongok yog‘ochiga о‘xshatib bо‘yaydigan 5, 6, 7, 16 va 17- nomerli jigarrang bо‘yok;

Bо‘yoklarni nomlash uchun maxsus sistema kabо‘l qilingan bо‘lib, unda bо‘yokning nomi, ikki va undan ortik; sо‘zlar hamda bо‘yok gruppasining rangi, tusi, alohida olingan xossalari va vazifasini xarakterlovchi harfiy belgilar kо‘rsatiladi. Masalan, bо‘yok solingan xaltacha, idishga «kislotali jigarrang bо‘yok, chidamli J» deb yozilgan bо‘lsa, bu yozuv bо‘yokning kislotali bо‘yoqlar gruppasiga kirishini, sarg‘ish tusli (J) jigarrangdaligini va yorug‘likka chidamli ekanligini bildiradi. Ba’zan xaltaning ustidagi ikkinchi suzdan keyin bu bо‘yok bilan nimalarni bо‘yash mumkinligi («yog‘och uchun», «muyna uchun», «jun uchun») yozib Kuyiladi. Tusining och-tо‘qligi ham harif bilan kо‘rsatiladi, lekin xarf oldiga 2, 3 va hokazo rakamlar kuyiladi; masalan, 2k, Zs.

Pardozlash sexlarida bо‘yovchi moddalarning suvdagi (1...4%) eritmalari juda kо‘p ishlatiladi. Ular uchun eng xarakterli va umumiy kamchilik — bо‘yaladigan yuzalarda yog‘och tukchalarining dikkayib chikib qolishidir, bu uz navbatida sirtning notekisligini oshiradi.

P i g m ye i t l a r — bо‘yoq va emallarning tarkibiy qismi bu- lib, odatda ular buyumga ma’lum rang beradi. Pigmentlar suvda ham, spirtda ham erimaydi. Ular bо‘yaladigan yuzaga yopishmaganligi uchun har doim boshka materiallar — parda kosil qiluvvchi va boglovchi moddalar (yelim, alifmoy va boshkalar) bilan birga qо‘shib ishlatiladi.

Tabiiy va sun’iy pigmentlar bо‘ladi. Kupchilik tabiiy pig­mentlar minerallarga xos bо‘lib, ular yerdan kaaib olinadi (oxra, umbra, mumiyo). Sun’iy pigmentlar metallarning, kislo- talarning va ishkorlarning turli tuzlaridan kimyoviy usulda ishlov berib olinadi.

Bо‘yok va emallar kosil kilgan parda katlamlarning xossalari kup jikatdan pigmentlar xossasiga boglik. Pigmentlarning dispersligi, moy sigimi, yuzani berkituvchanligi, bо‘yash xususiyati, yorug‘likka chidamliligi ularning mukim xususiyati kis°blanadi.

Dispersligi deganda pigmentlarning maydalanish darajasi tushuniladi. Juda maydalangan pigmentlar buyum yuzasini yaxshi qoplaydi va rangning ravshanligini oshiradi. Pigment zarrachalarining ulchami qancha kichik bо‘lsa, uning dispersligi shuncha yukori bо‘ladi. Yukori dispersli pigmentlar saqlash davrida kam chukmaga tushadi va yuzani yaxshi berkituvchan bо‘ladi. Pigmentlarning dispersligi bо‘yok qatlamyuzasining silliq chiqishida mukim rol о‘ynaydi. Dagal dispersli pigmentlar notekis (g‘adir-budur) parda qatlamhosilqiladi.

Pigmentning moy sig'imi deganda 100 g pigmentdan bо‘yok taiyorlash uchun talab kilinadigan moy mikdori (gramm hisobida) tushuniladi. Pigmentlarning dispersligi oshib borishi bilan moy sig‘imi ham ortadi.

Berkituvchanligi yoki bо‘yoqning byuum yuzasini qoplash darajasi deganda,suyulgan bо‘yoqdagi pigmentining buyum yuzasiga yupqa qatlam qilib,surtilgardan keyin buyumning tabiiy rangini butunlay qoplab olish tushiniladi.Pigmentlarning bu xossasi pardozlanadigan 1 m2 yuzani sifatli bо‘yash uchun talab qilinadigan bо‘yoqdagi pigmentlarning grammlar hisobidagi miqdori bilan о‘lchanadi.

Bо‘yoq sarfi pigmentning berkituvchanligi bilan uzviy bofliq. Berkituvchamlikning son miqdori qanchalik katta bо‘lsa, bо‘yok; shumchalik kо‘p sarf bо‘ladi. Masalan, titanli belilaning berki- tuvchamligi 40—50 g/m2 bо‘lsa, rux belilasiniki 100—PO g/m2 ni tashkil etadi.

Pigmentning bо‘yash xususiyati (jadalligi) deganda boshqa pigmentlar aralashtirilganda unimg shu pigmemtlarga ta’sir etish, aralashmaga о‘z rangi, о‘z tusini berish xossasi tushuniladi. Pigmentning bо‘yash xususiyatiga uning tabiiy rangining ravshanligidan tashqari, mayinlik darajasi ham ta’sir etadi. Bо‘yash xususiyatini berkituvchanlikdan farq qila bilish lozim, chuiki berkituvchan pigmentning bо‘yash jadalligi past bо‘lishi mumkin va aksincha, berkituvchanligi past bо‘lgan pigment­ning bо‘yash jadalligi (bо‘yash xususiyati) yuqori bо‘lishi ham mum­kin. Masalan, lazur kam berkituvchanlikka ega, ammo uning bо‘yash jadalligi juda yuqoridir.

Tarkibiga kura organik va mineral pigmentlar bо‘ladi. Ular bir-biridan rangi bilan farq qiladi. Duradgorlik — mebel korxonalarida qо‘yidagi pigmentlar eng kо‘p ishlatiladi.

Anorganik pigmentlar:

ok: titanli belila (GOST 9808—84), bо‘yalgan yuzani yaxshi qoplaydi, yorug‘lik va atmosfera ta’siriga chidamli, zararsiz;

rux belilasi (GOST 482-707), yorug‘likka chidamli, zararsiz, lekin atmosfera ta’siriga ortitscha bardosh bera olmaydi;

litapon belila (GOST 907-72), bо‘yaladigan yuzani yaxshi qoplaydi, unga kislota va ishqorlar ta’sir etmaydi, lekin yorug‘likka chidamsiz; qо‘rgoshin belilasi (GOST 12287-77), buyum yuzasini qoplash darajasi о‘rtacha, yorug‘lik va atmosfera ta’siriga chidamli, lekin zaqarli;

sariq:qо‘rg‘oshin kroni (GOST 478-80), bu pigment juda chi­damli va yuzalarni yaxshi qoplaydi, kishi organizmi uchun zararli;

rux kroni (GOST 16763-79), limon rangli mineral pigment, atmosfera yog‘in-sochinlari ta’siriga chidamliligi о‘rtacha;

temir surigi (GOST 18172-80), yuzalarni yaxshi qoplaydi, yorug‘lik va atmosfera ta’siriga chidamli;

qizil: temir (III)-oksidli qizil pigment (GOST 7196-79), berkituvchanligi juda past (5—6 g/'m2), yorug‘lik va atmosfera ta’sirlariga chidamli;

quyuk; qirmizi pigment (GOST 7191-72), yorug‘lik va atmosfera ta’siriga juda chidamli, yonadi, portlaydi va zaharli;

yashil: xromning texnik oksidi Sg203 (GOST 2917-79), rangi och yashildan tо‘q yashilgacha bо‘lgan anorganik sintetik pigment, berkituvchanligi 12...14 g/m2, yonish va portlash jixatidan xavfsiz, zaxarli, yorug‘lik va yuqori temperatura ta’siriga chidamli;

rux yashil bо‘yog‘i — qurg‘oshin kroni, temir lazuri va tо‘ldirgich baritni mexanik aralashtirishdan hosil bо‘lgan anorganik siptetik pigment, yorug‘lik ta’siriga chidamli, berkituvchanligi 23...70 g/m2, moyli va emalli bо‘yoqlarga qо‘shiladi;

kо‘k:quruq kо‘k ultramarin (GOST 6-10-404-77) —sintetik anorganik pigment, yorug‘lik ta’siriga chidamli, uniig berkituv- chanligi normallanmagan;

berlin lazuri (GOST 21121-75) sin­tetik anorganik pigment, moy sig‘imi 30...60 g bog‘lovchi hisobida, kaustik soda eritmasi ta’sirida rangi yо‘qoladi, zaharli emas, ammo yonuvchan;

qopa:qurum, gaz qurumi (GOST 7875-83), deyarli sof ugleroddan iborat qora mayin kukun bо‘lib, havo ham joyda organik moddalarning chala yonishidan (tutab turgan alangada) hosil bо‘ladi, yorug‘likka chidamli, berkituvchanligi yuqori bо‘lgan pigmentdir.

Organik pigmentlarsintetik organik bо‘yovchi mod­dalarning inert organik moddalar (substratlar — asos degani) bilan aralashmasi. Buning uchun berkituvchan pigmentlar qosil qiladigan, suvda erimaydigan, yorug‘lik ta’siriga chidamli bо‘yov­chi moddalardan foydalaniladi.

Organik pigmentlarni anorganik pigmentlardan ajratish uchun ular qizdirib kо‘riladi. Buning uchun probirka yoki pulat listga ozgina pigment solinadi va probirka (list) qizdiriladi. Bunda organik pigmentlar kumirga aylanadi va qorayib qoladi.

Metalli pigmentlar. Alyuminiy bronzasi sof alyu- miniyni maxsus tegirmonda maydalash yо‘li bilan olinadi. Uning rangiga qarab kumushsimon bronza deb nom berilgan. Alyuminiy bronza bilan bо‘yalgan yuzadagi parda juda mustaqkam bо‘ladi. Bunga sabab alyuminiy kukunining zarrachalari sillik, bamisoli yaltiratilgan tangachalar kurinishidagi plastinkalar shaklida bо‘lishidir. Moy, lok bilan namlangan tangachalar baliq tangachalariga uxshab bir necha qatlam bо‘lib joylashib, pardozlanayotgan yuzada uziga xos qatlam hosil qiladi, bu qatlamdan nam, gaz va yorug‘lik nuri о‘tmaydi. Alyuminiy bronzasi injenerlik konstruksiyalarida yog‘och va metallni bо‘yash uchun ishlatiladi.

O l tin rang bronza misdan, mis bilan rux qotishmasidan, shuningdek mis, rux va nikel qotishmasidan tayyorlanadi. U xam xuddi alyuminiy bronzasi kabi tuyish yо‘li bilan olingan kukundir; zarrachalari tangasimon tuzilishga ega.

Oltin rang bronzami moyli va emalli bо‘yoqqa qо‘shib, asosan ichki pardoz ishlarida ishlatish mumkin. Uning berkituvchanligi 20 g/m2 ga teng. Baqtо‘tishi bilan qorayib qolishi oltinrang bronzaning kamchiligidir.

Xurushlar (protravalar) yog‘ochdagi oshlovchi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida uni bо‘yaydigan bо‘yoq moddalar­ning bir turidir. yoki boshqacha aytganda, xurushlar har xil ximikatlar (temir (III)-xlorid FeCl3-6H20, mis sulfat CuS04-5H20, kaliy bixromat K2Sg207 va b.) bо‘lib, ular yog‘ochning ayrim turlarida bо‘lgan oshlovchi moddalar bilan ximyoviy ta’sirlashib, yog‘och tolalarida ularii bо‘yaydigan yoki ma’lum tusberadigan rangli tuzlar hosil qiladi. Bu xildagi bо‘yalgan (xurushlangan) buyum yorug‘likka juda chidamli bо‘ladi.

Xurushlar suvdagi 0,5—5% li eritmalar kо‘rinishida ishla- tiladi. Bular haqiy eritmalar bо‘lib, yog‘ochga yaxshi shimiladi va bо‘yovchi moddalar tola (tuzima) ichiga singadi. Xozirgi vaqtda xurushlash yо‘li bilan bо‘yash usuli juda kam qо‘llaniladi.



S i l i k a t l a r. Bu gruppalarga mansub tuldirgichlarga kao lin va yanchilgan talk kiradi.

Kaolin (GOST 19285-73) — ok; rangli kukunsimon modda. U eng arzon tuldirgichdir. Kaolin moyli emallar va bо‘yoqlarda, shuningdek, shpatlyovka, govak tuldirgichlar tayyorlashda keng k;ul- laniladi. Kaolin tarkibli parda qatlamlar sotganidan keyin yaxshi jilvirlanadi.

Yanchilgan talk (GOST 19729—74) tor jinslarining mayda* langan maqsuloti bо‘lib, uning kimyoviy tarkibi asosan magniy silikatdan 3MgSi03-5H2
0 iboratdir. U ok; rangli kukun. Talk bо‘yoqlarning okuvchanligini rostlash, parda qatlamni kirishish- ga, tirnalishga bо‘lgan puxtaligini oshirish uchun sushiladi. Talk grunt va shpatlevka tarkibida ham bо‘ladi.

Sulfatlar. Bariy sulfat BaS04 yoki barit bu gruppa- ga kiradigan tuldirgichlarning tipik vakilidir. Undan asosan govak tuldirgichlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Tarkibida barit bо‘lgan parda qatlamlar yaxshi jilvirlanadi.

ERITUVCHILAR VA SUYULTIRUVCHILAR

Parda hosil qiluvchi moddalar va pardozlash tarkiblarining boshqa komponentlarini eritish uchun ishlatiladigan suyugushklar erituvchilar deb ataladi. Erituvchilar yordamida pardozlovchi tarkiblar ishga yaroqliholatga keltiriladi. Shunday erituvchilar borki, ular tarkibning boshqa komponentlariga nisbatan ximyoviy aktiv bо‘ladi. Masalan, stirol poliefir loklarga qushilganda reaksiyaga kirishadi va parda xosil qiluvchiga aylanadi.

Parda xosil qiluvchi moddalarni (asosiy komponent) mustaqil ravishda eritmasdan uning eritmasini oson suyultiradigan suyuqliklar erituvchilardan farqli ravishda suyultiruvchil a r deb ataladi.

Shartli ravishda shunday deb ataladi, chunki bir parda lrsil qiluvchi modda uchun suyultirgich boshqa parda xosil qiluvchi mod­da uchun erituvchi vazifasini о‘tashi mumkin.

Yuzaga surkalgan lok-bо‘yoq qoplamalar suyuq xolatdan qattiq xolatga utganda erituvchilar va suyultiruvchilar parda qatlamdan chiqib (bug‘lanib) ketadi. Lok-bо‘yoq materiallar tarkiblarida erituvchilar miqdori 80% gacha bо‘lishi mumkin. Lok-bо‘yoq material tarkibidan qancha kun eritgich molekulalari bug‘lanib ketsa, bu tarkiblar shunchalik foydasiz bо‘ladi, atmosferaga shuncha kо‘p zaxarli moddalar ajralib chiqadi. Tarkibida ximyoviy aktiv erituvchilari bо‘lgan lok-bо‘yoq materiallar eng tejamli va eng zararsiz hisoblanadi, masalan stirol tarkibli poliefir loklari atigi 3—4% erituvchi — stirolni yuqotadi, xolos.Lok –bо‘yoq materiallar uchun eng kо‘p tarqalgan erituvchi va suyultiruvchi moddalar о‘rnida oson uchuvchan organik suyuqliklar ishlatiladi.

Erituvchilarga qator talablar qо‘yiladi: ular lok-bо‘yoq ma- terialdagi parda qosil qiluvchi moddani yaxshi eritish, lok-bо‘yoq parda qatlamidan tez uchib ketish xususiyatiga ega bо‘lishi, yongin chiqishi jiqatidan xavfliligi va zaharligi juda past, himoya qatlamida .hid bо‘lmasligi, uncha qimmat va kamyob bо‘lmasligi lozim.

Organik erituvchilar yengil, о‘rtacha va qiyin uchuvchan bо‘ladi. Yengil uchadigan erituvchilarning qaynash temperaturasi 60...80SS, о‘rtacha uchadiganiniki 80... 110°S, qiyin uchadiganiniki esa—110SS dan ortiq bо‘ladi. Pardozlash muddatini qisqartirish uchun lok- bо‘yoq tarkibidagi erituvchi miqdori tez bug‘lanib ketsa ham yaxshi emas, bunda parda qatlamda dog‘lar (nuqtalar) paydo bо‘ladi. Shu sababli tez bug‘lanadigan erituvchilarga sekin bug‘lanadigan erituvchilar qushib aralashtiriladi.

Erituvchilar о‘zining asosiy vazifasidan tashqari pardozlash mashina-uskunalarini yuvib tozalash uchun ham ishlatiladi.


Download 10,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish